O’lik tushda tush tabiri

O’lik tushda tush tabiri – kishi tushda o’lik ko’rsa yoki odam o’lsa nimadan darak beradi? Bu tush kishi hayotida judaham muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu tushni ulamolar turlicha tabir qilishgan.

Bordiyu tushingizda o’lgan qarindoshingiz yoki tanishingiz sizga biron gap aytsa, demak bu tushni etiborsiz qoldirib bo’lmaydi. Chunki uning aytgan gapi bashorat bo’lishi mumkin, sizni nimadandir ogoh etishga urinishayotganidan darak beradi.

Tushda o'lik ko'rsa

Agar tushingizda o’zingizni vafot etganingizni ko’rsangiz, Bu uch narsaga dalolat birinchisi, dushmaningiz ustidan g’olib bo’lishga, barokat yog’ilishiga, hasta kishining shifo topishiga, yoki kasallikka dalolat.

Tushda o’lik: Ibn Siyriyn tabiri

Bu tushni Ibn Siyriyn shunday talqin qilgan. Agar kimda kim tushida o’lsa yu va uni janoza o’qib qabirga qo’ysa, yoki bo’lmasam yaqinlari tepasida yig’lab turgan bo’lsa, ibodatiga va diniga putur yetishiga dalolat. Bazilar aytadiki agar kishi tushida o’lgan zahotiyoq tobutga solib qo’ysalar, amaldor kishi bo’lib hukumatni boshqaradi.

Bordiyu tushingizda o’lik bilan gaplashsangiz, u sizga yaxshi gapirsa ahvolingiz yaxshilanishiga ishora. Agar jahil bilan yomon gapirsa, o’tgan qarindoshlari arvohi noroziligidan ogoh etadi. Tavba qilsin deyiladi. Bordiyu ayol kishi tushida o’lib tirilsa olloh unga o’g’il farzand ato etadi.

O’likdan narsa olsa yoki bersa

Agar tushingizda o’lik yoki o’lganlar arvohi sizga biron narsa bersa hamda siz uning bergan narsasini olsangiz yoki yesangiz, rizqingiz baland bo’ladi. Agar bergan narsasini yemasangiz, davlatingiz kamayishiga, hayotingizda qiyinchiliklar bo’lishiga dalolat.

Tush tabiri o'lik

Bordiyu o’likdan kiyim olsangiz va uni kiysangiz, qayg’uga botishingizga ishora. Agar bergan kiymi toza va yangi bo’lsa, yaxshilikka dalolat. Tushida arvohdan kiyim olsayu uni kiymay chetga tashab birozdan so’ng kiysa bu tush kishi vafot etishiga dalil. Umuman olganda tushda o’likdan narsa olish yaxshilikka tabir qilinadi, berish esa aksincha yomonlikka.

Tush tabiri o’lgan odam: Vanga tabiri

Taniqli bashoratchi vanga tushdagi o’likni shunday talqin qiladi. Tushda ko’riladigan o’lik kishini qo’rqitmasa bu yaxshilikka dalolat. Vafot etgan kimsani tirilgani yoki uni o’lmaganday ko’rsa; yaxshilik alomati. Agar buning aksi bo’lsa; zarar va yo’qotish.

Bordiyu kishi tushida o’lsa va qayta tirilsa, orzu istaklariga yetishadi. O’lgan kishini yig’lab turganini ko’rsangiz, demak u so’ngi manziliga imoni bilan ketganiga darak, bundan tashqari u qabrida tinch yotganidan dalolat qiladi.

O'lik narsa bersa

Tushingizda o’likni qochayotganini ko’rsangiz, umringiz uzoq bo’ladi. O’likka biron narsa bersangiz yoki undan olsagiz, uyingizga baraka kiradi. Agar kishi o’zini o’liklar orasida ko’rsa va ular bilan birga yurgan bo’lsa, uning ajali yaqin ekanligidan ogoh etadi.

O’likni yuvish nimadan darak beradi

Agar biron kimsa tushida o’likni yuvsa yoki cho’miltirsa uning qarzini berishiga ishora. Bordiyu kishi tushida o’lik o’zini o’zi yuvayotganini ko’rsa, o’lgan kimsaning yaqinlari va farzandlari g’amdan qutilib farovon hayot kechiradi.

O’likni tepasida yig’lash nimadan darak

Agar siz tushda mayitni tepasida dod solib yig’layotgan bo’lsangiz bu vazga ishora. Bu kabi tushni ko’rish yaxshilikka emas. Uvvos solib yig’layotgan bo’lsangiz, sozlar yordamida o’tqaziladigan to‘yga ishora. Bordiyu baqirib yig’layotgan bo’lsangiz, fitna uyushtrishingizga dalil. Bordiyu pul evaziga mayit tepasida yig’layotgan ayollarni ko’rsangiz, o’ngda ahvolning tang holga kelishi hamda nomaqul ishlar qilinishiga ishora.

Tushda odam o’ldirish tabiri

Agar siz tushingizda biron kimsani o’ldirsangiz, bu sizning gunohga botishingizdan ogoh etadi. Agar kishi tushida o’zini o’ldirganini ko’rsa, tavba qiladi. Bordiyu siz tushingizda boshqa birovni o’ldirsangiz, unga moddiy yordam berasiz. Agar sizni biron odam o’ldirsa demak siz undan ko’p foydalanar ekansiz.

O'lik narsa olsa

Bundan tashqari tushida o’zi o’ldirilayotganini ko’rgan kimsa uzoq umr kechiradi. Toshbo’ron yoki olomon tomonidan o’ldirilayotgan kishi davlatning dastagiga erishadi. Agar siz tushingizda biron kimsani qasddan o’ldirayotganingizni ko’rsangiz va bundan qattiq ozor chekmasangiz, demak sizga juda katta boylik keladi.

Tush tabiri o’lik: Miller tabiri

Miller shunday bashorat qiladi. Agar biron kimsa birovning o’lganini ko’rsa, lekin u qabirga qo’yilmasa demak tush ko’rgan kimsa dushmanidan qutiladi. Bordiyu kishi tushida o’lib lekin undan keyin ham yashayotganini ko’rsa, kambag’allikdan boylikka erishadi. Qolaversa tashvishdan qutulib gunohlariga tavba qiladi.

  • O’lgan odam narsa olsa – yomonlikka
  • Tushda odam o’lsa – uzoq umr
  • Tirik odam o’lsa – uzoq va farovon umr kechirishga
  • Onasi o’lsa – shu kishi uzoq umr kechiradi
  • Arvoh korsa – bezovta bo’ls yomonlik aksi bo’lsa yaxshilik
  • Murda ko’rsa – qo’rquv
  • Otasi o’lsa – shu kimsa uzoq yashashiga dalolat
  • O’lgan qarindosh – shu kishiga keladigan dard
  • O’lgan odam bilan gaplashish – ogohlantirish
  • Odam o’ldirish – gunoh ish qilish

Bordiyu kishi tushida o’zining so’ngi kunlarini ko’rsa, shubxaga, oilaga, boshqa honadonga ko’chishiga ishora.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil