10 ta fakt tushlar haqida

1. Inson ko’rgan tushlarining 10 foizinigina eslay oladi.

2.Hattoki ko’zi ojizlar ham tush ko’rishadi. Olimlarning ta’kidlashicha, ular tushlarida hissiyotlarni sezisharkan.

3. Hamma odamlar tush ko’rishadi. Ko’pchilik bunga e’tibor bermagani sababli, tez unutib yuborishadi.

4. Odam tushida hayoti davomida qachondir ko’rgan qiyofasini ko’radi. Biz tushimizda ko’rgan odamlar ongimiz yaratgan qiyofa emas, qachondir uni ko’rganmiz. Ammo biz uni unutishga ulgurganmiz.

5. Tadqiqotlarga ko’ra, oq-qora televizorlardan rangli televizorlarga o’tilishi tushlar ham rangli bo’lishiga sabab bo’lgan ekan.

6. Tushlar – ramzlardir. Bir xil tushni qayta-qayta ko’rish nimadandir xabar berarkan.

7. Tushlarda kundalik hayotimiz o’z aksini topadi. Tunda cho’chib uyg’onishga ham aynan qo’rquv hissi sabab bo’ladi.  Tushlarga salbiy hissiyotlar ijobiy hissiyotlarga qaraganda ko’proq ta’sir o’tkazar ekan.

8. Inson bir kechada o’rtacha hisobda 4 yoki 7 ta tush ko’radi.

9. Hayvonlar ham tush ko’radi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, uxlagan vaqtda hayvonlarning ham  miyasi ishlab turadi. Ularning uxlagan vaqtdagi panja harakatlari, turli tovushlar chiqarishi esa buni tasdiqlaydi.

10. Inson tushlariga tashqi muhit ham ta’sir ko’rsatishi aniqlandi. Musiqa ovozi eshitilib turgan xonada uxlagan odamlarning ko’pchiligi tushida o’zini konsert zalida his qilar ekan.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil