Qulash ta’birnomaning talqini
Qulashni qanday talqin qilsa bo‘ladi
Yer yuzasidagi deyarli har bir kishi, uhlab qolgan vaqtida qandaydir qulashlarni boshidan kechirgan, ulardan adrenalin ajralishi kelib chiqadi va odam uyg‘onadi. Olimlar nima uchun bunday bo‘lishini hali ham tushuna olishmayaptilar, lekin ma’lumki, tushda qulash hissi qattiq charchashdan, asab va yurak-qon tomir tizimlarining kasalliklaridan darak berishi mumkin, ayniqsa, agar ish jismoniy kuchlanishlarga bog‘liq bo‘lsa.Lekin gap faqat tushdagi qulash manzarasi haqida borayotgan bo‘lsa, u holda ta’birnomalar ishga kirishadi. Qulashni ularning fikriga ko‘ra, tushning qo‘shimcha tafsilotlariga qarab talqin qilish mumkin, tushda qulash nimadan darak berishi esa turli xil belgilarga ega.

Miller ta’birnomasining ta’kidlashicha, tushdaqulash yaqin kunlarda hayotdagi, qiyinchiliklarni yengib o‘tishdagi, boshlangan narsalarni yakunlashdagi o‘zgarishlardan darak beradi. Baxt uchun oson bo‘lmagan kurashda Siz g‘alaba qozonasiz.
Qulash vaqtida shikastlanish, suyak sinishi va chiqish – bu yaqinlashib kelayotgan yo‘qotishdan darak beruvchi yomon belgi.
Universal ta’birnoma tushni qanday talqin qiladi qulash
Universal ta’birnoma bo‘yicha tushda qulashni ko‘rish tushingizda boshingizdan kechirgan hissiyotlarga bog‘liq bo‘ladi. Qulash paytidagi qo‘rquv yoki vahima – yomon niyatli odamlar tush ko‘rayotgan odamning oilasini va hatto hayotini buzish kayfiyatida ekanligidan darak beradi. Ularga qarshi turish uchun juda katta jismoniy va hissiy kuch zaxirasi shuningdek keyingi qadamlarni puxta o‘ylash kerak bo‘ladi. Yomon alomat amalga oshmasligi uchun shaylanishingiz va barcha vositalarni o‘z baxtingizni saqlashga yo‘naltirishingiz kerak deb hisoblaydi tabirnoma. Bu holatda qulash eng yomon ma’nolardan biriga ega. Barchasinienga olmaysiz, ammo dushmanlar keltiradigan zararni minimallashtirish va chekinish rejasini ishlab chiqish haqida o‘ylab ko‘rish kerak.
Boshqa ko‘plab ta’birnomalarda bo‘lgani kabi, qulash hissi vaziyatni nazoratdan chiqarish deb tushuntiriladi, va agar o‘z vaqtida xatoni payqab o‘z hayotingiz boshqaruvini qo‘lingizga olmasangiz, u holda bu nimalarga olib kelishini hech kim bilmaydi. Ta’birnoma muammolarga chap berish uchun muhim qarorlani qabul qilishni kechiktirmaslikni tavsiya qiladi, chunki tush ko‘rayotgan odam endi boshqara olmaydigan vaziyat haqiqatda ham kelajakda juda muhimdir.
Ta’birnoma ishontirib aytadiki har bir kishitushib ketish yoki qulash hissidan keyingi qo‘rquvdan uyg‘ongan – bu ajoyib belgi.Bu holda qulashni tushda ko‘rish, agar siz haqiqatda ham o‘z maqsadlaringizga erishish uchun harakat qilsangiz va intilsangiz ishda va shaxsiy hayotda g‘alabadan darak beradi.
Qulashdan qutulib qolish yoki qulash vaqtida g‘aroyib tarzda saqlanib qolish, ushbu vaziyatdan tashvishlanish kerak emasligidan darak beradi, chunki sizning haqiqatan ham suyangan odamlaringiz bor – bu do‘stlaringiz, qarindoshlaringiz, oilangiz. Yaqinlaringiz og‘ir vaqtda qo‘llab-quvatlashadi va har qanday boshlagan ishlaringizda yoki yig‘ilib qolgan muammolaringizni hal qilishda katta yordam berishadi. Ushbu holatda tushda qulash – mustahkam do‘stona va qarindoshlik aloqalaridan darak beradi.
Agar tushingizda begona odamni qulaganini ko‘rgan bo‘lsangiz, demak o‘zingizning emas aksincha begonalarning xatolaridan saboq olishingiz kerak. Ehtimol, tush ko‘rayotgan odamga, o‘zining ham barcha ishlari silliq bormayotgan odam o‘z ta’sirini o‘tkazayotgandir. Maslahatchilarga quloq solishdan oldin, o‘zingizga savol berib ko‘ring, tavsiyalar berishdan oldin ular nimalarga erishgan. Yaqin kelajakda tanishlaringiz bilan munosabatlaringizni va ularning orasida sizning xatoingizdan foyda ko‘radigani borliginitanqidiy ko‘rib chiqsangiz yaxshi bo‘lardi.
Tushda zinapoyadan yiqilish nimadan darak beradi?Bu maqsadlarni oldingizga qo‘yishni o‘rganishva bir vaqtning o‘zida bir nechta ishni egallamaslik kerakligidan darak beradi, axir qo‘lingizdan kelmaydiku.Ba’zida shunday bo‘ladiki, ko‘plab loyihalarga sochilib ketish sababli vaziyatni nazorat qila olmay qolasan, hushyorlik va e’tibor yo‘qoladi. Bunday fe’l-atvor, ko‘pincha odam qiziqishlari va sevimli mashg‘ulotlari ko‘pligidan hayotning birorta ham sohasida muvaffaqiyatga erisha olmasligiga olib keladi. Bitta narsani tanlashga harakat qilib kilib ko‘ring va mahoratingizni charxlang. Birinchisini o‘zlashtirgandan keyin, ikkinchisiga o‘tishingiz mumkin.

Turli hil ta’birnomalar bilan talqin qilish
Tushda aviatransport qulashi, vertolyot yoki samolyot halokati namadan darak beradi? Ishdagi muammolardan. Buning sababi uxlayotgan odamning haddan tashqari jizzakiligi bo‘lishi mumkin. Ma’suliyatli va qiyin topshiriqni olishdan oldin, bu sohadagi o‘zingizning imkoniyatlaringizni, tajribangizni va bilimlaringizniaql bilan chamalashingiz kerak. Odatda aviahalokat, shoshilib qabul qilinadigan qarordan ogohlantirishi mumkin. bunday voqealar rivojining yana bir talqini kasallikdir. Ba’zida kasallikni o‘z vaqtida aniqlash uchun oldindan shifokorga murojaat qilish, analizlarni topshirish, va kerak bo‘lganda tekshiruvdan o‘tish kerakbo‘ladi.
Tushda ko‘prikdan qulash nimadan darak beradi degan savolga javoban, zamonaviy ta’birnoma qiziqarli talqin qiladi.Ushbu holatda qulash insonning hissiy yoki hatto ma’naviy tarkibiy qismi muammosini anglatadi. Ba’zida his-tuyg‘ular g‘alayoni bizni noiloj qadamlar qo‘yishga boshlab, o‘ylanmagan, mulohozasiz harakatlar qilishga majbur qiladi. Agar siz mustaqil ravishda yurakni siqadigan tuyg‘u va og‘ir fikirlarni yenga olmayotgan bo‘lsangiz, kechiktirmasdan – kechinmalaringizni yaqinlaringiz bilan bo‘lishing yoki sizga darhol psixologik yordam ko‘rsata oladigan mutaxassisga murojaat qiling. Qanday bo‘lmasin, har qanday o‘ylanmasdan qilingan harakat kutilmagan oqibatlarga olib keladi.
Tushda chaqaloqning qulashi nimadan darak beradi? Inson hatto voyaga yetganida ham amalga oshishi nasib qilmagan orzu. Ammo, ota-onalar ko‘pincha bunday mavzuni, ularning fikricha hali mustaqil hayot yo‘lini boshlashga tayyor bo‘lmagan ulg‘ayotgan boladan doim xavotirlanganligi uchun tushlarida ko‘radilar.
Lekin tushda uyning qulashi nimadan darak berishini ko‘pgina omillarni hisobga olgan holda talqin qilish mumkin. Ammo ko‘pincha bu munosabatlarning buzilishini, o‘zaro aloqadagi muammolarni, kirishimlilikning yo‘qolishini bildiradi.
Meteorit tushishini tomosha qilish baxtiga muyassar bo‘lgan tushingiz, yoqimli, uzoq kutilgan sayohat yoki ta’tildan darak beradi. Bu sayohatga tayyorgarlik ko‘rish vaqti kelganligi belgisidir.
Agar tushda lift qulayotganini ko‘rgan bo‘lsangiz, bu yaqinda muhim muammolarni begonalar yordamisiz hal qilish zarurligidan darak beruvchi noxush ogohlantirishdir.
Ba’zi ta’birnomalarga ko‘ra chuqurga tushib ketish – yaqinda hayotda qora kunlarning boshlanishidan, yomon o‘zgarishlardan darak beradi. Ammo umidingizni uzmang, chunki qora kunlarning o‘rniga har doim yorug‘ kunlar keladi.Sodir bo‘layotganlarga hazil va umid bilan qarash kerak.
- Aviahalokat tush tabiri to‘liq malumot
- Ayol tushda ko‘rsa tush tabiri
- Yo‘qolib qolish Tush kitobining talqini
- Banya hammom tushda ko’rsa tush tabiri
- Bo‘g‘ilish Tush kitobining talqini
- Tanish odamlar tush kitobining talqini
- Falaj tushda tush tabiri
- Tush kitobda qo’rquv talqini
- Islom olami va tushlari
- Tushdagi kasallikni ko’rish tush tabiri
- Tushida oynani ko’ring
- Qush tushda tush tabiri
- Oʻlgan odamni tushda koʻrsa
Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...
Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil
Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...
Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil