Telefon tushda tush tabiri

Telefon tushda korsa tush tabiri – Tushdagi telefon bir qancha qarama qarshiliklardan iborat, yani telefonda gaplashsangiz tushdagi holatga qarab yaxshilikka yoki aksincha yomonlikka tabir qilinishi mumkin.

Tushda telefon

Bordiyu siz tushda telefonda gaplashayotgan boʻlsangiz, biron bir ishda kelishuvga erishishga, muammolaringizni yechimiga, yoki nimanidur qoʻldan boy berishingizdan ogoh etadi. Agar singan telefon tushda koʻrsangiz, oʻngda siz nimadandur qattiq siqlimoqdasiz yoki mehnatingizga yarasha mukofot olmaganingizdan tashvishdasiz.

Agar tushingizda tinimsiz jiringlayotgan telefonni koʻrsangiz, yaqin orada sizni muhim bir habar kutishiga dalolat beradi. Agar tushda telefon topib olsangiz, oʻngda, kutilmagan joydan ishlaringiz yurishishga va omadga tabir qilinadi. Bordiyu telefoningizni oʻgʻirlatib qoʻysangiz, oʻngda yaqinlaringiz yoki doʻstlaringizni hafa qilib qoʻyishingiz mumkinligidan darak beradi. Tushda telefonni yoʻqotib qoʻysangiz, atrofingizdagilar yomon tarafga oʻzgarib qolishlari mumkin.

Telefon tushda: XXI asr tabiri

Zamonaviy tabirda telefon ikki inson oʻrtasidagi aloqa vositasi hisoblanadi. Balkim siz atrofdagilar bilan munosabatlaringiz yomonligidan havotirdasiz. Bundan tashqari tushingizda mobil aloqa aparatini koʻrsangiz, oʻngingizda hayotingizdan mamnun emasligingiz haqida ogoh etadi. Bundan tashqari tashqi koʻrinishingiz yaxshi ahvolda boʻlsada ichki tarafdan yomon ahvolda ekanligingiz haqida darak beradi.

Tush tabiri telefon

Agar tushingizda oʻzingiz yoki biron bir notanish kimsa telefonda gaplashayotib aloqa uzilib qolaversa, oʻngda yaqin insoningiz bilan aloqlalaringizga nuqta qoʻyishingiz mumkin. Agar tushda telefoningizni oʻgʻirlasalar, sevgan insoningiz ishlaridan koʻnglingiz sovushi mumkin. Agar tushda telefon jiringlab siz unga javob bersangiz, ishda yoki turmushdagi sheriklaringiz siz oʻylagandek inson boʻlib chiqmasligi mumkin.

Oʻz zamonasining taniqli tabirchisi Miller tushdagi telefonni quyidagicha tabir qilgan. Agar tush sohibi tushida telefon orqali gaplashsa, demak vaqti – vaqti bilan ularni kimlardir bezovta qilishlari mumkin. Bordiyu ayol kishiga telefon qilib qolsalar, demak uning atrofida hasadgoʻy insonlar bor ekanligidan dalolat beradi.

Tush tabiri telefon: Vanga tabiri

Vanga tabirida telefon, birlik, ishga kirish, yoʻqotish deya tabir qilingan. Telefonda gaplashish yangi uchrashuvlardan ogoh etadi. Agar ayol jinsiga mansub kimsaga telefonda gaplashayotgani kirsa, oʻngida bahil va ichi qora kimsalarga hizmat qilayotgan ekanligidan darak. Bordiyu telefondagi ovoz yaxshi eshitilmasa, sevgan insoni bilan bahslashib qolishi mumkin.

telefon topib olish

Bundan tashqari telefon koʻnglida gʻarazli niyyatlari boʻlgan kishi bilan uchrashish mumkinligi haqida ogoh etadi. Agar siz kutilmaganda telefon jiringlashini eshitib qolsangiz, oʻngingizda sizni hayratga soladigan habar eshitishingizga dalolat beradi. Bordiyu kimlargadir telefon qilsangiz va u bilan bogʻlanishni uddasidan chiqsangiz, anchadan buyon koʻrmagan tanishingiz yoki doʻstingizni uchratib qolishingiz ehtimoli bor.

Tush sohibi tushida kimgadur qoʻngʻiroq qilsayu lekin bogʻlana olmsa, oʻngida oʻzining omadsizligini tariflashda oshirib yuborayotga ekan. Bordiyu siz ancha vaqtdan beri kutayotgan smsni telefoningizga kelib tushganini koʻrsangiz, boshlagan ishlaringizda muvaffaqiyatga erishish uchun koʻp kuch sarflashingiz talab etiladi. Tushda sms yuborish, qiyin vaziyatlardan oson qutilishga dalolat beradi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil