Qovgʻa burji haqida malumot
Qovgʻa (21 yanvar — 19 fevral)
Qovgʻa burji xarakteri va bir birlariga mosligi haqida malumot – Deyarli barcha inson kamalakni yoqtiradi, ammo qovgʻa burji vakillari uni sevadi, sababi qovgʻalar kamalakda hayot kechiradi. Qovgʻa burjidagilar kam boʻlsada orzulari roʻyobga chiqishiga umid bildiradi. Lekin bu burjdagilar koʻproq realist inson sanaladi.
Bordiyu siz ushbu burj vakili bilan yaqin boʻlsangiz, demak kutilmagan sarguzashtlarga tayyor boʻlavering. Ularning koʻpchiligi mehribon hamda oqkoʻngil insonlardir. Qovgʻa burjidagilar jamoa fikriga koʻp hollarda qarshi chiqishadi va bu qovgʻalarga yoqadi.
Bundan tashqari qovgʻa burjidagilar kutilmaganda ogʻir va tashvishli kuningizda sizni hayratga soladi. Bordiyu hohlab qolsalar, jamoatchilik orasiga kiyimsiz chiqishlari hech gap emas. Sevgisi omadsiz yakunlanganda esa doʻst boʻlib qolishni taklif qilishni ulardan kutavering.
Bordiyu qovgʻa burjiga mansub biron bir kishining sizga nisbatan mehri soʻngan boʻlsa, ularni bu yoʻldan qaytarishga urinishingiz befoyda kechadi. Bazi paytlarda ular nima hohlashyotganini tushunmaysiz ham, buning sababi shuki, qovgʻalar faqat oʻzlari hohlagan olamda yashaydilar. Bundan tashqari shuni takidlash joizki, qovgʻa burjidagi insonlar orasidan 70 foizi mashxur kishilar boʻlgan.
Qovgʻa burji: Erkaklar xarakteri haqida
Qovgʻa burji sohiblarining sevgi borasida tutgan oʻrni boshqa burj vakillariga nisbatan tubdan farq qiladi. Bundan tashqari ulardan ishonchli va yaqin doʻst topishingiz mumkin. Qovgʻalar oʻz sevgisi uchun juda qattiq qaygʻuradi, sevish va sevilish ular uchun juda oliy tuygʻu. Biroq bu burjga mansub kishilardan birontasi sizni sevib qolsa, buni zinxor oshkor etmaydi.
Bordiyu qovgʻa burjidan birontasi sizni yoqtirmasligini aytsa, demak buning zamirida biron gap borligi aniq. Ular sizga hushmomila ohangda gapirishi mumkin, lekin uning jahli chiqgan payt bularning barchasi chipakka chiqadi.
Shuning uchun ham ularni aldash yaxshilikka olib kelmaydi. Bordiyu shunday boʻlsa, sizga nisbatan mehri soʻnishi mumkin. Yana bir tomoni qovgʻa burjidagi insonlar misli koʻrinmagan ishlar qilishga ham qodir sanaladi. Bu burjga mansub kishilarga, soʻzida qatiy turuvchi ayollar koʻproq yoqadi.
Qovgʻa burji: Ayollar xarakteri haqida
Qovg‘a burjida tug‘ilgan ayollar erkaklarni qanchalik hurmat qilib yaxshi ko‘rmasinlar, ular tomonidan talab qilinadigan qattiq tartib – intizomga chiday olmaydilar. Tabiatan juda erkatoy bo‘lgan bunday ayollar bir kun kelib o‘zlarining bu ishlari bilan turmush o‘rtoqlarining g‘azabiga duchor bo‘lish haqida o‘ylab ham o‘tirmaydilar.
Agar bordiyu shunday holat yuz bergudek bo‘lsa, shunday jahl otiga minadilarki, ularni tanimay qolishingiz hech gap emas. Qovg‘a burji ayollarini ko‘proq erkaklarning obro‘ martabasidan ko‘ra, tashqi ko‘rinishlari – o‘ktamligi, gap – so‘zlarining manodorligi qiziqtiradi.
Ular kimnidir o‘z taqdiriga sherikchilikka tanlasalar, bo‘lajak juftlariga oldindan o‘zlariga nisbatan sadoqatli bo‘lish shartini qo‘yadilar. Mazkur burj ostida tug‘ilgan ayollar har qanday sharoitga osonlik bilan moslashib keta oladilar va hissiyotga beriluvchang emaslar.
Ular sizga shunchalik ishonch bildidradilarki, o‘zingiz har bir hatti – harakatingizni qanday qilib boshqaryotganingizni bilmay qolasiz. Qovg‘a burji ayollari erkaklardagi ayollar ko‘ngliga yo‘l topa olish fazilatini qadrlaydilar. Va o‘z turmush o‘rtoqlarini shunday hislatga qarab qattiq hurmat qiladilar.
Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...
Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil
Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...
Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil