Kiyim tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot
Kiyim tushda ko’rsa tabiri nima bo’ladi? Tushda kiyimlarni yuvish — sizning yangi havoyi mashg‘ulotlaringiz kelajakda katta muammolarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantiradi.
Tushda kiyimingizda yog‘li dog‘ni ko‘rsangiz — kelajakda daromadli foydaga ega bo‘lishingizni anglatadi. Yoshlar uchun bunday tush boy xonadonga turmushga chiqishlari yoki uylanishlarini bildirishi ham mumkin.
Tushda qora rangli kiyimni ko‘rsangiz — kasallikdan, oq ranli kiyim esa — yaxshilikdan darak beradi, tushingizda juda ko‘p kiyimni ko‘rsangiz — o‘ngingizda ham juda ko‘p muammolarga duch kelishingiz mumkinligini anglatadi.
Agar tushingizda koftani ko‘rgan bo‘lsangiz — unda siz sovuq qotishingiz va shamollashingizni bildiradi. Tushda po‘stinni ko‘rish yoki uni kiyish — boylik, kutilmagan miqdordagi yuqori daromad, uzoq umr ko‘rishni anglatadi.
Tushda jemperni ko‘rishingiz — iliq do‘stona munosabatlarni anglatadi, shu sababli jemperni kiyish — yangi do‘st orttirish, uni uzoq muddat kiyish — uzoq muddatli qalin do‘stlikni, uni yechish — do‘stingiz bilan arazlashib qolishingizni bildiradi.
Agar siz tushingizda kiyinayotgangizni ko‘rsangiz — noxush holatga tushishingiz mumkinligini anglatadi. Tushda chalama-chatti, yoki nomaqul kiyinishingiz — kutilmagan mehmondan darak beradi.
Tushda yangi kiyim kiyish — yangi xotin yoki xushdoringiz bo‘lishini anglatadi, kiyimlarni tozalash — yaxshilik alomatidir. Tushingizda allakim bilan kiyim-kechak talashish — xotiningizning xiyonat qilishini, binafsha yoki qirmizi liboslardagi ko‘p insonlarni ko‘rish — sizni suiste’mol qilishlarini, erkak kiyimini kiygan ayolni ko‘rish — o‘g‘il farzand tug‘ilishini anglatadi.
Agar tushingizda mo‘ynali kiyimlarni ko‘rsangiz yoki uni kiysangiz — demak qandaydir mulkni qonuniy ravishda olishingizdan darak beradi.
Tushda kiyim ko’rsa vanga tabiri bo‘yicha
O‘zingizni duxoba matoli ko‘ylakda ko‘rish — bu qayg‘u va yo‘qotishning belgisidir. Kiyimni yoqish — bu yo‘qotishlardan ogohlantiradi. Tushingizda ustingizdagi kiyimni yonayotganini ko‘rsangiz — mol-mulkni yo‘qotishingizni anglatadi.
Ayol kishi tushida maxsus ish kiyimli erkakni ko‘rishi — tush sohibasi sevgilisining asl tabiati to‘g‘risida noto‘g‘ri qaror qilgani va aldanganligini, turmush qurgan ayol uchun esa bu tush uning eri tez-tez uyga bo‘lmasligining sabablari haqida uzoq vaqt tushunmasligi va bu holatga jiddiy hodisa barham berishini anglatadi.
Ayol kishi tushida sarafanni ko‘rishi — dam olish istagi oilaviy hayotdagi muammolarga, turmush o‘rtog‘i unga nisbatan ishonchsizlik tuyg‘usini his qilishiga olib kelishi mumkinligining belgisidir.
Tushda ko‘rgan kiyim-kechagingiz qanday ekanligiga e’tibor berishingiz zarur: butun yoki yirtilgan, toza yoki notozaligi tushning talqinida katta e’tiborga egadir.
Tushdagi notoza va yirtilgan kiyim — yolg‘onni va begonalar bilan ochiq aloqa qilmasligingizdan ogohlantiradi. Toza kiyimlarni ko‘rishingiz esa doimo farovonlikni anglatadi.
Tush tabiri kiyim miller tabiri bo‘yicha
Agarda tushingizda sizda juda ko‘p yorqin va chiroyli kiyimlar bo‘lsa — bu o‘ngingizda ehtiyot bo‘lishingizni va atrofingizdagi insonlarga bee’tibor bo‘lmasligingizni, har qanday noto‘g‘ri qadamingiz sizni hayot uchun zarur bo‘lgan narsalardan mosuvo qilishga olib kelishidan ogohlantiradi. Bunday tushni yosh ayol kishi ko‘rishi — aldamchi umiddan darak beradi.
Tushda a’lo darajadagi, ammo noan’anaviy modadan qolgan kiyimni kiyganingizni ko‘rishingiz — omad yoki o‘tmishda qimmatli g‘oyalarga e’tiborsiz qaraganligingizdan afsuslanishingizni anglatadi.
Modadan qolgan kiyimlardan voz kechish ya’ni ularni tashlab yuborish — yaqin orada yangi aloqalar, munosabatlar va ishqiy sarguzashtlarni boshdan kechirishingizdan darak beradi.
Agar tushingizda siz kiyayotgan kiyim sizga yarashmaganligini ko‘rsangiz — yaqin kunlarda sizning ba’zi o‘tmish xotiralaringiz unutilishini bildiradi.
Ehtimol siz biron bir ish faoliyatingizda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygandirsiz, bu ham ko‘p o‘tmay barchaning yodidan chiqadi shuningdek o‘zingizni ham.
Bunday tush ayollarga do‘stlar orasida yoqimsiz raqobatning mavjudligini ham anglatadi.
Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...
Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil
Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...
Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil