4 raqami ostida tugʻilgan insonlar

4 gʻalaba, muvaffaqiyat asosi. U aql – zakovat, donolik, barqarorlik, vazminlik ramzi hamdir. Ushbu sanada tugʻilgan odamlar oʻta tushkun kayfiyatdagi (pessimist) odamlar boʻlishlariga qaramay, boshqalardan ham manan, ham eng sabrli, jismonan baquvvat ekanliklari bilan ajralib turadilar.

Ijodga moyil, ajoyib hayolparast boʻlib, muammoli vaziyatlarda romantik dunyolaridan panoh topadilar. Oʻz ishiga va hayotiga dahldor odamlarga nisbatan oʻta talabchan. Oʻzlariga bildirlilgan ishonchni toʻla oqlaydilar. Agar ragʻbatlantirib turilsa, bor kuch va imkoniyatlarini yanada ishlariga baxshida eta oladilar.

Shuningdek, bunday sanada tugʻilganlar hisiyotga oʻta beriluvchan ekanliklaridan boshqalarning kayfiyati ularning ham kayfiyatiga tasirini oʻtkazmasdan qolmaydi. Shu boisdan boʻlsa kerak, dam olish kunlarini hushchaqchaq insonlar davrasida oʻtkazishni maqul koʻrishadi.

Tashvishlardan qattiq aziyat chekadi

Tugʻilgan sanasi 4 raqami bilan bogʻliq insonlarning pessimistligini asoslovchi yana bir jihati shuki, ular arzimagan tashvishdan ham iztirobga tushadilar. Tez qaror qabul qiladilar, ammo ularning bu qarorlari hursand kayfiyatda ekanliklarida oʻz kuchini yoʻqotadi. Mazkur sanada tugʻilganlarning koʻpchiligi oʻziga bino qoʻygan boʻlib, bu fazilat ularning oʻzlariga juda katta baho berishlari va oʻzlariga ishonchlari samarasidir.

Yana bir jihati shuki, ushbu sanada tugʻilganlar juda izzattalab va etibortalab. Ularni salgina etibor haddan ziyod quvontirishi yoki aksincha, jindek etibrsizlik ham qattiq ranjitishi mumkin. Buni qisqagina qilib «Chinkam mehirning gadosi» deya izohlash mumkin.

Ularga hudo tomonidan juda katta istedod berilgan, ammo 4 sanasida tugʻilganlarning koʻpchiligi tabiatan juda erinchoq boʻlganligidan aksariyat holatlarda istedodlarini yuzaga chiqarolmaydilar. Oʻzlariga mehr va etibor koʻrsatgan insonlarni qadrlaydilar. Boshqalarga nisbatan munosabatlarida samimiyatni yaqqol sezsa boʻladi va oʻzidan yordam soʻraganlarga begʻaraz yordam koʻrsata oladilar.

Juda ehtiyotkor hamda tavakkalchi emaslar

Oʻta ehtiyotkor boʻlganliklaridanmi yoki iztirob va azob chekishdan qoʻrqqanligidanmi, biror ishga qoʻl urishdan avval ming bor oʻylaydilar, tavakkalchilik ularga yot.

4 sanasi sohiblari ota-onalari, yaqinlarini, umuman, atrofdagilarni ular kim, qanday mavqega ega ekanligidan qatiy nazar, qattiq hurmat qiladilar. Ammo shunga qaramay, ularni har doim ham haq deb oʻylamaydilar va shuning uchun ham koʻpincha oʻz bilganicha ish tutadilar. Boshqalardan maslahat soʻrashlari mumkin, ammo shu yoʻl-yoʻriq boʻyicha tadbir yuritishmaydi.

Ularni boshqalardan ajratib turuvchi jihat – ushbu sanada tugʻilgan qizlar oilada koʻproq otasiga, yigitlar esa onalariga suyanadilar. Bundaylarni tabiatan juda irodali, deb boʻlmaydi. Ularga oʻzlari oʻylaganidan yaxshiroq biror fikr aytilsa, oʻsha fikrni qabul qilishlari qiyin kechmaydi. Koʻngillari shu qadar nozikki, oʻzlariga nisbatan aytilgan hazil gapdan ham mano izlaydilar va ranjiydilar.

Ular tabiatan shunchalar ojizki, bunday tabiatga ega insonlarni osongina hafa qilish mumkin. Hayotlaridagi oʻylagan niyatlari oʻz oʻzidan, hech qiyinchiliklarsiz amalga oshishini istashadi. Pullari qanchalik koʻp boʻlsa, yanada koʻp boʻlishini hohlaydilar. Ularni oʻrab turgan hamma buyum oʻziga hos, ayni paytda boshqalarnikidan zoʻr boʻlishi kerak.

Doim ustunlikda bo’lishga intiladi

Oʻzlarini tenqurlaridan ustun koʻrishni hohlashadi va oʻzlarini aynan mana shunday mavjudman, deb hisoblashadi. 4 raqami sohiblari hisiyotga oʻta beriluvchan boʻlib, yettinchi falakda uchib yuradilar. Haqiqiy hayot tarzidan ancha uzilib qolgan, romantik hayot bilan yashashni afzal koʻrishadi. Bolalarni yaxshi koʻrishadi va kelajak taqdirini ularning bahtida, deb biladilar. Intelektual salohiyati tengdoshlariga qaraganda ancha ustun.

Har doim birinchilar qatorida boʻlishga intilib, koʻp hollarda bunga erishadilar ham. Ular, inson pulsiz ham koʻp narsaga erishishi mumkin, deb hisoblaydilar. Insonlardagi bilim olishga boʻlgan qiziqishini qadrlaydilar va koʻp oʻqiydigan odamlarni qattiq hurmat qiladilar.

Bundaylar oʻylamay netmay turmush quradiganlar toifasidan emas. Umr yoʻldosh tanlash masalasida juda talabchan. Muhimi, ular tanlagan inson har doim kelajak hayotlari haqida qaygʻurishi kerak. Agar shunday munosabat koʻrsatilsa, ular butun hayotlarini ikkichi yarimlariga bagʻishlay oladilar. Eng muhimi, jufti uni manan qoniqtirishi kerak.

Yaqinlaringiz va do’stlaringiz shu raqamlardan biri ostida tug’ilgan!

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil