9 raqami ostida tug‘ilgan insonlar

9abadiylik va boqiylik ramzi. Bunga sabab qadimgi dunyo olimlari to‘qqiz raqamini shunday ilohiylashtirib izohlaganlar va buning o‘ziga hos inkor etib bo‘lmaydigan sababi ham bor. Keling, biz ham shu haqiqatga guvoh bo‘lib ko‘raylik.

Matematika darsligidagi karra jadvalining sakkizinchi bo‘limiga etibor bergan odam g‘alati qonuniyatni anglashi qiyin emas: 1×9=9, 2×9=18, 3×9=27, 4×9= 36, 5×9=45, 6×9=54, 7×9=63, 8×9=72, 9×9=81, 9×10=90.

Sezgan bo‘lsangiz, birdan oltigacha bo‘lgan sonlarni ko‘paytirishda chiqqan natijalar olti va keyingi sonlar ko‘paytmasida raqamlarning izchil o‘rin almashinuvi bilan qayta takrorlanadi: 9, 18, 27, 36, 45, 54, 63, 72, 81, 90. Buning ustiga har qanday holatda ham to‘qqizga ko‘paytirilgan sonlar ko‘paytmasidagi raqamlar yig‘indisi to‘qqizga tengdir.

Masalan: 3×9=27=2+7=9. Xullas, to‘qqizga istagan sonni ko‘paytirsangiz ham ko‘paytmadagi raqamlarning yig‘indisi to‘qqizga teng bo‘laveradi. Masalan: 12×9=108=1+0+8=9. Chunday ekan, tug‘ilgan sanasi 9 raqami bilan bog‘liq insonlar o‘ziga hos harakter egalari ekanligiga shubha yo‘q.

Ular haqida yakuniy fikr

Ushbu raqamga dahldor insonlar tabiatan juda o‘jar. O‘zlarining his -tuyg‘u va kechinmalarini nihoyatda pinhon tutganliklaridan xarakterlari haqida yakuniy bir fikir aytish juda mushkul. Bazida katta ko‘ngilsizliklarga qo‘l siltab qo‘ysalar – da, kezi kelganda arzimagan tashvishlarni ham yuraklariga og‘ir oladilar.

Ularning kishini taajubga soladigan jihatlari – juda ishonuvchan, boshqalarning aldovlariga ham tezda ishonadilar. Buning oqibatida esa odamlardan tez ko‘ngillari qoladi. Boshqalarni ham o‘zlaridek, deb biladilar.

Chuning uchunmi ko‘pgina hatolarda o‘ylamay gapirib qo‘yadilar. Etiborsizliklari bois yaqinlarini ko‘ngliga bazida ozor berib ham qo‘yadilar. Xuddi kamon o‘qidek to‘g‘ri, o‘ylaganini gapirishadi.

Imkoniyatlariga ishonchsiz qaraydilar

Tug‘ilgan sanasi 9 raqami bilan bog‘liq insonlar o‘zlarining kuch va imkoniyatlariga shubha bilan qaraydilar, biror ishni boshlashlaridan avval ikkilanadilar. Ammo yashirin qobilyatlarini namoyon etishni boshlashlari bilan o‘zlariga nisbatan ishonchlari ham ortadi.

Bunday insonlarga hos bo‘lgan eng muhim hususiyat – ular o‘z fikrlarini hammanikidan yuqori qo‘yadilar va hech qachon bu bilan boshqlar noqulay ahvolga tushib qolishlari mumkinligini o‘ylab ko‘rmaydilar. Hech qachon yolg‘on gapirmaydilar. O‘z istaklarini amalga oshirish uchun hech narsadan qaytmaydilar.

O‘zlariga mehribonchilik ko‘rsatadigan odamlarga sadoqatlidirlar. Sevgi bobida ular kabi romantik insonlarni boshqa yerda uchratish mahol. 9 raqami sohiblari uchun muhabbat, bu – sanat. Bundaylar sevishdan ko‘ra sevilishni muhim hisoblaydilar va sevgini aniq harakatlar bilan isbot etishni talab qiladilar.

Ko‘ngilsizliklarda muhabbatiga suyanadilar

Ular hayotlarida uchragan yoki uchrashi mumkin bo‘lgan har qanday ko‘ngilszliklardan keyin muhabbatlaridan panoh izlaydilar. Bu ularning muhabbatlari haqidagi aniq hulosani bera oladi.

Tabiatan maqtanchoqroq bo‘lib, to‘plagan narsalarini ko‘z-ko‘z qilishni yoqtiradilar. Chovqin-suronga toqatlari bo‘lmaganidanmi, ochiq tabiat bag‘rida o‘zlarini erkin his qila oladilar. Tashqi tomondan o‘ta jiddiy ko‘ringanliklari bois ilk tanishuvda hamrohini biroz kalovlantirib qo‘yishi mumkin. Ammo, aslida bunday emas.

Ular o‘zlariga va o‘zgalarga maqtov yog‘dirishni zo‘r mahorat bilan uddalay oladilar. Oila bobida ham ular boshqacharoq fikrda, yani ayollar ham, erkaklar ham boshqaruvchilik qobilyatiga ega va o‘z kuch imkoniyatiga ishonadigan juftni o‘zlariga munosib deb biladilar.

Yaqinlaringiz va do’stlaringiz shu raqamlardan biri ostida tug’ilgan!

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil