3 raqami ostida tugʻilgan insonlar

3 qandaydir voqea – hodisalar bilan bogʻliq va oldindan aytib boʻlmas alohida raqam. Chunki biz uch oʻlchamli boʻshliqda yashaymiz. Koʻpgina halqlarning ertaklarida ham aynan shu raqam ishlatiladi. Dunyoda uchta asosiy din bor. Qadimda yer sayyorasi uchta kit ustida turadi, degan aqida mavjud boʻlgan va hokazo.

Uch raqami jangu jadal timsoli, greklarda esa Urush Hudosi timsoli manosini anglatadi. Eramizdan avvalgi V asrda yashagan Ion Xasskiy «uch karra jang» nomli asarini «sehrli» raqamlarga bagʻishlagan. Aniqrogʻi, pifagorchilarning «xosiyatli» raqami boʻlgan uch soniga bagʻishlangan bu kitobda aytilishicha, «Hamma narsa bu – uchdir, uchdan katta yoki kichik hech narsa yoʻq. Har qanday mavjudlikning mukammalligi muqaddas uchlik – aql, kuch va bahtdan iboratdir».

Sehr – jodu amaliyotida jodu hisobi uchdan boshlanadi. Koʻz tekkanda kasalikka qarshi uch marta duo oʻqiladi. Shunday ekan, ushbu raqam vakillari hayotiy quvvat sohiblaridirlar. Qiyin sharoitlarga qanchalik chidamli, sobit irodali boʻlishlariga qaramay, qaror qabul qilish kerak boʻlgan vaziyatda oʻzlari mustaqil ravishda bunday qilolmaydilar.

O’zlariga ko’proq yon bosadi

Ular oʻzlarini, qilayotgan ishlarini tahlil qilyotganda koʻproq oʻzlari tomon yon bosadilar, yani aybini oʻzlaridan emas, boshqalardan qidirishadi. Bunday insonlar oʻz obroʻylarini doim saqlab turishga jon-jaxdlari bilan harakat qiladilar. Ularni hotirjam qilib turuvchi yagona taskin bor: «Faqat men bunday emasman!» Bunday tabiatli odamlarning jamoaga boshliq boʻlishlari maqsadga muvofiq emas.

Ular uchun moddiy qiziqishlari hamisha birinchi oʻrinda turadi. Tugʻilgan oy sanasi 3 ga teng boʻlgan insonlar tabiatan juda koʻngli nozik, gap koʻtarolmaydiganlar toifasidan. Tasirchang boʻlganliklaridan hamma narsani tez yuragiga oladilar. Taqvodor, urf-odatlarni juda qadrlaydilar.

Shuningdek, ushbu raqam sohiblari koʻpincha mashxur boʻlishadi, ularga hasad qiluvchi dushmanlari ham koʻp. Birdaniga bir nechta ishga kirishib, hammasiga ulgura oladilar. Qiziqishlari turlicha, har xil sohada faoliyat yuritishga doim shay turadilar. Ular tugʻma rahbar va yetakchi hamdir. Hayotda ham, sevgi va ijodda ham faol.

Ularning qiziqishlari turlicha

Ayol yoki erkakligidan qaatiy nazar sayr-sayohat, sport, ayniqsa, harbiy sanatni sevadilar. Ushbu sanada tugʻiganlarning boshqalardan farqli yagona xususiyati – ular tashqi koʻrinishlari bilan boshqalarda koʻpincha tushkun kayfiyatdagi odamdek tasavvur uygʻotadi, ammo aslida bunday emas.

3 raqami sohiblarining muammosi – hayot. Ushbu sanada tugʻilgan ayollar bashang kiyinib yuradigan, shuhratparast erkaklarni yoqtirishadi. Erkaklarning ham ayollarga nisbatan talablari katta. Tabiatan juda oʻjar. Biror masalada nohaq boʻlishsa-da, oʻzlarining haqligini jon-jahdlari bilan isbotlashga harakat qilishadi.

Qilayotgan ishlaridan hech qachon qoniqishmaydi, shu bois har doim oʻzlariga muammo tugʻdirib olaveradilar. Koʻpincha ularni tushunish qiyin kechadi. Kayfiyatlarini tezda oʻzgartira oladilar. Arzimas ish yoki voqea ham kayfiyatini tushurib yuborishi mumkin. Shu bilan birga ular bunday kayfiyatdan qanday chiqib ketish mumkinligini ham yaxshi bilishadi.

Do’stlariga beminnat yordam beradilar

Umidsizlikka uzoq vaqt tushib qolishmaydi. Eng yaxshi tomoni, ularga chin dildan doʻst boʻlgan insonlarga begʻaraz, evaziga hech narsa kutmasdan gʻamxoʻrlik qila oladilar. Shuningdek, tugʻilgan sanasi 3 raqami bilan bogʻliq insonlar oʻzlariga, oʻzlarining kuchlariga shubha bilan qarashmaydi. Hayotdan zavq olib yashashni, hayotning barcha tuhfalarini oʻz foydasiga hal qilishni bilishadi.

Har qanday qiyin sharoitda ham oʻz hayotlaridan mamnun boʻla oladilar. Ular hech qachon pulsiz qolishmaydi va har qanday sharitga osonlik bilan koʻnikib keta oladilar. Nikoh va sevgida ularning erkinligiga hech kim qarshi chiqmasligi kerak. Faqat manfatlari uygʻun, shuningdek, siyosat, shou-biznes yoki jamoat ishlaridagi ishtiroki bir hil boʻlsagina jufti bilan bahtli hayot kechirishlari mumkin.

Koʻpincha bunday odamlarning nikohi hisob-kitob asosiga qurilgan boʻladi. Omad yoki omadsizlik, boylik yoki kambagʻallik, tantana yoki fojia, xullas, har qanday sharoitda oʻz qarashlarini oʻzgartirmaydilar. Shaxsiy manfaati birinchi oʻrinda. Ularga yaraqlagan Yupiter, yani hokimyat va pul sayyorasi homiylik qiladi.

Yaqinlaringiz va do’stlaringiz shu raqamlardan biri ostida tug’ilgan!

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil