1 raqami ostida tugʻilgan insonlar

1 raqamlarning asosi, poydevori. U kuch qudrat ramzi boʻlib, «Hamma narsa menda va men hamma narsada» iborasi aynan unga toʻgʻri keladi. Bir quyosh deb atalmish kattakon olovli shar timsoli boʻlib, uning homiyligi ostidadir.

Tugʻilgan sanasi bir raqami bilan bogʻliq odamlar koʻpincha ijodkor, kashfiyotchi, tabiatan esa magʻrur, kuchli iroda va chidam sohibi, shuningdek, jangari kishilar boʻlishadi. Qolaversa, ularning koʻpchiligi hazil – mutoyibaga moyil kishilardir. Oʻrni kelganda esa oʻz ishiga puhta va ayyor hamdir.

1 raqamining ichki erkinligi, hatto zoʻravonlik, «Men haqiqat mezoniman» degan davo chegarasigacha boradi. Ular cheklovlarni, ayniqsa, maslahat va tavsiyalarni yoqtirishmaydi. Bunday kishilar haqidagi birinchi tasavvurdan keyin ularning harakterida zaif tomonlari borligini payqash mumkin. Ammo, aslida, bunday emas, u oʻzining boshqalardan ustun jihatlari borligini yaxshi biladi, oʻziga yuqori baho beradi va shuning uchun ham ular shuxratparastdir.

Hayot tarzi o’ziga hos va betakror

Ular boshqalarga oʻxshashni xoxlashmaydi, fikirlash tarzi, tafakkuri, yurish turishi, umuman, butun hayoti oʻziga hos, betakror boʻlishini istashadi. Intelektual salohiyati havas qilsa arzigulik. Ular oʻziga hos, sirli (maxfiy) muvaffaqiyat olib keladigan yangi ishlar bilan mashgʻul boʻlishni yaxshi koʻrishadi, ammo bu bilim bilan emas, pul bilan bogʻliq masaladir. Pul koʻp narsani hal qiladi, degan fikirga hamisha sodiq qolishadi.

Ushbu sanada tugʻilganlarning aksariyati yolgʻiz mehnat qilishadi. Injiq tabiatli boʻlganligidan rahbarga ham, boʻysinuvchiga ham toqatlari yoʻq. Ular asosiy narsalarni ahamiyatsiz narsalardan ajratadilar va qaysi ishga qoʻl urishmasin, oxirigacha yetkazishadi va muvaffaqiyat qozonadilar.

Ularning eng muhim jihati

Bunday insonlarga hos boʻlgan yana bir eng muhim hususiyat – bir vaqtning oʻzida juda koʻp narsaga erishishni istashadilar. Hatto qarashlari notoʻgʻri boʻlsada, oʻz fikirlarida qatiy turib olishadi.

1 sanasida tugʻilgan kishilarga tasir koʻrsatuvchi boshqa raqamli omillar – tugʻilgan yili, joyi, oilasi, hafta kuni, dunyoga kelgan vaqti kabilar ham etiborga olinishi lozim. Ular uchun bahtli kunlar – yakshanba va dushanbadir. Bahtli raqamlar – 10, 19, 28. Toshlardan oltin, sariq va shunga yondosh ranglarni yoqtiradilar. Sevimli guli kungaboqar, chunki u quyoshning, hayotning ramzi.

Odatda, ushbu raqam sohiblari oʻz kasbi, ilm va ijodda, harbiy sohada yuksak choʻqqiga koʻtarilishadi. Ular nafaqat ishda, balki oilada ham hukumronlikka erishadilar. Bunday insonlar yaqinlarini oʻziga nisbatan befarqligini hazm qila olmaydilar, atrofdagilarning oʻziga nisbatan gʻamxoʻrlik qilishlarini istaydilar. Mobodo ularga bunday munosabat koʻrsatilmasa, sovuqqonligicha qolishadi.

His tuyg’ulari juda kuchli

Ularning his tuygʻulari qanchalik kuchli boʻlmasin, bu faqat oʻzlarining foydasiga ekanligini unutmaslik kerak. Axir, 1 yagonalik tuygʻusi bilan bogʻliq-da! Uning jufti haloli kuchli sevgi yoki toʻla gʻamxoʻrlik namoyish etishi yoxud ularga boʻysinishi shart.

Ularning salomatlik muammolari, asosan, yurak bilan bogʻliq, chunki inson aynan shu azosi orqali sevadi, ijod qiladi, hayotdan zavqlanadi. 1 raqami sohiblariga koʻpincha ilmiy kashfiyotlar, tadqiqotlar nasib etadi. Qaror qabul qilish, muvaffaqiyatga erishish, qatiylik koʻrsatish, tanlagan yoʻlidan oxirigacha borish ularga xos.

Ayni paytda oʻz izzat nafsini qondirishni ham unutmaydilar. Nihoyat bu raqam yerning birinchi fazogiri burjlarning birinchi belgisi, degan tushunchalar ham mavjud. 1912 yil 1 aprel kuni «Titanik» kemasini sinash nihoyasiga yetkazilgan.

Yaqinlaringiz va do’stlaringiz shu raqamlardan biri ostida tug’ilgan!

Advertisements
О сайте и о сновидениях (на русском)

«Tushlar-tabiri.uz» — онлайн-сонник, посвящённый толкованию снов и значению сновидений. Здесь собраны толкования по алфавиту и по отдельным образам, основанные на классических сонниках, народных поверьях и культурных традициях Центральной Азии.

Современная наука связывает сновидения с работой мозга во время сна, особенно в фазе быстрого сна. Психологи (Фрейд, Юнг) рассматривали сны как отражение внутреннего состояния человека — его переживаний, надежд и нерешённых вопросов, а не как предсказание будущего.

Все толкования на сайте носят ознакомительный и культурно-познавательный характер. Толкование сна — это не предсказание и не руководство к действию. Подробнее: О сновидениях и О сайте.