Qush tushda tush tabiri
Qush tushda korsa tush tabiri – Agar siz tushda gala qushlarni koʻrsangiz, bu tush hayotda qiyn ahvolda qolganingizdan ogoh etadi. Bu tushni aniq tabir qilish uchun bir qancha holatlarga oydinlik kiritish lozim.

Agar tushda koʻrilgan qush katta boʻlsa, oʻngda hizmat yuzasidan qilingan barcha yaxshi ishlar shunchalik oʻz samarasini beradi. Agar bir joyda toʻplanib qiy chuv qilayotgan qushlar tushda koʻrilsa, shu joyda yashaydigan kishilar boshiga mushkulot tushishi mumkinligi haqida ogoh etadi. Tushda qushga tegishli tuhum topib olsangiz, oʻngda oilangizga farzand kelishiga tabir qilinadi.
Agar tush sohibi bilan qush gaplashganini koʻrsa, ishida oʻzgarishlar roʻy berib, foyda topishiga dalolat beradi. Bordiyu tush sohibining qoʻlida qush oʻlib qolganini koʻrsa, gʻamginlikdan darak. Qushning tanasidan bir parcha boʻlsada goʻshtidan yoki etidan yulib olganini koʻrgan kishi, molini boshqalarga oldirib qoʻyishiga dalil. Bordiyu tush koʻruvchi oʻzining badanidan goʻsht yulib qushga berganini koʻrsa, boyligidan boshqalarga berishiga tabir qilinadi.
Qush tushda korsa: Ibn Siyriyn tabiri
Ibn Siyriyn tushda koʻrilgan nomalum qushni oʻlim farishtasiga tabir qilgan. Tosh, barg, mayda qurtlarni ogʻziga olib uchgan qush kasalmand kishiga dalolat. Agar shu qush biron bir bemor yotgan uy ustidan uchib oʻtsa, shu uydagi bemor kishi vafot etishidan dalolat beradi.

Bordiyu qush sizning ustingizga qoʻnsa, oʻngda musofirchilik demakdir . Agarda qush sizning boshingizga yoki yelkangizga qoʻnsaa bu sizning hayotda qilgan amallaringizga dalolat. Bu hususida Alloh taolo quyidagi oyatni bizga yubordi: «Har bir insonning amali oʻz ustida uchib yuruvchidir» Bordiyu oq narsa uchib yurgan boʻlsa, bu soflik belgisiga dalolat beradi. Ranglari turli tuman boʻlsa, bu turli amallardir.
Tush tabiri qush: Vanga tabiri
Bu tush hususida Vanga shunday degan. Kishi tushida qush koʻrsa, uning oilasi farovonlikka erishib, gullab yashnashidan dalolat beradi. Bundan tashqari barcha koʻngilsiz voqealar sizni chetlab oʻtishiga tabir qilinadi. Baht va saodat sizga kulib boqishiga yoʻyiladi.
Bordiyu siz tushingizda qushni tutib oladigan boʻlsangiz, oʻngingizda omadni oʻz qoʻlingizda ushlab turishingiz demakdir. Buning oqibatida yaqinlaringiz va oila azlolaringiz ham bahtga erishishiga dalolat qiladi. Agar tushda yaralangan qushni koʻrsangiz, demak oʻngingizda farzandlaringiz bilib bilmay qilgan ishlaridan gʻamga botishingizga tabir qilinadi.
Qush turlarini tushda koʻrsa

Bir qancha boshq tabirlarga nazar tashlaydigan boʻlsak, tushdagi parranda beqarorlik timsoli hisoblanadi. Bordiyu tushingizda ulkan qushni koʻrsangiz, bu tush kelajakda yer yuziga juda katta osmon jisimlari havf solayotganidan darak beradi.
- Tushda toʻtiqush – tili shirin suhbatdosh bilan birga boʻlishga tabir qilinadi.
- Moda toʻtiqush – goʻzal ayolga uylanishga dalolat beradi.
- Mayna – xizmatkorlarga ega boʻladi.
- Boyoʻgʻli – donishmand kishiga dalolat beradi.
- Bulbul – Quron oʻqishni oʻrganishiga dalolat beradi.
- Kaptar – esli xushli va aqilli umr yoʻldosh.
- Qush tutsa – omadga ishora.
Bordiyu tushdagi qush kichik boʻlsa, oʻngda yer yuzida ocharchilik qashoqqlik boʻlmaydi va insonlar bahtli kun kechirishiga tabir qilinadi.
- Emizish tushda tush tabiri
- Ro’za tutsa tushda tush tabiri
- Quyosh tushda ko’rsa tush tabiri
- Payg’ambar tushda tush tabiri
- Non tushda tush tabiri
- Tanish odamlar tush kitobining talqini
- Mashina avtomobil tushda ko‘rsa tush tabiri
Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...
Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil
Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...
Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil