Tush tabiri alfavit bo‘yicha

Misol uchun: tush tabiri «Ayiq» – «A» harfiga bosing.

ABDE
FGHI
JKLM
NOPQ
RSTU
VXYZ
SHCH

Ilon tush tabiri meridian tabiri

Tushda ilonni ko’rish tush sohibining turli xil energiya oqimlarini bildirishi mumkin. Nima sababdan tushingizga ilonlarning kirganligining oddiy javoblari mavjud. Bular nafrat, yolg’on, hasad, xavf hatar va aldovni anglatishi mumkin.

Meridian tushlar tabiri talqiniga ko’ra, tushingizda ilonni ko’rishingiz atrof muhitingizdagi xavf hatardan ogohlantiradi. Ayollar uchun ushbu tush o’z xavfsizligi va insonlarga bo’lgan ishonuvchanligi to’g’risida fikr yuritishi zarurligini, barcha insonlarga ishonib ketavermasligini zero xavf hatar har bir qadamda uchrab qolishi mumkinligining belgisi bo’lishi mumkin.

Ilon tush tabiri

Tushingizda o’z uyingizda ilon paydo bo’lganligini ko’rishingiz – dushmanlaringiz va yaxshilik ilinmaydiganlarning judayam yaqin ekanligidan so’zlab, muhim qarorlar qabul qilishda o’ylamasdan tashlanadigan qadamlardan o’zingizni tiyishingizga chaqiradi.

Xonadoningizdagi ilon oiladagi muammolar va baxtsizlikni bildiradi. Tushingizda unchalik katta bo’lmagan ilonlarning daraxt ustuniga o’ralib olganliklarini ko’rishingiz – tuxmat va siz tomoningizdan sodir etilgan qilmishlaringiz uchun javob berishingizni ifodalaydi.

Tushdagi kichik ilonlar katta bo’lmagan tortishuvlar, urush va janjallarni bildiradi. Yashil rangli ilonni ko’rishingiz  – bu og’ir javobgarlik va odatlardan halos bo’lishingizni anglatadi. Agar tush sohibi yashil rangdagi ilon uning tanasini o’rab olayotganligini ko’rsa – o’z ishlarining holatini yaxshilash uchun zarur bo’lgan salbiy printsiplarini yo’q qilishi kerakligi bilan talqin qilinishi mumkin.

Tushingizda ko’rgan yashil rangli ilon zararli istaklardan ozod bo’lishingiz, ruhiy va ahloqiy shifo topishingiz kerakligini bildiradi. Tushingizda sariq rangli ilonni ko’rsangiz – katta yutuqlarga erishish arafasida ekanligingizdan darak beradi. Bu eski dushmaningizdan halos bo’lishingiz yoki yaqin insonlaringiz bilan ittifoq qilishingiz bilan bog’liq bo’lishi mumkin.

Yana sariq rangli ilon o’ngingizda ko’zbo’yamachi va samimiy bo’lmagan insonlar bilan tanishuvlaringizni ham anglatishi mumkin.

  • Yashil rangli ilon – Istaklardan qutilish
  • Sariq rangdagisi – Tanishuvlar
  • Kichik ilon – Kichik ko‘ngilsizliklar

Baliq tushlar tabiri vanga tabiri

Nima sababdan baliq tushga kirishi mumkinligi haqida ko‘plab tush tabiri talqinlari mavjud. Qadimgi davrlarda ayollar o‘z tushlarida baliqni ko‘rishlari yaqin orada homilador bo‘lishining belgisi hisoblangan.

Ammo yuragini ostida jajji farzandini ko‘tarib yurgan ayol tushida baliqni ko‘rsa-chi? Homilador ayol tushida baliqni ko‘rishi – ko‘pfarzandlilik va sog‘lom avlodni bildiruvchi hayrli belgidir.

Baliq tushlar tabiri

Tushdagi o‘lik baliq esa rivojlanmay qolgan homiladorlik yoki homilaning tushishi mumkinligini bildiruvchi yomon belgi hisoblanadi.

Tushingizda muzlatilgan baliqni ko‘rsangiz muhim ishni tashlab qo‘yganingizni ifodalab, ularni yodga olish va ohiriga yetqazib qo‘yish vaqti yetib kelganligini anglatadi. Yana bu tush uzoq davom etuvchi og‘ir kasallikni ham bildirib, bu kasallikni o‘limingizning ohirigi kunigacha davolab bo‘lmasligini anglatishi ham mumkin.

Tushingizda dudlangan baliqni ko‘rishingiz – sizga turli fitnalar uyushtirib ongingizni tundlashtirishga harakat qiluvchi, sizni yo‘ldan adashtirib yomonlik istaydigan insonlarning paydo bo‘lishidan ogohlantiradi. Ushbu ogohlantiruvchi tush – siz keyinchalik qattiq afsus qilishingiz mumkin bo‘lgan katta xatoga yo‘l qo‘yishning mumkinligini ham anglatadi.

  1. O‘lik baliqlar – Kech rivojlanadigan homiladorlik
  2. Muzlatilgan baliq – Muhim ishlar
  3. Dudlangan baliqlar – Fitna

Tushdagi tirik baliq – kutilmagan syurprizdan dalolatdir. Kamyob dengiz balig‘ini ko‘rishingiz – tashvishlardan darak beradi. Quritilgan baliqni ko‘rishingiz  – vaqtni quvnoq o‘tqizishni bildiradi. Tushingizda baliq tozalayotganligingizni ko‘rishingiz – sizning noroziliklaringizni ifodalatadi va nimadir noto‘g‘ri bo‘lishini, siz biror-bir xatoga yo‘l qo‘yishingizni yoki o‘zingizni yomon tutganligingiz bilan yaqinlaringizning qalbini jarohatlashingiz mumkinligini anglatadi.

Tushda akvariumda baliqni ko‘rish – hayrli belgi sanaladi. Ishbilarmonlar uchun bu tush muvaffaqiyatli bitimni, qizlar uchun tez oradagi unashtiruvni bildiradi. Agar qizlar o‘z tushlarida akvariumdagi barcha baliqlar bir xil ekanliklarini ko‘rsalar baxtli nikoh va ko‘pfarzandlilikni bildiradi.

Chaqaloq tush tabirlari miller tabiri

Tushingizda chaqaloq bilan qanday hodisa sodir bo‘lishi tush tabirlarida turlicha talqinga ega quyida bular bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz mumkin.

Bordiyu siz tushingizda chaqaloqni qo‘lingizdan tushirib yuborganligingizni ko‘rsangiz – yaqin kunlarda barcha rejalaringiz buzilishini kutishingizga to‘g‘ri kelishini anglatadi. Tushingizda chaqaloqni tebratayotganligingizni ko‘rishingiz – siz allakimga haddan tashqari ko‘p ishonganingizni anglatadi.

Chaqaloq tush tabirlari

Tushingizda chaqaloqning qo‘lidan ushlab sayr etib yurganligingizni ko‘rishingiz – hech qanday umid qolmagan deb hisoblagan va sizni juda ham bezovta qilib kelayotgan ishingizga, qo‘rquvingizni yo‘qotishingiz evaziga ruhsat berilishidan darak beradi.

Tushingizda endigina yurishni boshlagan bolani ko‘rishingiz – to‘xtab qolgan ishingizni yurishib ketishini, yotog‘ida emaklab yurgan go‘dakni ko‘rishingiz esa – jadal harakat qilishni talab etadigan vaziyatlardan ogohlantiradi.

Tushda gapirishni o‘rganayotgan bola tush sohibining muhim belgilarini ko‘rsatib beradi: hoynahoy siz ancha ulg‘ayganingizni anglab yetasiz. Bordiyu tushingizda sizga chaqaloq tashlab ketilganligini ko‘rsangiz, atrofingizdagilarning fikrlariga diqqat bilan quloq solishingizni zero ularning gap-so‘zlari ichidan sizga kerakli bo‘lgan muhim g‘oyalar chiqishi mumkinligini anglatadi.

Tushingizda tashlab ketilgan chaqaloqni ko‘rishingiz – sizning hatti harakatlaringiz atrofdagilarga ziyon yetkazishi mumkinligi, ushbu harakatlaringizni zudlik bilan qayta ko‘rib chiqishingiz zarurligini anglatadi.

Agarda siz tushingizda o‘z farandingizni urishayotgan bo‘lsangiz – o‘ngingizda unga keragidanda ortiqcha havotir olishingingizni bildiradi. Farzandingizni erkinroq qo‘yishga harakar qiling unga ortiqcha, «parvarish» bilan ziyon yetqazib qo‘yishdan saqlaning.

Tushingizda siyg‘oq bolani ko‘rishingiz – notinchlik va aybdorlik hissini anglatadi. Ammo havotirlanish kerak emas, ohirida muammolar omadga yuz tutadi.

Tushda bolaning qochishi yaxshilik ramzi

Tushda sizdan uzoqlarga qochib ketayotgan bolani ko‘rishingiz – hayotingizda hammasi yaxshi bo‘lishidan dalolat beradi. shuningdek, tush sohibining tushini bir zumda tark etgan bola ham yaxshilikni anglatadi.

Tushda go‘dakning ko‘rinishi qandayligi ham katta ahamiyat kasb etadi. Tushingizda qoramtir chaqaloqni ko‘rsangiz – tez orada hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartiruvchi, sizni yanada baxtliroq qiluvchi insonni uchratishingizdan darak beradi.

G‘azablangan bolani ko‘rishingiz – yomon alomat bo‘lib yaqin orada yoqimsiz habarlar eshitishingizni bildiradi. Bu talqin qanchalar g‘alati eshitilmasin, ammo ko‘plab ta’birshunoslar fikriga ko‘ra, ifloslangan, notoza go‘dak omad kelishini anglatadi.

Shuningdek, tushingizda qonga belangan chaqaloqni ko‘rishingiz ish faoliyatingizdagi muvaffaqiyatlarni va yaqinlaringizning ko‘magini bildiradi . O‘z axlatida ifloslangan bola esa tez orada daromad kelishini bildiradi.

Tushingizda kal chaqaloqni ko‘rsangiz – farovonlik va hotirjamlikni, sochi bor bolani ko‘rishingiz esa o‘zingizga ortiqcha e’tibor qilishingiz bilan atrofingizdagi dunyodan ajralib qolganligingizni ifodalaydi. Semiz, vazni og‘ir bolakayni ko‘rishingiz – yaqinlaringizning ishtirokisiz yechim topishi mushkul bo‘lgan muammoni anglatadi.

  • Qora rangdagi chaqaloq – Ishdagi omdga
  • Yaralangan chaqaloqlar – Sog‘likdagi muammo
  • Jahldor bola – Yomon habar
  • Gapirayotgan bola – Muhim habar

Bir necha tush tabiri talqinlariga ko‘ra, tushda daun sindromiga chalingan bolakaylarni yaqinlar orasida o‘z salohiyatini namoyon etishga muhtoj bo‘lgan insonlar tushiga kiradi.

Tushingizda jarohatlangan chaqaloqni ko‘rishingiz esa xotirangiz pasayishi bilan bog‘liq muommolarni anglatadi. Siz o‘z va’dangizni bajarmasligingiz yoki muhim kunni yodingizdan ko‘tarishingiz mumkinligidan ogohlantiradi.

Qon tush tabiri loffa tabiri

Bu qarindoshlik belgisi bo‘lganligi sababli barcha qon bilan bog‘liq bo‘lgan tushlar oilangiz va do‘stlaringizga ham taaluqli hisoblanadi. Tushda shunchaki qonni ko‘rish – atrofingizda tortishuv va o‘ch olishga urinish demakdir.

Qon tushda korsa

Agar kiyimingiz qonga bo‘yalgani tushingizga kirsa, sizning obro‘ e’tiboringiz tanishingizni hatti harakati tufayli tahdid ostida ekanligini anglatadi. Agar siz qon oqishini to‘xtatishga harakat qilayotgan bo‘lsangiz (tezmi yoki sekinmi u, ahamiyatsiz), bu vafot etgan yaqin insonlaringizdan birini sog‘inayotganligingizni bildiradi.

Tushingizda dushmaningizdan o‘zingizni himoya qilaman deb, uni jarohlatlab va qonga bo‘yaganingizni ko‘rishingiz ogohlantirishni anglatadi: yaqinlaringiz orasidagi janjallarga aralashmaganingiz ma’qul, aks holsa bu sizga jiddiy salbiy oqibatlar olib keladi.

Yana bir ogohlantiruvchi tush bu – tushingizda yoqimli salqin suvni ichayotganingizda u qonga aylanganligi va siz unga bulg‘anganligingizni ko‘rsangiz – qardoshlik la’nati tufayli sizning hayotingiz, ajdodlaringiz qilgan gunohlari uchun ibodat qilmaguningizcha, baxtsiz bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

  1. Qon – Tortishuv
  2. Qonga bo‘yalgan kiyim – Tahdid
  3. Qon oqishini to‘xtatnoq – Sog‘inch

Suv tushlar tabiri 21-asr tabiri

Suv hayot timsolidir. Agar tushingizda suv to‘lqinlanayotgan bo‘lsa, unda murakkab kashfiyotlar yoki ilmlar va ta’lim yoki fan paydo bo‘lgunga qadar bo‘lgan fursat yetib kelganlini bildiradi.

Juda musaffo, toza suv bilan to‘ldirilgan bahaybat shar yaxshi ob-havodan darak beradi, bu esa qishloq xo‘jaligida juda foydali bo‘ladi.

Suv tushda nima

Tushingizda suv to‘la stakaningiz ostida pashshani borligini ko‘rishingiz – sud ishlari yoki tuhmat sizning atrofdagilarga bo‘lgan munosabatingiz va ertangi kunga bo‘lgan ishonchingizni o‘zgartirib yuborshini bildiradi.

Qon aralashgan suvni ko‘rsangiz Chayon burji ostida buyuk inson tug‘ilishidan darag beradi. Zog‘orabaliq hamrohligida suvda sayr qilish – Yaponiya bilan munosabatlarni yomonlashuvini, ammo bu zo‘ravonlik va harbiy mojarosiz bo‘lishini anglatadi.

Ammo suv ostida yurish hamda shu bilan birgalikda delfinlar bilan suhbatlashish – bu sizning ilgari mavjudligi haqida sizga ma’lum ham bo‘lmagan millatni kashf qilishingizni bildiradi.

  • Suv – Hayot timsoli hisoblanadi
  • Musaffo suv – Ob havodan darak
  • Qonli suv – Buyuk inson

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil