Uzuk tushda tush tabiri

Uzuk tushda korsa tush tabiri – Tushdagi uzuk uchu narsaga dalolat beradi. Farzand, boylik, hotin. Bordiyu sizga uzuk hadya etishsa va uni taqib olsangiz, oʻzingizda yoʻq narsani qoʻlga kiritishingizga dalolat. Bu boylik yoki yer boʻlishi mumkin.

Agar siz Nomozda yoki Masjidda turgan boʻlsangiz va uzukga ega boʻlsangiz, boylik va etibor topasiz. Bordiyu sizdan uzukni tortib olib qoʻysalar, boyligingizni yoʻqotishingiz mumkin.

Uzuk tushda korsa

Agar tushingizda uzuk koʻzini koʻrsangiz, u farzand hisoblanadi. Bordiyu uzukni farzandingiz qoʻlida koʻrsangiz, demak u aqilli va farosatli boʻlishiga dalil. Bordiyu siz koʻrgan uzukning koʻzi javhardan boʻlsa, bu martaba obroʻ etibor demakdir. Agar koʻk yoqutdan ishlangan uzuk boʻlsa, olim, moʻmin va zehinli farzand koʻrishingizga tabir qilinadi.

Yogʻochdan yasalgan uzuk munofiq ayolga dalolat beradi. Bundan tashqari ayol kishi tushda biron kimsadan uzuk olsa, farzandli boʻladi yoki turmushga chiqadi.

Tushda uzuk korsa: Vanga tabiri

Vanga tabirida tushdagi uzuk, farzand, obroʻ etibor, martaba va nikoh deya tabir qilinadi. Uzuk qancha chiroyli va nafis boʻlsa, yuqorida keltirilgan sifatlar ham shuncha kuchayadi. Bundan tashqari tushdagi uzuk tronspor yoki uy harid qilishingiz mumkinligini bildiradi. Agar siz temirdan yasalgan uzuk taqsangiz, qiyinchilik ortidan rohatga yetishishingiz mumkinligi haqida ogoh etadi. Tushda koʻrilgan uzuk qoshi farzandga ishora.

Tush tabiri uzuk

Hazrati Doniyol alayhissalom uzukni quyidagicha tabir qilgan. Kimda kim tushda uzuk koʻrsa, tush sohibiga manfat kelgay. Birov unga uzuk tuhfa etsa, podshoh martabasini qoʻlga kiritishiga dalolat. Agar tush sohibi savdo ishida boʻlsa, savdosidan daromad qoʻlga kiritgay. Tushda uzugini yoʻqotgan yoki uni oʻgʻirlatib qoʻygan kishiga tashvish kelgay. Ibn Jafar Sodiq Rahmatulloh alayh bu hususida shunday deganlar. Tushdagi uzuk tush sohibiga toʻrt narsani bildirgay.

  1. Saltanat
  2. Xotin
  3. Farzand
  4. Mol – dunyo

Uzuk tush tabiri: Miller tabiri

Miller tushda koʻrilgan uzukni quyidagicha talqin qiladi. Agar uylanmagan boʻlsangizu va tushingizda uzuk koʻrsangiz, yaqin orada oila qurishingiz mumkinligi haqida ogoh etadi. Ogʻir vaziyatda boʻlsangizu va sovgʻa sifatida uzuk olsangiz, oʻngingizda vaziyat yaxshi tarafga oʻzgarishiga dalolat beradi.

Agar tush sohibi tushda birovga uzuk sovgʻa qilsa, oʻngda bu tush yomon hissiyotlarni boshdan kechirib, janjalli va stresli holatlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari erkak kishi tushda uzuk koʻrsa, jinsiy qoniqishga toʻliq erishmayotganidan darak. Ayol kishi uchun esa turmushga chiqish istagi paydo boʻlayotganidan darak beradi.

Uzuk taqsa

Tushdagi nikoh uzugi, erkak va ayol jinsiga mansub ikkala tomon ham sevib sevilib turmush qurish ehtimolini anglatadi. Bundan tashqari kishi tushidagi uzuk koʻrinishiga qarab turli narsalarni ifoda etadi. Masalan, tushda kumush uzuk koʻrgan kishiga gʻam andux yetadi. Oltin uzuk esa, ishlardagi rivoj va baraka hisoblanadi.

Tushda uzuk topib olgan kishi sevib qolishga dalolat. Uzuk yoʻqotish esa, doʻstlik yoki sevgi barham topishidan ogoh etadi. Odatdagi shaklda uzuk koʻrgan kishi qizli boʻladi. Agar tush sohibi homiladar ayol boʻlsa, qiz farzand dunyoga keltirishidan darak.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil