Mol sigir tushda tush tabiri

Mol tushda korsa tush tabiri – Umuman olib qaraganda tushdagi mol yani sigir, boylik va tanilishga tabir qilinadi. Bordiyu siz tushingizda mol podasiga boshchilik qilayotgan boʻlsangiz yoki ularni oʻtlatib yurgan boʻlsangiz, oʻngingizda farzandlaringiz bilan munosabatlaringiz yaxshiligidan va ular sizni eng yaqin sirdoshi sifatida koʻrishiga dalolat beradi.

Tushda mol korsa

Agar tushda mol goʻshtini koʻrsangiz. oʻngda yoqimsiz habar eshitishingizga yoʻyiladi. Bundan tashqari boshqa tabirlarda mol goʻshtini yeyish, oʻngdagi kasallik haqida ogoh etadi. Tushdagi mol doʻktori esa, qiyin vaziyatda sizga yordam beradiganlar koʻp boʻlishidan dalolat beradi. Bundan tashqari kishi tushidagi sigir tepalikka qarab yurayotgan boʻlsa, turmushdagi farovonlik va baxtga ishora beradi.

Agarda arqon yordamida sigirni adrlikka olib ketayotgan boʻlsangiz, boylik topib tanilishingizga ishora beradi. Agar sizdan sigir qoʻrqayotganligi koʻrsangiz, uy ishlarida xatoliklarga yoʻl qoʻyayotgan ekansiz. Sigir darvoza tomonga yursa va undan chiqsa, yaxshi voqealr sodir boʻlishidan ogoh etadi. Agar sigir yani mol bolalaganini koʻrsangiz, ushalishiga koʻzingiz yetmagan orzularingiz ushaladi. Sigirni minib yurgan kimsaga yaqin orada quvonchli xabar keladi.

Mol tushda korsa: Vanga tabiri

Tush tabiri sigir

Vanga tabirida tushdagi mol sigir yoki hoʻkiz, oʻngdagi rizq nasiba va boylikka tabir qilinadi. Agar yaxshi hislatga ega inson tushda molga yoki hoʻkizga minib turgan boʻlsa, amaldor boʻlishiga yani katta lavozimga tayinlanib, undan manfat koʻrishiga dalolat beradi. Agar savdogar odam tushda mol koʻrsa, ziyon koʻrishiga tabir qilinadi.

Hoʻkiz va mollarni bir joyda toʻdalanib turganini koʻrgan kishiga, hastalik haf solishi mumkin. Tushida mollarni haydayotgan kishiga behisob mol davlat kelishiga dalolat beradi. Bordiyu sizni hoʻkiz shoxlasa yani suzsa, oʻngda hisobot berilishi kerak boʻlgan ishlaringizni hisobini tayyorlab qoʻyganingiz maqul. Aks holda boshligʻingizdan dakki eshitishngiz mumkin.

Tush tabiri sigir: Miller tabiri

Miller tabirida tushdagi sigir quyidagicha tabir qilinadi. Agar siz tushda sigir ustiga oʻtirgan boʻlsangiz va bu sigir yani mol oʻzingizniki boʻlsa, koʻp foydali ishlarga qoʻl urasiz. Bordiyu sariq sigirni tushda koʻrsangiz, kasallikdan bohabar etadi. Oʻz sogʻligingizga jiddiy ahamiyat berishingiz talab etiladi.

Mol sigir quvlasa

Agar tushdagi sigirning biron bir azosi ortiqcha ekanligini koʻrsangiz, bajarayotgan yaxshi amallaringizga yarasha mukofot olishingizga tabir qilinadi. Bordiyu sigir azolari kamligini koʻrsangiz, buning aksi boʻlishiga dalolat beradi. Inson tushidagi mol terisi, merosga tabir qilinadi.

Ibn Siyriyn tushdagi sigirni yil deb tabir qilgan. Agar siz tushda semiz sigirni koʻrsangiz, oʻsha yilda barcha ishlaringiz hayrli boʻlib, arzonchilik kelishiga dalolat beradi. Bordiyu siz sigir sogʻib sutidan ichsangiz, koʻp mulkga ega boʻlishingizga lekin bu mulkdan sizga biron naf tegmasligi haqida ogoh etadi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil