Mushuk tushda tush tabiri

Mushuk tushda korsa tush tabiri – Inson tushida koʻrgan mushuk, oʻngida ayyorlikda tengo yoʻq hotinga, shu oilaning ichidan chiqadigan oʻgʻriga va hafagarchilikka yoʻyiladi.

Agar siz tushda mushuk oʻynayotganini va uning timdalaganini koʻrsangiz, juda kuchli muhabbatga yoʻliqishingizdan ogoh etadi. Yoki aksincha hastalikka chalinishingiz mumkin. Bordiyu siz tushingizda qora mushukni koʻrsangiz, sizda ichki qoʻrquv va havotir bor. Bundan tashqari tushdagi mushukni hizmatkor deya tabir qilganlar ham yoʻq emas.

Mushuk tushda korsa

Agar siz tushda mushuk sotsangiz, mol davlatingizdan ezgu ishlarga sarf harajat qilasiz. Bordiyu mushuk uyingizga kirsa, oʻngda oʻgʻrlik sodir boʻlishi ehtimoli bor. Oʻz zamonasining taniqli ulamosi Ibn Siyriyn bu tush haqida shunday degan. Kimda kim tushida mushuk koʻrsa va bu mushuk unga tanish boʻlsa, uyiga tanish oʻgʻri tushgay. Bordiyu mushuk unga nomalum boʻlsa, notanish oʻgʻri tushgay.

Agar oʻsha mushuk tush sohibining uyidan biron narsa yesa, oʻgʻridan zarar koʻrgay. Agar mushuk hech narsaga tegmasa yoki biron narsadan yemasa, oʻgʻri, molidan ololmagay. Bordiyu tushdagi mushukni oʻldirsa, oʻngida oʻgʻridan najot topgay.

Mushuk tushda korsa: Vanga tabiri

Tush tabiri mushuk

Vanga tabirida mushuk uy azolari ichida oʻgʻri borligi haqida ogohlantiradi. Mushuk urgʻochisi esa, yolgʻonchi va yomon hulqli ayolga tabir qilinadi. Agar siz tushda mushuk bolasini koʻrsangiz, oʻngda biron bir qizning taqdiringizga yaxshi yoki yomon tasir koʻrsatishi mumkinligi haqida ogoh etadi.

Bordiyu siz tushda mushuk bilan urishsangiz, oʻngda betob boʻlishingiz ehtimoldan holi emas. Agar kimda kim tushda mushuk tishlganini koʻrsa, oʻsha kishi bir yil betob boʻladi. Bordiyu mushuk vaxshiy boʻlsa, bu yil u uchun ogʻir keladi. Agar qiz bola tushda mushukni koʻrsa, oʻngida sevgi borasida oʻzi kutgan tanishuvga erishadi.

Tush tabiri mushuk: Miller tabiri

Mushuk bolasini korsa

Miller tabirida mushuk hiyonat va koʻz yosh deya talqin qilinadi. Agar siz qora mushukni tushingizda koʻrsangiz, demak sizning dusmaningiz borligidan ogoh etadi. Tushdagi oq mushuk esa, Ayyor doʻstingiz borligidan yoki kichik oʻgʻrlik sodir boʻlishi mumkinligi haqida gapiradi. Bordiyu sizni mushuk tirnasa, oʻngda betob boʻlishingiz mumkin. Mushuk boqish sotqinlik deya tabir qilinadi.

Ayol jinsiga mansub kishilar tushlarida chiroyli va oppoq mushukni koʻrsalar, oʻngida aldov qurboni boʻlishlari mumkin. Bordiyu inson tushidagi mushuk yomon ahvolda boʻlsa, demak u haqiqatni koʻra bilmasligidan darak. Agar siz mushukni oʻldirish uchun urinayotgan ilonni koʻrsangiz, oʻngda dushmanlaringiz yomonlik qilaman deb oʻzlari jabir koʻrishiga tabir qiladi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil