Echki tushda ko’rsa tush tabiri

Echki tushda ko’rsa nimdadan dalolat beradi? Uy hayvonlarini tushda ko’rish, kishi hayotida etiborli ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu tushni ulamolar turlicha tabir qilishgan. Bordiyu tush sohibi echkini qo’lga kiritganini ko’rsa, yoki unga echki berishsa, o’ngida, esi past ayolga duch kelishi mumkinligidan ogoh etadi.

Tushda echki ko'rsa

Bundan tashqari tushdagi semiz echki, badavlat hotin demakdir. Orig’ echki esa, kambag’al, faqir hotinga ishora beradi. Bordiyu tushda echiki topib olganligini biron kim ko’rsa, rizqli-nasibali bo’lib, ko’plab yaxshi ishlar boshiga kelishiga tabir qilinadi.

Ayol kishi uchun tushdagi echki behosiyat hisoblanadi. Agar tush sohibi ayol kishi bo’lsa, va honadoniga echki kirib kelganini ko’rsa, honadonida bir yil kamchilik va yetishmovchilik bo’lishi mumkinligidan ogoh etadi. Tushda ko’rilgan echki bolasi, o’ngda, farzandga ishora.

Echki tushda ko’rsa: Ibn Siyriyn tabiri

Echki sotib olish

Ibn Siyriyn tushda ko’rilgan echkini quyidagicha tabir qilganlar. Agar kimda kim tushda echkini ko’rsa, kimningdir injiq harakteridan charchaganligining alomatini bildiradi. Bordiyu echki uni suzsa, yani shoxlasa, kichik janjal demakdir. Tushda ko’rilgan oq echki, omad eshiklari ochilib, tush sohibining hayotiga quvonch kirib kelishiga tabir qilinadi. Kulrang echki esa, kishi rejasidagi ishlari bir maromda ketayotganligini bildiradi. Qora echki, kichik xafagarchilik va dilxiralik.

Echki tush tabiri: Vanga tabiri

Taniqli bashorati Vanga tush tabirida, echki shunday tabirlangan. Kishi tushidagi echki, esli va yaxshi uy bekasiga tabir qilinadi. Qolaversa farzand hamdir. Echkini sog’ayotgan kishiga baraka yog’ilishiga dalolat beradi. Bundan tashqari yoru do’stlar o’rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga deyilgan.

Qora echki

Tushda yeyilgan echki go’shti, davlatga ishora beradi. echikini minish, va uni yurg’uzish, ulug’ bir kishiga qasd qilib yo’ldan ozdirishga tabir qilinadi. Uzun echki shoxlarini ko’rgan kishining amallari mustahkam bo’lib toleyi baland bo’lishiga dalildir.

Tushda ko’rilgan echki podasi, davlat demakdir. Bordiyu siz echkilar podasini ko’rsangiz, shu echkilar miqdoricha davlatga ega chiqishingizga tabir qilinadi. Echki bolasini sotib yoki topib olganligini ko’rsa, yoki biron kishi hadya qilsa, uyida farzand dunyoga kelishiga dalildir.

Bugun boshqalar o’qigan tushlar tabiri

Advertisements
О сайте и о сновидениях (на русском)

«Tushlar-tabiri.uz» — онлайн-сонник, посвящённый толкованию снов и значению сновидений. Здесь собраны толкования по алфавиту и по отдельным образам, основанные на классических сонниках, народных поверьях и культурных традициях Центральной Азии.

Современная наука связывает сновидения с работой мозга во время сна, особенно в фазе быстрого сна. Психологи (Фрейд, Юнг) рассматривали сны как отражение внутреннего состояния человека — его переживаний, надежд и нерешённых вопросов, а не как предсказание будущего.

Все толкования на сайте носят ознакомительный и культурно-познавательный характер. Толкование сна — это не предсказание и не руководство к действию. Подробнее: О сновидениях и О сайте.