Qo’y tushda tush tabiri

Qo’y tushda ko’rsa tush tabiri qo’chqor – Bordiyu tushingizda o’tlab yurgan qo’y, qo’chqor yoki q’oy podasini ko’rsangiz, bu tush kishi orzularini o’ngida amalga oshirishiga dalolat.

Bordiyu tushda qo’ylarni marashini eshitsangiz, oilaviy baht va quvonchga yo’yiladi. Bundan tashqari odamlar orasida obro’ etibor qozonasiz. Tushda qo’zichoq ko’rgan kishi, farzandli bo’ladi. Tushda qo’zichoq go’shitini yegan kishiga g’am anduh yetadi. kishi tushidagi qo’y go’shti ishlarni yaxshi tarafga o’zgarishi va manfat topishiga yo’yiladi.

Tushda qo'y korsa

Bundan tashqari svetkova tush tabirida qo’ylar quyidagicha tabir qilingan. Inson tushidagi qo’y bu – Hayr baraka va uyga keladigan kirim deb tabir qilinadi. Yana shuni ham unutmaslik kerakki, tushdagi qo’y kaltafahim do’stlar borligi va u do’stlarga suyanib bo’lmasligi haqida ogoh etadi.

Bordiyu tushingizda qo’y sizga tashlanyotgan bo’lsa, o’ngingizda ham bu narsa yuzaga kelishi mumkin va bundan siz zarar ko’rasiz. Agar tushda qo’yni ushlab yani tutib olganingizni ko’rsangiz, hayotda uchraydigan to’siqlarni yengib o’tish qo’lingizdan keladi.

Qo’y tushda ko’rsa: Vanga tabiri

Vanga tabirida tushdagi qo’y va qo’chqorlar kuch quvvat, halol mol, farzand, najot, shifo va maqsadga yetishishga tabir qilinadi. Tushdagi qo’chqor kishilar orasida obro’ etiborga erishgan kishiga dalolat. Agar siz tushda qo’y yoki qo’chqoringiz borligi ko’rsangiz, o’ngda hurmatga sazovor bo’lsaiz.

Bordiyu qo’y sotib olish uchun savdolashayotgan bo’lsangiz, demak sizga hurmatga ega bir zot muhtoj bo’lishi mumkin. Tushda qo’chqor o’lganligi ko’rgan odam, mantiqli zotning o’lim topishiga guvoh bo’ladi. Agar qo’chqor so’yilganini ko’rsangiz, shunday zotning o’ldirilishiga deya tabir qilinadi.

Tush tabiri qo'chqor

Bundan tashqari tushdagi qo’y, o’ngdagi yaxshi hulqqa ega va itoatkor hotin sanaldi. Bordiyu siz tushda qo’y so’ysangiz, barcha ishda hammadan ustun turasiz. Qo’y terisini shilib, go’shtidan boshqalarga ulashgan kishi hurmatga erishadi. Qo’chqorlarga ega bo’lgan kishining esa lavozimi ortadi. Qo’chqor terisini shilish, boyishga dalolat beradi.

Tush sohibi qo’y go’shtini chaynayotgan bo’lsa, o’ngda hurmatli kishi bilan hamsuhbat bo’ladi. Bordiyu siz qo’y kallasini yesangiz, umringiz uzoq, kelajagingiz porloq bo’lishiga dalolat. Bordiyu sizda qo’y go’shtini yeyish istagi bo’lmasa,biroq uni so’yayotgan bo’lsangiz, o’ngda uylanishga ishora. Qo’y qo’zilaganini ko’rgan kishiga hayr baraka yog’iladi.

Tush tabiri qo’chqor: Miller tabiri

Kishi tushida qo’choqr obro’ va ishonchga ega bo’lgan kishidan dalolat beradi. Qo’chqor junini olayotgan kishi, o’ngida hurmati tufayli mol davlatga ega bo’ladi. Agar siz tushda qo’chqor so’ysangiz, dushmaningiz ustidan g’alabaga erishasiz. Agar siz qo’chqorni minib ketyotgan bo’lsangiz va u sizga bo’y sinsa, demak do’stlaringiz orasida ustunlikka erishasiz.

Nostradamus tush tabirida qo’chqor boshqacharoq talqinga ega. Inson tushida qo’chqor ko’rsa, bu tush ulug’ bir kishiga dalolat qiladi. Agar kimda kim qo’chqorning shoxidan ushlasa, o’ngida kuchli bir kishi uni boshlagan ishidan qaytaradi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil