Burgut tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot

Burgut tushda ko’rsa tabiri nima bo’ladi? Tush ta’biriga ko‘ra tushingizda siz boshingiz uzra parvoz etib yurgan burgutni ko‘rishingiz – yuksak maqsadlaringizga erishish yo‘lida kechadigan mushkul kurashlarni anglatadi; ammo shunga qaramay, kurash sizning g‘alabangiz va istaklaringizning ro‘yobga chiqishi bilan yakunlanadi.

Tushda burgut ko'rsa

Agarda tushingizda osmonda qanot ochib baland parvozda, aylanib yurgan burgutni ko‘rsangiz – bu tush sizga inson erishishi mumkin bo‘lgan barcha imkoniyatlar, ezgu maqsadlarga ega bo‘lishingizdan darak beradi.

Tushingizda ini ichida polalaponlari bilan birga o‘tirgan burgutni ko‘rishingiz – nufuzli insonlar bilan kechuvchi mustahkam biznes hamkorlik va ish faoliyatingizdagi omadni bildiradi.

Tushda burgutni o‘ldirish – yo‘lingizdagi sizga xalaqit qilayotgan barcha to‘siqlarni yengib o‘tishdagi noodatiy jasoratga ega bo‘lishingiz belgisidir. Tushda burgut go‘shtini yeyayotganlikni ko‘rish – siz juda kuchli fe’l-atvorga ega ekanligingizdan dalolat beradi, sizning bu fe’l-atvoringiz hayotdagi har qanday sinovlarga dosh berishga yordam beradi.

Tushingizda biron kimsa tomonidan o‘ldirilgan burgutni ko‘rishingiz – taqdir taqazosi bilan siz zabt etgan barcha narsadan mahrum bo‘lishingiz mumkinligini bildiradi.
Tushda burgutning orqasida o‘tirganligingizni ko‘rishingiz – uzoqda joylashgan va kam o‘rganilgan yerlarga sayohat qilishingizni bu sayohat davomida juda ko‘p narsalarga ega bo‘lishingiz hamda bilim va ko‘nikma hosil qilishingizni bildiradi.

Tushda burgut ko’rsa miller tabiri bo‘yicha

Tush tabiri burgut

Burgut huddi arslon kabi “hayvonot olamining qiroli” deb ataladi, ularning bir-birlaridan farqli jihati shundaki, arslon – “hayvonlarning shohi” bo‘lsa, burgut – “qushlar shohi”dir.

Burgut jasorat, buyuklik, hukmronlik va hattoki ilohiylik ramzi hisoblanadi. Tushda burgutni ko‘rishingiz taniqli Daniya maqoli “burgut kabutar ochmaydi” degan ong ostingizning xabari bo‘lib, hoynahoy siz (oddiy) real hayotda kuchli va qudratli insonlardan zaif, qobil farzand tug‘ilmasligi haqida fikr yuritganligingiz natijasi bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

Tushda burgut tirnoqlarida allanimani ko‘tarib yurganligini ko‘rish – ayni paytda siz nufuzli insonning himoyasida ekanligingizni anglatadi. Ehtimol, bunday tush sizning moliyaviy ahvolingizni yaxshilashga yordam beradigan boy odam bilan uchrashishingizni ham bildirishi mumkin.

Bordiyu siz tushungizda qo‘shni uyadagi polaponlarini yeyayotgan burgutni ko‘rgan bo‘lsangiz – o‘ngingizda siz do‘st deb hisoblagan inson aslida bunday sifatlarga ega emasligini anglatadi.

Agarda ona yoki ota burgut polalaponlarini yeyayotgan burgutni ushlab olganligini ko‘rsangiz, u holda bu tush sizga o‘z do‘stlaringizni qadrlashingiz lozimligi va hech qanday holatda ham ularga xiyonat qilmasligingiz kerakligini anglatadi: do‘stlikka xiyonat qilgan kishi do‘stining qasosidan qochishi mumkin, lekin Allohning jazosidan emas.

Tushingizda quyonni ta’qib etayotgan burgutni ko‘rishingiz – hozirgi vaqtda hukmronlik qilayotgan shaxs, sizga haqiqiy tahdid solishi mukinligini anglatadi. Ehtimol, bunday tush sizning hozirda kuchli va shafqatsiz insonga qaram ekanligingizni ham anglatishi mumkin.

Tush tabiri burgut loffa tabiri bo‘yicha

Burgut ko'rsa nima bo'ladi

Burgut amerika hindularining muhim ramzi hisoblanadi. Shu bilan birga burgut qadimgi yunonlar va yahudiylarning adabiyotida ham muhim o‘rin tutadi. Ushbu obraz hozirgi kungacha o‘zining ramziy ma’nosini saqlab qolgan.

Burgut – Navaxo va Krou qarg‘alari hindu qabilalarining dunyoqarashiga ko‘ra donolik va zehnlilik timsolidir. Shu sabadan burgutni ko‘p hollarda muqaddas alomat bilan bog‘lab uni Buyuk Ruh insonni maxsus maqsad uchun tanlaganligini anglatadi.

Yunonlar va yahudiylarning adabiyotida burgut hukmronlik timsoli. G‘ayrioddiy hajm va kuchga ega bo‘lgan burgutlar, mayda chorva mollarini o‘g‘irlab ketishga qodir bo‘lib, qudrat va qo‘rquvni o‘zida aks ettiradigan jonzot hisoblangan.

Burgutni tushida ko‘rish – diniy va dunyoviy ilmlarga ega bo‘lgan o‘ta dono inson ekanlikni namoyon etgan.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil