Qon tushda tush tabiri
Qon tushda korsa tush tabiri – Tushdagi qon inson hayotida juda katta ahmiyatga ega. Agar tushda badandan qon chiqqanini koʻrsangiz, aziyat va tashvishga dalolat. Agar qon yara hosil qilmasdan turib chiqqanini koʻrsangiz, pora olish yoki berishga tabir qilinadi.
Agar kishi tushda qon ichsa, harom molga ega boʻladi yoki qon toʻkishiga dalolat beradi. Agar biron joyingizdan qon chiqsayu biroq undan dogʻ yani iz qolmasa, gunohlardan forigʻ boʻlishga tabir qilinadi. Erkak kishi uchun jinsiy azodan qon kelishi, oʻngida umr yoʻldoshining homilasiga tasir qilishi mumkinligi haqida ogoh etadi. Homila nobud boʻlishi mumkin. Bu holat yuz bermasligi uchun ularga koʻproq etibor qaratilish talab etiladi.

Agar kambagʻal kishi badanidan qon oqayotganini koʻrsa, boylik ortirishiga dalil. Huddi shunday tushni koʻrgan boy kimsa, zarar koʻrishi mumkin. Tushdagi qon siyish, oʻngdagi nogiron farzandga ishora. Bazida bu kabi tushni koʻrgan kimsa, noshariy ayol bilan jinsiy yaqinlikka kirishishi deb tabir qilinadi. Hali turmushga chiqmagan qiz uchun hayz qonini koʻrish, oila qurishiga yani nikohga dalolat.
Bordiyu hamilador ayol bunday tush koʻrsa, homilasi haf ostida ekanligidan dalolat beradi. Hayz toʻxtatgan ayol tushda hayz qonini koʻrsa, bemor boʻlishiga ishora beradi. Bundan tashqari tushdagi qon, uy egasi va uning yaqinlari chiqim qilishga deb tabir qilinadi.
Tushda qon korsa: Ibn Siyriyn tabiri
Oʻz zamoning taniqli va mashxur ulamosi Ibn Siyriyn tushdagi qonni quyidagicha tabir qiladi. Agar kishi tushda qon koʻrsa yoki badani qonasa, boshiga mushkul ish tushgay. Agar jarohati bitgan boʻlsada oʻsha joydan qon oqsa, boylik topgay. Bordiyu tushdagi qon kiyimiga tekkan boʻlsa yoki burni qonasa, harom molga ega boʻlgay.
Agar kishi tushda qon oldirsa, doʻsti unga bir yomon gap aytgay yoki davlatidan zararga ishlatgay. Imom Jafar Sodiq Rahmatulloh alayh qon oldirmoq toʻrt narsaga ishora berishi haqida quyidagilarni tabir qilganlar.
- Kushoyishlik
- Safar
- Husumat
- Mol yigʻmoq
Tush tabiri qon: Vanga tabiri
Bashoratchi Vanga tushdagi qonga quyidagicha tabir bergan. Qon bu hayot timsoli ifodasida keladi. Bu tush juda kam hollarda yaxshilikka tabir qilinadi. Bunda tushdagi holatga etibor qaratmoq lozim. Agar tushingizda qon oqayotgan boʻlsa, oʻngda katta azob uqubatlarga duch kelishingiz mumkin. Tushdagi qon toʻkish qay holatda boʻlmasin dushmanga tabir qilinadi.

Bordiyu siz dengizda oqayotgan qonni koʻrsangiz, bu tush oʻngda, oʻzingizni, juda kuchli hislar, tajribalar va ofatlar ichida qolgandek his qilayotgan ekanligingizdan darak beradi. Tushda kiyimingiz qonga botgan boʻlsa, demak oʻngda, muvaffaqiyat va baxtga erishishingiz uchun toʻsiqlar bor ekanligidan ogoh etadi. Bundan tashqari yashirin dushmanni anglatadi.
Agar siz tushda qon qusgan boʻlsangiz, oʻngda salomatlikka jiddiy ahamiyat berish kerakligini anglatadi. Bordiyu boshqa bir tanish yoki notanish kimsa qon qayt qilsa yoki tupirsa, oʻsha inson adolatsizlik qilayotganiga ishora. Kishi tushda qon siysa, bu tush kichik hafdan yoki kichik yoʻqotishlarga olib kelishi mumkin.
Qon boshqa tabirlarda

Qon oldirmoq – Tushda qon oldirgan kishi, oʻngida rejalashtirgan ishlari chippakka chiqishiga dalolat. Bundan tashqari bazi tabirlarda qon oldirish, doʻstdan keladigan zulumni anglatadi.
Qon olmoq – Tushda qon olgan kishining boʻyniga omonat topshiriladi. Boshqa tabirlarda esa qon oldirmoq, dushmanlar fitnasidan omon qolish va ishlari yaxshi tarafga oʻzgarishiga dalolat beradi.
Qon oqmoq – Bordiyu tush sohibi tushda qon oqayotganini koʻrsa, boshiga mushkul ish tushishiga dalildir. Bordiyu qon yarasiz oqayotgan boʻlsa, unda mulkiga ziyon kelishidan darak beradi.
- Odam o’ldirsa tushda tush tabiri
- Chaqaloq tushda tush tabiri
- Yaqin insonning o’limi tushlar kitobining talqini
- Qamoq tushda ko’rsa tush tabiri
- Oynadagi aks Tush talqini
- Tushda shifokorga murojaat qilish
- Tushdagi kasallikni ko’rish tush tabiri
- Islom olami va tushlari
Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...
Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil
Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...
Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil