9 raqami ostida tugʻilgan insonlar

9 abadiylik va boqiylik ramzi. Bunga sabab qadimgi dunyo olimlari toʻqqiz raqamini shunday ilohiylashtirib izohlaganlar va buning oʻziga hos inkor etib boʻlmaydigan sababi ham bor. Keling, biz ham shu haqiqatga guvoh boʻlib koʻraylik.

Matematika darsligidagi karra jadvalining sakkizinchi boʻlimiga etibor bergan odam gʻalati qonuniyatni anglashi qiyin emas: 1×9=9, 2×9=18, 3×9=27, 4×9= 36, 5×9=45, 6×9=54, 7×9=63, 8×9=72, 9×9=81, 9×10=90.

Sezgan boʻlsangiz, birdan oltigacha boʻlgan sonlarni koʻpaytirishda chiqqan natijalar olti va keyingi sonlar koʻpaytmasida raqamlarning izchil oʻrin almashinuvi bilan qayta takrorlanadi: 9, 18, 27, 36, 45, 54, 63, 72, 81, 90. Buning ustiga har qanday holatda ham toʻqqizga koʻpaytirilgan sonlar koʻpaytmasidagi raqamlar yigʻindisi toʻqqizga tengdir.

Masalan: 3×9=27=2+7=9. Xullas, toʻqqizga istagan sonni koʻpaytirsangiz ham koʻpaytmadagi raqamlarning yigʻindisi toʻqqizga teng boʻlaveradi. Masalan: 12×9=108=1+0+8=9. Shunday ekan, tugʻilgan sanasi 9 raqami bilan bogʻliq insonlar oʻziga hos harakter egalari ekanligiga shubha yoʻq.

Ular haqida yakuniy fikr

Ushbu raqamga dahldor insonlar tabiatan juda oʻjar. Oʻzlarining his -tuygʻu va kechinmalarini nihoyatda pinhon tutganliklaridan xarakterlari haqida yakuniy bir fikir aytish juda mushkul. Bazida katta koʻngilsizliklarga qoʻl siltab qoʻysalar – da, kezi kelganda arzimagan tashvishlarni ham yuraklariga ogʻir oladilar.

Ularning kishini taajubga soladigan jihatlari – juda ishonuvchan, boshqalarning aldovlariga ham tezda ishonadilar. Buning oqibatida esa odamlardan tez koʻngillari qoladi. Boshqalarni ham oʻzlaridek, deb biladilar.

Shuning uchunmi koʻpgina hatolarda oʻylamay gapirib qoʻyadilar. Etiborsizliklari bois yaqinlarini koʻngliga bazida ozor berib ham qoʻyadilar. Xuddi kamon oʻqidek toʻgʻri, oʻylaganini gapirishadi.

Imkoniyatlariga ishonchsiz qaraydilar

Tugʻilgan sanasi 9 raqami bilan bogʻliq insonlar oʻzlarining kuch va imkoniyatlariga shubha bilan qaraydilar, biror ishni boshlashlaridan avval ikkilanadilar. Ammo yashirin qobilyatlarini namoyon etishni boshlashlari bilan oʻzlariga nisbatan ishonchlari ham ortadi.

Bunday insonlarga hos boʻlgan eng muhim hususiyat – ular o’z fikrlarini hammanikidan yuqori qo’yadilar va hech qachon bu bilan boshqlar noqulay ahvolga tushib qolishlari mumkinligini o’ylab ko’rmaydilar. Hech qachon yolg’on gapirmaydilar. O’z istaklarini amalga oshirish uchun hech narsadan qaytmaydilar.

O’zlariga mehribonchilik ko’rsatadigan odamlarga sadoqatlidirlar. Sevgi bobida ular kabi romantik insonlarni boshqa yerda uchratish mahol. 9 raqami sohiblari uchun muhabbat, bu – sanat. Bundaylar sevishdan ko’ra sevilishni muhim hisoblaydilar va sevgini aniq harakatlar bilan isbot etishni talab qiladilar.

Ko’ngilsizliklarda muhabbaitga suyanadilar

Ular hayotlarida uchragan yoki uchrashi mumkin bo’lgan har qanday ko’ngilszliklardan keyin muhabbatlaridan panoh izlaydilar. Bu ularning muhabbatlari haqidagi aniq hulosani bera oladi.

Tabiatan maqtanchoqroq bo’lib, to’plagan narsalarini ko’z-ko’z qilishni yoqtiradilar. Shovqin-suronga toqatlari bo’lmaganidanmi, ochiq tabiat bag’rida o’zlarini erkin his qila oladilar. Tashqi tomondan o’ta jiddiy ko’ringanliklari bois ilk tanishuvda hamrohini biroz kalovlantirib qo’yishi mumkin. Ammo, aslida bunday emas.

Ular o’zlariga va o’zgalarga maqtov yog’dirishni zo’r mahorat bilan uddalay oladilar. Oila bobida ham ular boshqacharoq fikrda, yani ayollar ham, erkaklar ham boshqaruvchilik qobilyatiga ega va o’z kuch imkoniyatiga ishonadigan juftni o’zlariga munosib deb biladilar.

Yaqinlaringiz va do’stlaringiz shu raqamlardan biri ostida tug’ilgan!

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil