Baliq tushda tush tabiri

Baliq tushda tush tabiri yani kishi tushda baliq korsa bu nimadan darak beradi? Bu tushni ulamolar turlicha tabir qilishgan. Tushdagi baliq inson hayotida juda katta ahamiyatga ega.

Agar biron kimsa tushida baliqlar galasini koʻrsa, tush sohibi puldor va serdavlat boʻlishidan darak. Bordiyu daryoda baliqlar galasi uyulib yotgan boʻlsa va ularni osonlik bilan tortib olayotgan boʻlsangiz yoki tanovvul qilsangiz, qoʻlga kiritgan baliqlar miqdoricha koʻp pul topasiz.

Tushda baliq korsa

Agar inson tushida pishirilgan baliq yoki baliq sotayotgan sotuvchini koʻrsa, qiyinchilik va mashaqqatlardan soʻng erishiladigan osoyishtalikdir. Tirik baliqlarni sotayotgan sotuvchi esa, haloldan keladigan davlat va ilmdir. Bundan tashqari hiylakorning hiylalari oshkor boʻlishi demakdir.

Tushda baliq korsa: Vanga tabiri

Taniqli bashoratchi Vanga baliqlarni quyidagicha talqin qilgan. Tushdagi katta baliqlar, kutilmagan joydan qoʻlga kiritiladigan daromad. Kichik baliq esa qiyinchilik, hafagarchilik nishonasidir. Daryodan baliq tutayotgan kishi, mehnati orqali pul topadi. Oʻzi tutmagan baliqlar oʻziniki ekanligini koʻrsa, meros qoladi.

Tush tabiri baliq

Tutgan baliqlarini sotishga urungan yoki sotayotgan kishi, xotini tufayli yaqinlari bilan janjallashib qolishi ehtimoldan holi emas. Quruq va issiq sharoitda yashaydigan kishilar uchun tushdagi baliq, koʻngilsizlikga yoʻyiladi. Daryo yaqinida yoki boʻlmasam sovuq iqlimda yashaydigan kishilar uchun esa, pul va rizq.

Bundan tashqari tushdagi baliq, bemor kishilar va dengiz safaridagilar uchun ahvolning yomon tarafga oʻzgarishiga dalolat. Kishi tushida hidlangan baliqlarni istemol qilsa, zinoga qoʻl uradi. Tushdagi delfinlar qoʻrquv va havotirdan ogoh etadi.

Tush tabiri baliq: Ibn Siyriyn tabiri

Oʻz amonasining taniqli tabirchisi Ibn Siyriyn shunday deydi. Biron kim tushida katta baliq uni suvga tortib ketsa, demak u choʻkib vafot etagay. Bordiyu baliq poʻstini tushida koʻrsa, dushmani unga zarar yetkazgay. Qolaversa tushda koʻrilgan baliq, oʻljaga ishora. Mayda chuyda baliqlar dilhiralik ramzi.

Baliq pishirish

Boshqa tabirlarda tushdagi baliq kasallikga, gʻam anduxga ishora. Bitta yoki ikkita baliq – hotinga ishora. Bordiyu tushingizda koʻp baliqlarni koʻrsangiz va ular katta boʻlsa, merosdan dalolat.

  • Baliq go’shti – goʻshtdan voz kechish kerakligi va baliq yeyish zarurati
  • Homilador ayol tushda baliq ko’rsa – dardi oson kechishi
  • Baliq pishirish – omad va baht
  • Katta baliq korish – pul va boylik
  • Pishgan baliq ko’rsa – meros
  • Katta baliq tutsa – pul va meros
  • Baliq tishlasa – gʻam qaygʻu
  • Baliq ovi – ishdagi omad

Suvda suzib ketayotgan baliq – tinchlik istagi; qirgʻoq tomon suzib ketayotgan baliqlar – omad va koʻtarinki kayfiyat; dengiz qariga qarab suzgan baliqlar – omadsizlik.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil