Ilon tushda tush tabiri

Ilon tush tabiri – Kishi tushda ilon korsa nimadan dalolat? bu tush tabiri kishi hayotida muhim ahamiyatga ega! Ulamolar bu tushni turlicha talqin qilishgan.

Tushda ilon korsa

Tushdagi ilon yovuz dushmanga tabir qilinadi. Uzun hamda kattakon ilon havotir va qoʻrquvga ishora. Bordiyu biron kimsa tushida bahaybat ajdar sifatidagi ilonni koʻrsa va undan qoʻrqmasa, bu uning davlatidir. Yana ilon serdavlat kishiga ham ishora. Tushda ilonni uy ichiga kirgizgan kishi dushmanlaridan aziyat chekadi.

Kimda kim tushida ilonni oʻldirsa demak u dushmanlari ustidan gʻolib boʻladi. Ilonni tushda ushlagan kishiga davlat yetadi. Tushida uyidan yoki boshqa joydan ilon chiqsa, u kishiga dushmanidan falokat keladi. Koʻchadagi ilonlar galasi, oʻngda shu joyda janjal chiqishidan dalolat.

Tush tabiri ilon

Tushdagi qop qora ilon, qudratli kuchga ega ayyor va makkor dushman hisoblanadi. Bundan tashqari tushdagi ilon boylikka ham tabir qilinadi. Bordiyu tushingizda uyingizdan ilon chiqganini koʻrsangiz, demak uyingizda notinchlik kuzatiladi. Betob kishining ogʻzidan ilon chiqishi, uning vafot etishiga ishora.

Tushda ilon korsa: Vanga tabiri

Kishi tushida ilon koʻrishi yashirin dushmanga dalolat. Bundan tashqari beklik va hayotning yaxshi tarafga oʻzgarishiga ham tabir qilinadi. Yostigʻi yoki toʻshakdagi ilonni tushda oʻldirish, hotini vafot etishiga ham tabir qilinadi.

Ilon tushda korsa

Oʻngingda koʻrsang yanch, tushingda koʻrsang ganj, degan iboraga amal qiladigan boʻlsak, ayrim mutabbirlar tushdagi ilonni safarga tabir qiladi. Tushda ilon ovozini eshitish, oʻngada nimadandir qattiq havotirda ekanligingizdan darak. Bordiyu siz tushingizda ilon bilan janga kirib uni magʻlub etsangiz, oʻngingizda dushmaningiz ustidan gʻalaba qozonasiz. Agar qoʻlingizga ilon qoni oqsa uning mol davlatiga ega chiqasiz.

Tush tabiri ilon: Ibn Siyriyn tabiri

Oʻz zamonasining taniqli va mashxur tabirchisi Ibn Siyriyn tushdagi ilonni shunday tabir qiladi. Agar kimda kim tushda ilon koʻrsa, uning dushmani bordir. Bordiyu ilon uning uyida boʻlsa, dushmani oʻz uyidan chiqadi. Agar ilonni choʻlda koʻrsa, dushmani begona ekan. Agar ilon bilan janga kirsa, dushmani bilan jang qiladi.

Ilon tush tabiri

Agar tushidagi ilonni oʻldirsa, dushmani ustidan gʻolib keladi. Agar ilon unga zarar yetkazsa, dushmanidan zarar koʻradi, Tushdagi ilon koʻrinishi qanchalik qoʻrqinchli va katta boʻlsa, uning dushmani ham shunchalik makkor va ayyor boʻladi. Agar tushida ilonlar bir yerga toʻplansa, dushmanlari ham toʻplanib unga zarar beradi.

Ilon boylik yoki gʻiybat

Ilonni tushda koʻrishning yana bir necha tabirlari bor. Ilon Dushman, gʻiybat, yovuzlik, safar va boylikdir.

  • Ilonlar ko’rish – mol yoki dushman
  • Ilondan qochish – dushmandan qochish
  • Suvda ilon ko’rsa – dushman bilan aloq
  • Katta qora ilon – kuchli dushman
  • Oq ilon – kuchsiz dushman
  • Sariq ilon – mugʻambir kishi
  • Yashil ilon ko’rsa – kuchsiz dushman
  • Ilon ushlash – meros
  • Ilon oldirish – dushman ustidan gʻalaba

Bundan tashqari kishi tushidagi kattakon ilondan qoʻrqmasa, demak unga davlat keladi. Ilonlar davlat hamda dushmandir, chunki zaxarning tavili boylik hisoblanadi. Bordiyu ilon siz bilan gaplashsa, demak sizga dushmaningiz tomonidan hayratga tushiradigan gap yetadi.

Oʻlim yoki umrboqiylik

Bu tushni boshqa manbalarda quyidagicha tabir qilishgan. Ilon zaxarli mavjudod boʻlgani uchun, oʻlim va kasalikka dalolat beradigan boʻlsa, ikkinchi tarafdan terisi doim yaraqrab turgani uchun, umrboqiylik sifatida qaraladi.

Psixologik nuqtai nazardan olib qaraydigan boʻlsak tushdagi ilon inson ichki qoʻrquvini hamda muammolardan beziganligini aks ettiradi. Agar siz tushingizda ilon oʻldirsangiz, oʻngingizda yaqin orada ichki qoʻrquvlaringiz bilan real hayotda toʻqnash kelasiz.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil