Homilador tushda tush tabiri

Homilador tushda tush tabiri homiladorlik – Kishi tushidagi homila juda katta ahamiyatga ega. Bu tushni turlicha tabir qilishgan. Inson tushidagi homiladorlik, honadondagi yangi ish rejalari bilan bogʻliq tashvishdan dalolat beradi.

Tushda homilador ayol

Bordiyu siz tushda chiroyli ayol homilador ekanligini koʻrsangiz, oʻngingizda mehnatingiz evaziga yarasha foyda topasiz. Bordiyu buning aksi boʻlsa, yani hunik va toʻzgʻigan ayol homilador boʻlsa, tashvishlarga koʻmilasiz. Agar boʻyiga yetgan lekin turmushga chiqmagan qiz oʻzining homilador ekanligini koʻrsa, janjal tufayli oralariga sovuqchilik tushib qolgan yori bilan kelishgan holda, bahtli turmush kechirishiga dalolat beradi.

Ayol jinsiga mansub yoshi katta va qari kishilar oʻzlarini homilador koʻrsalar, hastalikka chalinishi mumkinligidan ogoh etadi. Bordiyu ayol kishi homilador boʻlsa va oʻgʻil farzand dunyoga keltirsa, oʻngida barcha boshlagan ishlari yaxshi tarafga oʻzgaradi. Qarzga botgan kimsa homilador ayolni koʻrsa, oʻngida vaziyati biroz boʻlsada yengillashishiga dalil. Agar turmush qurmagan qizlar oʻzlarini homilador ekanligini koʻrsa, oʻngida koʻp kishini ichida uyatga qolishi mumkin.

Tushda homilador ayol: Vanga tabiri

Vanga tabirida agar ayol jinsiga mansub kishi tushda oʻzini homilador ekanligini koʻrsa, boylik ortirishiga ishora beradi. Agar erkak kishi tushda homilador boʻlsa, qiyinchilikdan dalolat. Homiladorlik ayol kishi uchun hosiyatli tush hisoblanadi. Agar turmushga chiqmagan qiz oʻzini homilador ekanligi koʻrsa, oilasininig boshiga tushadigan ogʻir kunlardan ogoh etadi.

Tush tabiri homilador

Beva ayol yoki boʻyi yetgan qizlar uchun homiladorlik, oila qurishiga dalolat. Bazi bir boshqa tabirlarda – Turmushga chiqmagan qiz oʻzini homilador ekanligi koʻrsa, oʻngda nomussizlikga yoʻyiladi. Agar homilador ayol tushida oʻzini homilasi borligini koʻrsa, dardidan oson qutilib koʻzi yoriydi. Bazi bola kutmayotgan ayol homiladorligini koʻrsa, oilasiga jiddiy etibor berish kerakligiga dalolat. Oilasi mustahkam boʻlmasligi mumkin. Kimda kim ozgʻin homilador ayol bilan uchrashsa, omad unga yor boʻlishiga dalolat beradi.

Tush tabiri homiladorlik: Miller tabiri

Homilador bolganini kors

Miller tabirida homiladorlik aksincha talqin qilinadi. Kishi tushda homilador boʻlsa, qanaqdur muammolar tufayli tashvishga dalolat. Homilador ayolni koʻrish esa, yomon habarga tabir qilinadi. Bundan tashqari yosh qizlar uchun tushdagi homiladorlik, oʻngda ona boʻlishga istaklari oʻta yuqori ekanligini anglatadi.

Bordiyu erkak ishi oʻzining homilador ekanligini koʻrsa, ayni paytda jinsiy hayotda koʻplab muammolarga duch kelayotganidan yoki boʻlmasam, nasl qoldirishiga shubha koʻzi bilan qarashiga tabir qilinadi. Bundan tashqari chaqaloq har qanday vaziyatda ham kelajak ramzi hisoblanadi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil