Bozor tushda ko’rsa tush tabiri
Bozor yoki bozor rastalarini koʻrishingiz
Tushingizda bozor yoki bozor rastalarida yurganligingizni koʻrdingizmi ? Tushda bunday qizgʻin savdo joyini koʻrish – turlicha ramzga ega boʻlib, Tush tafsilotlariga koʻra, tush sohibining taqdirida sodir boʻluvchi yaxshi yaʼni ijobiy oʻzgarishlar bilan birga koʻngilsizliklarni ham anglatishi mumkindir.
Xoʻsh tushingiz bozordagi rastalarini yoki bozorni koʻrish nimani anglatadi ?

Miller talqini
Mister Millerning fikricha erkak kishilar oʻz tushida bozorda ekanligini koʻrsalar – haqiqiy hayotda oʻz faolligi va tirishqoqligi bilan muvaffaqiyat qozonishi mumkin.
Millerning tush taʼbiriga koʻra:
Ayol kishilar oʻz tushlarida bozorga borganliklarini koʻrishlari muommolarining hal boʻlishi va yoqimli oʻzgarishlarni anglatadi. Tushingizda boʻsh bozor rastalarini koʻrishingiz nimani anglatadi ? Afsus, ammo bu yaxshi belgi emas boʻlib, depressiya, kuchning sustlashishi, apatiyani bildiradi.
Xuddi shu kabi bozorda aynigan sabzavotlar yoki sasigan goʻshtni sotayotganliklarini koʻrishingiz ham yomon belgi hisoblanadi. Bunday tush koʻngil qolishi va yoʻqotishlarni bildiradi.

Oziq – ovqat bozori
Sharqona tush taʼbiriga koʻra qiz va juvonlar oʻz tushlarida bozordan baliq sotib olganliklarini koʻrishlari – oila qurish, onalik toʻgʻrisida oʻylab koʻrishlari lozimligini bildiradi. Ammo tushingizda goʻsht sotib olganligingizni koʻrsangiz, ertalab uygʻonishingiz bilanoq qarindoshlaringiz xol-ahvoli yaxshiligidan, ular oʻzlarini qanday his qilayotganliklaridan xabar oling.
Pastor Loffning talqin qilishicha tushingizda bozordan meva va sabzavotlar xarid qilganligingizni koʻrishingingiz – rejalaringiz tez kunlar amalga oshishini va siz moddiy tomonlama farovonlikga erishishingizni bildiradi.
Hayotiy qiyinchiliklar
Tushingizda buyum bozorida ekanligingizni koʻrsangiz uygʻonishingiz bilan bevosita qatnashgan voqea-hodisalaringizni yodga oling. Ehtimol, bu kelajakda sodir etishingiz boʻlishi mumkin boʻlgan xatolarni oldini olar.
Tushingizda bozordan kiyim-kechak xarid qildingizmi ? Unda sizni yaqin kunlarda hayoyingizni oʻzgartirib yuborishi mumkin boʻlgan yorqin, esda qolarli tadbirlar kutayotganligini bildiradi.

Ammo bordi-yu tungi tushingizda bozordan kiyim-kechak yoki oyoq kiyimni savdolashayotgan boʻlsangiz Antiqa tush taʼbiriga koʻra maʼnaviy zaiflik va jismoniy charchoqni bildiradi.
Avtomobil qatorlari
Loʻlilarning tush taʼbirlovchilarining soʻzlariga koʻra kimdir tushida bozorda avtomobillar sotish bilan shugʻullansa, sayohatga chiqish va dunyo kezish haqidagi orzularini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻladi. Tushingizda avtomobil ehtiyot qismlar savdosi bilan shugʻullanayotganligingizni koʻrishingiz – baʼzi vaqtlarda omadingiz kelmasligini, bunga sabab esa siz asosiy narsaga eʼtiboringizni qaratmagan holda oʻz ustuvorliklaringizni toʻgʻri taqsimlashni bilganlikligingizdir.
Bashoratchi Svetkov yodga soladi – qirollardek aniqlik va xushmuomalalik bilan oʻzingizni tutishingizni va rejalaringizni oldindan rejalashtirgan holda kundaligingizga ham yozib boring

Eski bozor
Tushingizda eski kiyimlar sotadigan doʻkonlarda aylanib yurganligingiz va turli noodatiy mollarni: qadimgi buyumlar, kitoblar kiyim-kechaklar qiziqish bilan qarayotganligingizni koʻrishingiz, tush taʼbiriga koʻra sizning takrorlanmasligingiz, ijodkor shaxsligingiz, siyqasi chiqqan, bemaza oʻy-harakat qilishga odatlanmaganligingizni bildiradi. Ehtimol aynan shu sabab sizning tanishlaringiz koʻpdir, ularni sizning noodatiyligingiz va tushunib boʻlmas xarakteringiz jalb qilgandir. Biroq, agarda tushingizda rastaning boshqa tarafida ekanligingizni va nodir buyumlar sotayotganligingizni koʻrishingiz- sizning gʻayrioddiyligingiz va oʻziga xosligingiz baʼzi paytlarda barcha axloq chegaralaridan chiqib ketishini bildiradi.

Boshqa qiziqarli tush taʼbirlari
Tushingizda bozor rastalarida savdo-sotiq qilayotganligingiz nimani anglatishini aniq bilib olish uchun tushingizda sotib oluvchi yoki sotuvchi boʻlganligingiz ham eʼtiborlidir.
Misol uchun agarda siz oziq-ovqat sotayotganingizni koʻrishingiz – haqiqiy hayotda shaxsiy byudjetingiz koʻpayishiga umid qilishingiz mumkin.
Agarda kiyim-kechak sotayotganligingizni koʻrsangiz – yaqin kunlarda kimdir sizga maslahat soʻrab murojaat etishini bildiradi.

Tushda xaridor ekanligingizni koʻrishingiz har doim ham yaxshi alomat sanalmaydi. Bu tush haqiqiy hayotda keraksiz chiqimlarni anglatadi.
Tushingizda bozor qorovuli ekanligingizni koʻrishingiz- oʻngingizda foydali yuqori daromadli oʻrinni egallashingizni bildirilishi mumkin.
Agar kimdir tushida tunda bozordagi mahsulotlarning sifatini nazorat qilayotganligini koʻrsa – ertalab uzoq kutilgan xabarni eshitadi deydi tush taʼbiri.
Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...
Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil
Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...
Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil