Uzum tushda tush tabiri

Uzum tushda korsa tush tabiri – Inson tushda uzum koʻrsa, halol mol mulk va rizq deya tabir qilinadi. Bundan tashqari uzum honadondan arimaydigan doimiy ravishda boʻladigan moʻl koʻlchilikdir.

Tushda uzum korsa

Agar siz uzum pishadigan mavsumda uzum koʻrsangiz, arzonchilik boʻlishiga dalolat beradi. Mavsumdan tashqari tushdagi uzum tezda sodir boʻladigan quvonchli voqea va xushxabarga tabir qilinadi. Bundan tashqari svetkova tabirida uzum notinchlik deya tabir qilinadi, bu albatta tushdagi holatga boʻgʻliq boʻladi. Tushdagi qora uzum tashvishdir. Oq uzum esa yaxshilik va kasalmand kishiga shifo deb tabir qilinadi.

Inson tushda uzumzor yani uzum bogʻ koʻrsa, yomon xabar hamda xafagarchilikka yoʻyiladi. Ayol kishi uchun bunday tush, boylikka erishishiga dalolat. Bordiyu siz uzum pishadigan faslda uzum bogʻini koʻrsangiz, daromad va xushxabar deya tabir qilinadi. Qishda koʻrilgan uzum yoki uzum bogʻi, gʻam qaygʻudan darak. Agar siz uzumni tok tanasida turganini koʻrsagiz, shon shuxrat va obroʻ etiborga erishasiz.

Uzum tushda korsa: Vanga tabiri

Bashoratchi vanga tabirida uzum yaxshilikka tabir qilinadi. Tushdagi uzum nasiba va boylikdir. Bordiyu biron kim tushda bir shingil uzum yesa, oʻngida ayoli tarafdan keladigan davlatga ega boʻladi. Tushdagi qora uzum esa, qoʻlda koʻp turmaydigan mol dunyodir. Oq uzumni kasal kishi koʻrsa, dardiga shifo topishiga dalolat beradi. Kishi tushidagi urugʻsiz uzum, ziyon zaxmat yetishiga tabir qilinadi.

Tush tabiri uzum

Hazrati Doniyol Alayhissalom uzum hususida shunday deganlar. Tushdagi qora uzum gʻam qaygʻuga ishoradir. Oq uzum yegan kishiga koʻp nemat kelgay. Poʻsti qalin uzum yesa xarom molga ega boʻlgay. Agar shirin uzum yesa uch narsaga dalolat bergay.

  1. Mol
  2. Nemat
  3. Omonlik

Imom Jafar Sodiq Rahmatulloh shunday deganlar. Kishi tushida uzum koʻrsa uch narsaga shay turmogʻi lozim. Farzandga, Ilmi hikmatga. Halol molga. Bundan tashqari Ibn Siyriyn tushdagi uzumga shunday tabir berganlar. Tushda uzum koʻrgan inson behisob molga ega boʻladi. Uzum mavsumida uzum koʻrish esa, oʻyin kulguga va arzonchilikka yoʻyilgay.

Tush tabiri uzum: Miller tabiri

Uzum terish

Miller tush kitobida tushda koʻrilgan uzum jinsiy qoniquvga, ezilgan uzum esa, ichki zoʻriqish va tushkunlikka tabir qilinadi. Bundan tashqari tushda uzum yesangiz, oshqozon ichak va jigar kasaligidan ogoh etadi. Bunday paytda kishi oʻz salomatligiga jiddiy etibor qaratmogʻi lozim.

Agar siz tushda uzumzor koʻrsangiz va uni ekayotgan boʻlsangiz bu azizlikka erishishingizga dalolat beradi. Tushdagi tok boy hotinga ham ishora beradi. Bordiyu siz tushda tokdan bir novda olsangiz, yaxshi hulqli va boy hotinga ega boʻlasiz. Chunki tok novdasi saxiy ayolga yoʻyiladi.

Advertisements
О сайте и о сновидениях (на русском)

«Tushlar-tabiri.uz» — онлайн-сонник, посвящённый толкованию снов и значению сновидений. Здесь собраны толкования по алфавиту и по отдельным образам, основанные на классических сонниках, народных поверьях и культурных традициях Центральной Азии.

Современная наука связывает сновидения с работой мозга во время сна, особенно в фазе быстрого сна. Психологи (Фрейд, Юнг) рассматривали сны как отражение внутреннего состояния человека — его переживаний, надежд и нерешённых вопросов, а не как предсказание будущего.

Все толкования на сайте носят ознакомительный и культурно-познавательный характер. Толкование сна — это не предсказание и не руководство к действию. Подробнее: О сновидениях и О сайте.