Pichoq tushda tush tabiri

Pichoq tushda korsa tush tabiri – Tushdagi pichoq bir qancha tabirlarga ega. Kishi tushda pichoq otganini koʻrsa, oʻz oʻgʻlining molini yeyishga tabir qilinadi. Bordiyu erkak kishi tushda pichoq koʻrsa va oʻngda uning ayoli homilador boʻlsa, oʻgʻil farzandga ota boʻlishga muyassar boʻlmogʻligidan ogoh etadi.

Tushda pichoq korsa

Agar oʻzingizni pichoq bilan kesilganligingizni koʻrsangiz, oʻngingizda hayvon va qushlarga pichoq orqali zarar yetqazganingiz uchun javobgarlikka tortilishingiz mumkin. Bordiyu qoʻlingiz pichoq bilan kesilganini koʻrsangiz, sizni hayratga soladigan narsaga guvoh boʻlishingizdan ogoh etadi.

Zigmund Freydning tabiriga koʻra agar tushda mebel yuzasida turgan pichoqni koʻrsangiz, oʻngingizda yangi doʻstlar ortirishga qoʻrqishingizdan dalolat beradi. Agar sizning tanishlaringiz yoki yaqinlaringizdan biri qoʻlidagi pichoq bilan nimanidir kesib olayotgan boʻlsa, demak ishlaringizda hatoliklar va chegaradan chiqishlar kuzatilyapti.

Pichoq tushda korsa: Vanga tabiri

Taniqli bashoratchi vanga tushdagi pichoqni quyidagicha tabir qiladi. Agar siz chiroyli pichoqni tushingizda koʻrsangiz, kutilmaganda yoqmili sovgʻa olasiz. Biroq shuni unutmaslik kerakki qoʻlga kiritiladigan sovgʻani butunlay hafdan holi deb boʻlmaydi, barcha narsaga tayyor turish tavsiya etiladi.

O’tmas pichoq bilan biron buyumni tushda kesish, tush sohibini ichki qoʻrquvlar qurshab olganidan darak beradi. Agar siz tushda pichoqni yoʻqotib qoʻygan boʻlsangiz, bu tush oʻngingizda charchoqdan dalolat. Oʻzingiz va hisiyotlaringizga yetarlicha vaqt ajratish tavsiya etiladi.

Tush tabiri pichoq

Bundan tashqari tushdagi pichoq ayriliq, janjal, ishdagi omadsizlikka yoʻyiladi. Agar siz tushda zanglagan pichoq koʻrsangiz, oʻngda oilaviy kelishmovchiliklarga yoki sevgi borasida biroz muammolarga duch kelishingiz mumkin. Tushdagi oʻtkir pichoq, yaqin orada yashiringan hafdan ogoh etadi. Tushdagi singan pichoq esa, orzularingiz amalga oshmasligi haqida gapiradi.

Agar siz oila qurmagan boʻlsangiz va tushda pichoq koʻrsangiz, bu tush oila qurish borasida jiddiy muammoga duch kelishingiz mumkinligidan ogoh etadi. Bordiyu qoʻlingizdagi pichoq bilan biron kimga tashlansangiz, oʻngda harakteringiz tufayli barchaning oldida izzaga qolasiz.

Tush tabiri pichoq: Svetkova tabiri

Zamonaviy tush tabirida tushdagi pichoq doʻstlar orasida sotqinlar borligiga tabir qilinadi. Agar peshingi ovqatni pichoq bilan tayyorlab yesangiz, unda bu tush oilaviy kelishmovchiliklar boʻlishi mumkinligidan ogoh etadi.

Pichoq ursa

Bordiyu pichoq qoʻlingizdan yerga tushib ketadigan boʻlsa, unda uyingizga begona mehmonlar tashrif buyurishi mumkin. Bordiyu ortingizdan sizga pichoq sanchsalar, demak bilingki dushmanlaringiz bor, va ular sizga qastdan zarar yetkazmoqchi ekan.

Tush sohibiga pichoq sovgʻa qilsalar, oʻngida aldanishiga dalolat. Qoʻlingizda qadimiy pichoq turganligini koʻrsangiz, eski qarzlaringizni qaytarishlari mumkin. Tushdagi zamonaviy pichoq, oʻngdagi rashk demakdir. Agar sizga pichoq otsalar, demak sevib qolishingiz aniq.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil