Qariya tushda ko’rsa tush tabiri

Qariya tushda ko’rsa, yoki qari chol va kampirni tushda ko’rsa nimadan dalolat beradi. Bu tush tabiri kishi hayotida o’ziga hos muhim ahamiyat kasb etadi. Agar siz tushda keksa yani qariya kishiga salom bersangiz yoki unga yaqinlashsangiz, o’ngda, orzuyingizga erishib hamda mol mulkka ega chiqishingiz mumkinligidan ogoh etadi.

Qariya tushda ko'rsa

Bordiyu hali yosh kimsa tushida o’zini keksaygan, qari bir ahvolda ko’rsa, bu tush, uning kuch quvvati zayiflashganidan bohabar etadi. Bundan tashqari tushdagi juda keksayib qolgan qariyaga duch kelish, o’ngda, uzoq umrga tabir qilingan. Tushda ko’rilgan keksa ayol ojizlikka ishora beradi. Bazi hollarda esa tushdagi keksa ayol, qo’ldan boy berilgan boylik hamda dilxiralikga ramzidir.

Tushdagi notanish qariya ayol, ocharchilikdan bohabar etadi. Bordiyu tushingizda honadoningizga keksa bir ayol kirganligini ko’rsangiz, boylik topishingizga ishora. Agar buning aksi bo’lsa, yani uyingizdan keksa ayol chiqganini ko’rsangiz, moddiy jihatdan qiyinchiliklarga duch kelishingizdan voqif etadi.

Qari chol tushda ko’rsa: Vanga tabiri

Qari chol tush tabiri

Vanga tabirida tushda qari chol ko’rish, o’ngda, o’tmishda sodir bo’lgan voqea va hodisalarni yodga olish deya tabir qilandi. Bundan tashqari tushdagi o’rta yoshli qariya yani keksa odam, o’ngda, yaxshilik deya tabir qilingan. Bordiyu yigit yoki qiz kimsa o’zini qarib, keksayib qolganligini ko’rsa, Hayotda ko’plab yangi bilimlar orttirib, buning natijasida unvoni yani obro’ etibori oshishiga dalolatdir.

Bordiyu keksayib qolgan kishi o’zini huddi yosh holidek ko’rsa, o’ngida, biron bir tashkilotga boshliq bo’lib ishlashiga tabir qilingan.

Qari kampir tush tabiri: Miller tabiri

Qari kampir tushda

Miller tabirida tushdagi qari kampir quyidagicha tabirga ega. Tushda ko’rilgan qariya kampir, keksa kishilar uchun bemor bo’lishga va surunkali kasalliklarning kuchayishiga tabir qilinadi.

Kimda kim o’z qarib qolgan xotinini yosh holatda ko’rsa, o’ngida, rejadagi va anchadan beri qo’l urmoqchi bo’lib yurgan ishlari kutilganidek bo’lishidan dalolat beradi. Bordiyu tushdagi kampir tushkun kayfiyatda va yomon ahvolda ko’rinsa, moddiy taraflama biroz qiyinchiliklarga duch kelishi mumkinligi haqida ogoh etadi.

Bugun boshqalar o’qigan tushlar tabiri

Advertisements
О сайте и о сновидениях (на русском)

«Tushlar-tabiri.uz» — онлайн-сонник, посвящённый толкованию снов и значению сновидений. Здесь собраны толкования по алфавиту и по отдельным образам, основанные на классических сонниках, народных поверьях и культурных традициях Центральной Азии.

Современная наука связывает сновидения с работой мозга во время сна, особенно в фазе быстрого сна. Психологи (Фрейд, Юнг) рассматривали сны как отражение внутреннего состояния человека — его переживаний, надежд и нерешённых вопросов, а не как предсказание будущего.

Все толкования на сайте носят ознакомительный и культурно-познавательный характер. Толкование сна — это не предсказание и не руководство к действию. Подробнее: О сновидениях и О сайте.