Advokat tushda ko‘rsa tush tabiri

Advokat tushda ko‘rsa nima bo‘ladi? Bu tush tabiri, tabirchilar tomonidan quyidagicha talqin qilingan. Tushdagi advokat mulkingizga ega chiqmoqchi boʻlib yurgan hasadgoʻy kishilarga, hamda shunga oʻxshash kishilar bilan aloqa qilishga va ularga duch kelishingizga ishora beradi.

Tushda advokat korsa

Bundan tashqari siqilish, yolgʻon, aldovga bogʻliq stres va sogʻlikning yomonlashuvi demakdir. Kasalingiz sababchisi ham shu boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, kishi oʻziga haddan ziyod ortiqcha bino qoʻyishi bilan bogʻliq holat.

Advokat yaqinlaringizni, sizni, atrofdagilarni va boshqalarni himoya qilayotganini tush koʻrsangiz, demak bu, siz omma ichida oʻzingizni notoʻgʻri tutushingizdan bohabar etadi. Balkim bu ahloq qonun qoidasi yoki qonunni buzganingiz bilan bogʻliqdir.

Tushda advokat ko‘rsa: Vanga tabiri bo‘yicha

Tush tabiri advokat

Taniqli bashoratchi vanga bu tushni shunday tabir qiladi. Tushingizda advokatlik qilganingizni koʻrsangiz, demak oʻngda tashvishlaringiz ortadi. Bordiyu sud zalida advokat sifatida qatnashsangiz va sud ishida yutib chiqsangiz, sizga omad eshigi ochiladi.

Kishi tushida advokat yollagan boʻlsa, oʻngida oʻzgalar yordamiga muhtojlik sezadi. Agar biron kim tushda notanish inson bilan dushmanlashganini guvohi boʻlsa, tushidagi kishini doʻst tutadi hamda yashirgan sirlarini oshkor qiladi.

Bundan tashqari advokat bilan tushdagi suhbat, biron bir yumush ustida qattiq bosh qotirayotganingizdan darak beraddi. Stol atrofida advokat bilan urushayotgan boʻlsangiz va unga haqoratli soʻzlar ishlatsangiz, Biron bir davlat arbobi yoki nufuzli kishi bilan janjallashishdan dalolat beradi. Agar advokat sizni himoya qilayotgan boʻlsa, yaqinlaringiz ichida obroʻga ega boʻlasiz.

Tush tabiri advokat: Miller tabiri bo‘yicha

Advokat tushda

Oʻz davrining taniqli tabirchisi Miller bu tush tabirini quyidagicha talqin qiladi. Tushdagi advokat, oʻngdagi mulkingizga ega boʻlmoqchi insonlardan ogoh etadi. Bundan tashqari dushmanlaringiz siz haqingizda fisqu fasod gaplar tarqatishiga dalil.

Bordiyu siz tushingizda advokatlar bilan suhbatlashayotgan boʻlsangiz, oʻngdagi chiroyli gaplarga ishonmang. Agar advokat bilan ish olib borayotganligingizni tush koʻrsangiz, oʻngda janjal va sud ishiga aloqador boʻlib qolishingiz mumkin. Tushdagi advokat yollaganlik, oʻngdagi yordamga muhtojlik belgisi.

Agar tushingizda ishingiz advokat bilan bogʻliq holda ekanligini koʻrsangiz, Oʻngingizda yengiltakligingiz va oʻylamsdan qoʻl uradigan ishlaringiz tufayli pand yeysiz. Tushda advokat ekanligingizni koʻrsangiz, tashvishlaringiz ortadi.

Bordiyu sud zalida advokat boʻlib ishtrok etayotgan boʻlsangiz va bu ishda yutib chiqsangiz, sizni zafar kutadi. Yana bu tush sizni, tush koʻrgan kuningizdan boshlab bir oy davomida birovga qarz bermasligingizga chaqiradi.

Bugun boshqalar o‘qigan tushlar tabiri

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil