Banya hammom tushda ko’rsa tush tabiri
Hammom yani banya tushda ko’rsa nimadan dalolat beradi? Bu tush tabiri turlicha talqin qilingan. Agar tushda hammom ichida turgan bo’lsangiz, bu o’ngdagi, manfaat keltiruvchi yangi bitim va kelishuvga tabir qilinadi. Bundan tashqari ishlarning rivoj topishi demakdir. Bordiyu siz banyaga kirib qolganingizni ko’rsangiz, o’ngda, kutilmaganda qiyinchiliklarga duch kelasiz.
Hammomdan quruq chiqgan kishining muammolari, osongina hal bo’lishi mumkinligini bildiradi. Bordiyu tushdagi banya tush sohibining nafasini bug’sa, yani issiq bo’lsa, bo’lishi mumkin bo’lgan ko’ngilsizliklarga yaqinlari sababchi bo’lishiga dalolat beradi. Tushda ko’rilgan hammomda ayol kishi bo’lsa, o’ngdagi, kayfiyatning buzulishi va tushkunlik deya tabir qilingan. Banyada erkak kishini ko’rish ham qiyinchilik alomati.
Bundan tashqari tushda ko’rilgan hammom qon bo’lsa, betob kishilar uchun vafot etishga dalildir. Hammomchini kasal odam ko’rsa, g’assolga ishora. Bundan tashqari, g’am-tashvishlardan halos bo’lishga, qarzdorlar uchun, qarzidan qutulishga, gunohkor kishi uchun, tavbaga, kofir kimsa uchun, musulmon bo’lishga ishora beradi.
Hammom yani banya hodimini tushda ko’rsangiz va u o’z vazifasini bajarib turgan bo’lsa, o’ngda, harakatlari va harakteri sizga yoqmaydigan kimsa bilan suhbat qurishingizga dalolatdir.
Hammom tushda ko’rsa: Vanga tabiri
Vanga tabiri bo’yicha – Kasal kishilar uchun, tushda cho’milish, sog’ayishiga dalolat. hammomga kirganligini tush ko’rgan kishi, o’z turmush o’rtog’i tomonidan ranjitilishiga tabir qilinadi. Banya yani hammomdan o’tirish uchun joy izlagan yoki topgan kimsa, ayol kishi bilan gunoh ishlar qilishiga dalolat beradi. Bundan tashqari banyada cho’milgan kishiga dushmanlari tomonidan haf hatar kelishiga hamda kasallikka duchor bo’lishi mumkinligidan ogoh etadi.
Bazi tabirlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, tushda ko’rilgan banya yani hammom, qamoq va do’zaxga ishora beradi. Vafot etgan odamni hammomda ko’rish va uning egnidagi kyimlari eski bo’lsa hamda avratlari ko’rinib tursa, bu tush marhumning zimmasida vazifalari ado etilmasdan qolganligini bildiradi. Erkak hamda ayol kishini hammomda cho’milishi, adolatni oyog’ osti bo’lishiga va gunoh, shubhali ishlarning ko’payishiga dalolat beradi.
Hammomda cho’milib bo’lgandan so’ng undan chiqganligini ko’rgan kimsa, o’ngda, qarzidan yoki qayg’usidan oson halos bo’lishiga tabir qilingan.
Banya tush tabiri: Miller tabiri
Miller tabiriga ko’ra, tushdagi qorong’u banya, qamoqxonaga dalolat beradi. Kimda kim hammomda ayol jinsiga mansub kishilar bilan birga bo’lganligini ko’rsa, va ayollar undan nari bo’lmayotgan bo’lsa, jinsi yoki bo’lmasam qiyofasini o’zgartirishiga ishora.
Bazi bir boshqa tabirlarda kelishicha, qadimdan, tushda ko’rilgan hammom yani banya, jahannamga, foxishaxonaga, zindonga, dengizga, kema darg’asiga, tabir qilingan.
Bugun boshqalar o’qigan tushlar tabiri
- issiqlik talqini
- Suv tushda ko’rsa tush tabiri
- Echki tushda ko’rsa tush tabiri
- Badan tushda tush tabiri
- Ayol tushda ko‘rsa tush tabiri
- Tush kitobining talqini yalang’och qiz
- Singan oyna Tushlarning tabiri
- Bo‘sa tabirnomaning talqini
Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...
Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil
Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...
Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil