Tush tabiri 25 000 turdagi tushlar tabiri Tushlar-tabiri.uz

Tushlar to‘g‘risida ma'noli iqtiboslar ☪️

Inson butun hayotining uchdan bir qismini uxlab va tush ko‘rib o‘tkazadi. Inson organizmi uchun sog‘lom uyqudan boshqa foydali va yoqimli holatni topish mushkul masala, quyidagi iqtiboslarda insonlarning uyqusida yuz beruvchi barcha narsa-hodisalar to‘g‘risida dono fikrlar, qarashlar keltirib o‘tilgan. Har bir shaxs uchun uyqu zarur, shuning uchun uyqu haqida ma'noga ega bo‘lgan iqtiboslar buni qanday foydaliroq qilish mumkinligi haqida fikr yuritadilar. Ushbu saytda ma'lum va mashhur hamda eng chiroyli iqtiboslar to‘plamlari jamlangan.

1. Tushlar uxlagan vaqt zerikib qolmaslik uchun ixtiro qilingan. (Per Dask)

2. Tushlardagi obrazlar - bu o‘ziga xos til... Ularda qandaydir yashirin ma'no mujassamlashganga o‘xshaydi. (Samuel Teylor Koleridj)

3. Tushlar ko‘p tashvishlardan kelib chiqadi. (Ekklesiast, 5, 2)

4. Tushdagi belgilarning asl ma'nosini ilg‘ab olgan har bir shaxs, ularni hayotdagi barcha hodisalarga muhim ta'sir ko‘rsatishini biladi. (Gippokrat)

5. Ruh tush ko‘rgan chog‘ u - teatr, aktyorlar va tomoshabin hamdir. (Jozef Addison)

6. O‘tmish – bu ongda sodir bo‘luvchi tasavvur etilgan yoki qiyinchilik paytlarni boshdan kechirgan uch o‘lchamdagi umumiy kichik teatr tasmasi bo‘lib butun tun yorqin alanga bilan davom etadi. (Robert Lyuis Stivenson)

7. Haqiqat – uyquning qimmatli sifatlaridan biridir. (Xorxe Luis Borges)

8. Har bir inson, hattoki eng namunali bo‘lgan inson ichida ham qo‘lga olib bo‘lmaydigan yovvoyi hayvon yashaydi va bu hayvon uyquga ketgan vaqt uyg‘onadi. (Aflotun)

9. Hayot va tush - bir kitobning sahifalari. (Artur Shopengauer)

10. Yo Xudo, agarda men yomon tushlar ko‘rmaganimda, yong‘oq po‘stida mahbus bo‘lib, o‘zimni olam shohi deb hisoblashim mumkin edi. (“Hamlet”, Uilyam Shekspir)

11. Bir kuni Chjan Chju tushida o‘zini kapalak ekanligini ko‘rdi: u xursand holda baxtga to‘lib uchib yurar va o‘zining Chjou ekanligini bilmas edi. Birdan u uyg‘onib ketadi va Chjou ekanligidan hayratga tushadi. U tushunolmas edi: Chjou kapalak ekanligini tush ko‘rganmi yoki kapalak Chjou ekanligini tush ko‘rganmi? (Juan Szi)

12. Qo‘rqinchli tushlarda eng oddiy, zararsiz narsalar va shakllar azob-uqubatlarga sababchi bo‘ladi. (Samuel Teylor Koleridj)

13. Ko‘pchilik tushlarda, ko‘pchilik so‘zlarda bo‘lgani kabi, ko‘p g‘am-tashvish mavjud. (Ekkslesiast 5, 6)

14. Haqiqat umumiy dunyoda yashaydi, har bir tush o‘zining o‘z hayotida yashaydi. (Efes Heraklit)

15. Afsuski tushlar darajasi, yostiqlar soniga bog‘liq emas. (Veslav Brudzinsky)