Non tushda tush tabiri

Non tushda korsa tush tabiri – Kishi tushidagi non rizq, nasiba, umr, foyda va boylikka tabir qilinadi. Biron bir kishi tushda yarimta non boʻlagini olsa va yesa, demak uning umri oʻtganidan darak beradi.

Non tushda korsa

Bordiyu tushingizda bir nechta nonni olib yesangiz, boshlagan ishingizdan daromad ortirasiz. Agar bu nonni yemasangiz, oʻngda dushmanlaringiz koʻpayadi. Agar tushingizda bugʻdoy unidan tayyorlangan non koʻrsangiz, farovonlikka ishora. Arpa unidan qilingan nonni tushda yemoq, dindorlik deya tabir qilinadi.

Qora nonni tushda yegan kishi faqirlikka uchraydi. Guruch unidan qilingan non esa qiyinchilikdan ogoh etadi. Agar siz tushingizda qotgan non yesangiz, yashash sharoitingizda biroz qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Non magʻzi ilmli kishiga dalolat beradi. Bordiyu non chetini yesangiz, maqtanchoqlik deya tabir qilinadi.

Non tushda korsa: Vanga tabiri

Vanga tush tabirida – Agar non doʻkoniga tashrif buyursangiz, oʻngingizda bu tush, uy jihozlarini yangilashga tabir qilinadi. Bordiyu bunday tushni yakshanbadan dushanbaga oʻtar kechasi koʻrsangiz, boshqa uyga koʻchib oʻtishingiz mumkin.

Bordiyu non doʻkonida non topa olmasangiz, oʻngda muammolaringizni hal qilishga biroz qiynalasiz. Agar tushingizda non sotib olayotgan boʻlsangiz, oʻngda sizga yordam qoʻlini choʻzadigan doʻstlar bisyor ekan.

Tush tabiri non

Agar tushingizda chiroyli non koʻrsangiz, muhabbat va qonuniy mulkka ega boʻlishingizdan ogoh etadi. Agar buning teskarisi yani tushdagi non hunik koʻrinishda boʻlsa, mulkingizni isrof qilasiz. Tushdagi koʻp non, tush sohibining yaqinlari va tanishlari koʻp boʻlishidan dalolat.

Tush tabiri non: Miller tabiri

Miller tabirida tushdagi oq non, halol yoʻl bilan erishiladigan boylikka ishora. Qora non esa, kun kechirishda qiyinchiliklar demakdir. Achchiq non, yoʻqchilik tufayli biroz qiyinchiliklarga duch kelishga dalolat. Tushdagi non savati, yaqin orada xushxabar eshitishingiz mumkinligi haqida ogoh etadi.

Hazrati Doniyol alayhissalom tushdagi nonni quyidagicha tabir qiladi. Kimda kim tushda yetilib pishgan non yesa, ayshu ishratda ziyoda boʻladi. Tushdagi qora non esa, noxushlik demakdir. Bordiyu tushda nonni uyiga olib kelganini koʻrsa, olib kelgan noni miqdoricha boylikka erishadi.

Patir non yesa

Olovga taluqli har qanday tush husumat demakdir. Agar siz tushingizda oq undan non tayyorlab yopayotgan boʻlsangiz, hayotda yaxshi yashaysiz. Bordiyu nonvoydan non harid qilsangiz, hayotingizga baraka kiradi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil