Alloh taoloni tushda koʻrish haqida
Inson tushida Alloh taoloni koʻrsa turli yomonliklardan, harom ishlardan uzoqroq boʻlishidan dalolat beradi. Alloh taoloni tushida koʻrgan inson dunyodagi va oxiratdagi azoblardan halos boʻladi va farogʻatga erishadi.

Bordiyu biron kimsa Tushida Alloh taoloni koʻrsa, buning yetti darajasi borligidan dalolat:
- Magʻfirat darajasi.
- Rahmat darajasi.
- Shafqat darajasi.
- Karomat darajasi.
- Salomat darajasi.
- Tavba darajasi.
- Tavfiq darajasi.
Bu toʻgʻrisida ulamo Doniyol (a.s) shunday deganlar: «Alloh taoloni tushida koʻrish moʻmin insonlar uchun izzatli va quvvattli boʻlish demakdir. Bu tush xalifalarga esa quvonch deb tabirlangan».
Tabirchilarning piri boʻlmish Ibn Sirin shunday deydi: «Alloh taoloni tushida koʻrgan inson jannatga yaqindir va u yerga kirishga haqli kishidir. Bu inson barcha azoblardan forigʻ boʻlib, serdavlat boʻladi. Jahannam azoblaridan qutilgay va u yerga tushmasligi beriladi».
«Kofir tushida Alloh taoloni koʻrsa, imonga keladi. Fosiq esa tavba qiladi, Allohning inoyatiga sazovor boʻladi. Alloh taoloni tushida koʻrgan amaldor, zulumni bas qiladi, adolat bilan ish yuritadi».
«Shunday tush koʻrgan savdogar halol yoʻl bilan badavlat boʻladi. Shu mazmundagi tush koʻrilgan mamlakatda tabiy ofat boʻlmaydi, halq rohat farogʻatda, moʻl koʻlchilikda hayot kechiradi».
- Ogohlantruvchi tushlar haqida
- Bashorat mazmundagi tushlar haqida
- Diqqatdan uzoq tushlar haqida
- Tush koʻrishni istagan kishi qilishi kerak boʻlgan ishlar
