7 fakt tushlar haqida

7 fakt tushlar haqida

1 – Tushda oʻrgana olishingiz mumkin

Bir guruh olimlar izlanishlari natijasida shuni aniqladiki, inson tush koʻrayotgan paytda oʻziga qiziq boʻlgan yangi bilimlarni oʻzlashtirib olishlari mumkin ekan. Buning asosiy sababi kishi tush koʻrayotgan vaqtda bosh miyaning judaham aktiv holatda ishlashi sabab. Bu jarayon qancha uzoq davom etadigan boʻlsa shuncha koʻp bilimlarga ega boʻlishimiz mumkin.

2 – Tushlar sizni baxtli qila oladi

Koʻrgan tushlarini yodda tutib uni doim eslab yuradigan kishilar, tushlariga etibor qaratmaydigan kishilarga nisbatan baxtliroq hisoblanadi. Chunki inson kelajakda, hayotida sodir boʻlishi mumkin deb hisoblaydigan yaxshi narsalarni tez tez tush koʻradilar va buning natijasida inson oʻzini orzulariga yetishgandek his qiladi. Yaxshi tush koʻrib uygʻongan odam esa oʻzini tetik xis etadi. Bundan tashqari kishi tushidan roxatlansa va hursand boʻlsa miya xujayralari yaxshi ishlaydi, buning natijasida kishi oʻzini baxtli xis qiladi.

3 – Yoʻqolgan xotiralarni tiklashingiz mumkin

Biz tiniqib va chuqur uyquga ketganimizda miya hamda tana tinchlanadi, buning natijasida yanqi xotiralarning pastida qolib ketgan eski xotiralar uygʻonadi. Shuning uchun oʻzingizga juda kerakli malumotlarni eslashni xoxlasangiz miriqib uxlab olishingiz tavsiya etiladi. Uyqudan keyin esa eslashga qiynalgan malumotlar juda tez yodingizga keladi.

4 – Haqiqatdan koʻra tushlar afzal

Malumot oʻrnida shuni aytish kerakki kishi tush koʻrayotgan vaqtda oʻz tushlarini hohlagandek oʻzgartira olishni uddasidan chiqishlari mumkin. Oʻz tushlarini nazorat qila oladiganlar bazida real hayotda yashashni xush koʻrmay qoladilar. Bu alkogolizm va oʻyin xavaskorlari singari illatlar qatoriga kiradi. Bu kasallik bilan asosan psixoterapevtlar shugʻullanadi. Bu juda ham kam uchraydigan kasallik turi hisoblanadi.

5 – Qoʻrqinchli tushlarni toʻxtatsangiz boʻladi

Ayrim hollarda kishi tushidagi qoʻrqinchli syujetli tushlar, inson oʻz xayotida boshidan oʻtqazgan yomon hotiralar hamda koʻrgan salbiy voqelardan kelib chiqadi. Bunday tush koʻrmaslik uchun birinchi navbatda buning sababi nimada ekanligini aniqlab olish zarur. Bordiyu siz bunday tush koʻrishingizga biron arzirli sabab topa olmasangiz, unda uxlashga yaqin toʻyib ovqatlanmaslik hamda oʻtkir syujetli va ujas kinolar tomosha qilishdan saqlanganingiz maqul.

6 – Siz ongli ravishda tush koʻrishingiz mumkin

Inson oʻzi hohlaganidek yani oʻz buyurtmasiga asosan tush koʻrish qobilyatiga ega va buni siz ham oʻrganishingiz mumkin. Buning uchun siz koʻrgan tushlaringizni malum vaqt davomida yozib boring, hamda ular orasida nima rost va nima real hayotingizga toʻgʻri kelmaydi, buni belgilab qoʻying. Bu ish sizga tushlaringizni eslab qolishga hamda ularni oʻz nazoratingizga olishga yordam beradi. Malum vaqtdan keyin siz oʻzingiz hohlagan tushingizni koʻrishingiz mumkin. Albatta yotishdan oldin qanday tush koʻrishingiz kerakligini koʻz oldingizdan oʻtqazsangiz bas.

7 – tushlar taqdiringizni aytib berishi mumkin

Bazi insonlar oʻz tushlarida keljakda uni qanday hodisalar kutayotganidan bohabar boʻlganlar. Misol uchun Prezident Avram oʻz oʻlimini tushida koʻrgan. Yana bir shunga oʻxshash holat Mark tven oʻz aksini kelajagda qanday vafot etishini koʻrgan. Malum boʻlishicha bir vaqting oʻzida titanik fojiasini bir necha kishi oldindan oʻz tushlarida koʻrgan. Olimlar esa bu hodisalar qanday roʻy berishini haligacha tushuntirib bera olmagan. Bordiyu siz tushingizda shunga oʻxshash hodisalarni koʻrsangiz va bu tush sizga haqiqatdagidek tuyilsa unda uni chuqur fikirlash muhim ahamiyatga ega.

Qoʻshimcha malumotlar

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil