Payg’ambar tushda tush tabiri
Tushda Payg’ambar ko’rsa tush tabiri – Payg’ambarni tushda ko’rish tushdagi holatga qarab yani ularning ko’rinishi qay holatdaligiga qarab tabir qilinadi.
Tushda payg’ambar ko’rish bashorat yoki ogohlantruvchi mazmundagi tush bo’lishi mumkin. Bunday tush ikki turga bo’linadi: Agar siz biron bir Avliyo yoki Payg’ambarni tushda ko’rsangiz va ular o’z holatida bo’lsalar, o’ngda martabangiz baland va aziz insonga aylanishingizdan dalolat. Bundan tashqari sizga yomonlik tilagandlardan doimo omon yurishingizga tabir qilinadi.
Bordiyu siz tushingizda ko’rgan Payg’ambarni yuzi burishgan va hafa holda bo’lsalar, o’ngingizda ahvolingiz tangligidan, og’ir musibat oldida turganligingizdan dalolat. Alloh taolodan mushkulingiz oson bo’lishini so’rashingiz kerak. Zero Alloh barchasini bilguvchi va ko’rguvchi zotdir.
Agar kimda kim Muhammad (s.a.v) ni tushlarida ko’rsa, va ular yaxshi kayfiyatda, mukammal go’zallikda bo’lsalar, tashvishli odam tashvishlaridan qutiladi. Kambag’al odam boylikka erishadi.
Tushda boshqa payg’ambarlarni ko’rsa
Agar siz tushingizda Ibrohim alayhissalomni ko’rsangiz, o’ngingizda yaratgan sizdan mamnun bo’ladi. Tush sohibi uchun rahmat va nemat eshiklari ochilishiga dalolat beradi.
Ismoil alayhissalomni tushda ko’rgan kimsaning dushmanlari bo’lsada va zarar yetqazsada, ohiratda dushmanlari ustidan g’alaba qozonadi.
Solih alayhissalomni tushda ko’rsangiz va sizning dushmanlaringiz bo’lsa, ulardan sizga yomonlik kelmaydi. Garchi ular bunga harakat qilsalarda uddasidan chiqa olmaydilar.
Yoqub Alayhissalomni tushda ko’rsangiz, hayotingiz davomida ko’p o’g’ilga otalik qilasiz, yani o’g’illaringiz ko’p bo’ladi. Bordiyu o’g’illaringizning biriga falokat kelsada, bu mushkulotlardan osongina qutiladi va martabasi baland bo’lishiga tabir qilinadi.
Zakariyo alayhissalomni tushda ko’rsangiz, Alloh bergan farzandingizni duolari ijobatli zot bo’ladi.
Payg’ambar tush tabiri
Yahyo alayhissalomni tushida ko’rgan kishi Tangriga chin dildan bandalik qiladi. Mushkullaridan va gunohlaridan qutiladi.
Yunus alayhissalomni tushda ko’rgan kishi shoshqoloqligi tufayli qamoqqa tushadi, ko’p azob uqubatlarga duchor bo’lishga tabir qilinadi. Biroq Alloh taolo uning duolarini qabul aylab azoblardan qutqaradi.
Ayub alayhissalomni tushda ko’rgan kishi, ko’p aziyat chekadi. Turmush o’rtog’i kasal bo’ladi va anchadan keyin sog’ayadi.
Sulaymon alayhissalomni tushda ko’rgan kishi, martabali lavozimlarni egallaydi. Tangri unga uzoq davom etadigan rahbarlik qilish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari u kishi vaqtincha ishdan bo’shatilsa ham qaytadan o’z lavozimiga tayinlanadi.
Muso alayhissalomni tushda ko’rgan kishining har bir boshlagan ishi muborakli bo’ladi, farzandi tug’iladi va dushmanlarini yengadi. U insonning ikki dunyosi ham obod bo’ladi.
Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...
Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil
Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...
Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil