Tushingizda tirik buvingizni vafot etayotganligini koʻrishingiz
Tushingizda oʻngingizda(haqiqiy hayotda) anchayin sogʻlom, baquvvat buvingizni vafot etayotganligini koʻrishingiz – qarindoshlaringiz bilan tortishuvlar, ish, xizmat faoliyatingizda yuzaga keluvchi muammolarni, negativ oʻzgarishlarni bildiradi. Ammo bu juda qaygʻuli emas. Tush taʼbiriga koʻra ushbu holat qari qarindoshingizning umri uzoq boʻlishini, tush sohibining hayotida esa yangi bosqich boshlanishini bildiradi. Bu yerda hammasi oʻzingizga va sizning kayfiyatingiz, faolligingiz intiluvchiligingizga bogʻliq boʻladi.
Koʻrib turganingiz kabi tush taʼbirlarida vafot etayotgan buvingiz talqini juda serob. Bularning ichidan faqat sizganiga mosini topish uchun tush tafsilotlarini yaxshilab xotirlashingiz lozim.
Qiyinchiliklarga tayyorlaning
Agarda tushingizda hozirda tirik boʻlgan buvingiz vafot etganligini koʻrsangiz – oʻngingizda koʻngilxiraliklar va boshqa qator jiddiy yoqimsiz toʻsiqlarni boshdan kechirishga ruhiy tayyorlanishingiz lozimligini bildiradi. Taslim boʻlmang, aksincha maqsadlaringiz sari ildam qadam tashlang. Tush taʼbiri bu sizga barcha qiyinchiliklarni bosib oʻtishga yordam beradi deb maslahat beradi. Tushingizda quvnoq, energiyaga va kuchga toʻla buvingizni hayot bilan vidolashganligini koʻrishingiz – notoʻgʻri qarir qabul qilish yoki xato qilishning belgisi boʻlishi mumkin. Bu esa har doimgiga nisbatan ikki baravar eʼtiborli boʻlishingiz, shoshilmasdan ish qilishingiz lozimligini bildiradi.
Vafot etayotgan inson bilan suhbat.
Tushingizda hayotni tark etmoqchi boʻlib turgan buvingiz bilan suhbatlashilganligingiz nimani anglatadi? Tush taʼbiriga koʻra bu oʻngingizda hol-ahvolingizning yomonlashini bildiradi. Siz sogʻligingiz toʻgʻrisida tashvishlanishingiz, mavsumiy profilaktika choralari haqida eslashingiz lozimligini taʼkidlaydi. Agarda tushingizda oʻlim toʻshagida yotgan buvingiz sizdan nimanidir vaʼda berishingizni soʻraganligini koʻrsangiz- ongingizda ish faoliyatingizdagi qiyinchiliklarni chetlab oʻtish imkoniyati boʻlmaydi. Ammo shunga qaramay barvaqt tushkunlikka tushmang, sababi tushingizda sevimli buvingizni vafot etganligini koʻrishingiz yaxshilik belgisi boʻlib buvingizning umri uzoq boʻlishini bildiradi.
Bor narsani – asramaymiz.
Tushingizda haqiqiy hayotda tetik buvingizni oʻlim yoqasida ekanligini va siz uning yonida turganligingizni koʻrishingiz nimani anglatadi? Tush taʼbiri bu hodisani yengiltakliklik va boqibegʻamlik deya talqin etadi. Eng avvalo qadrlashni oʻrganing va taqdiringizdagi imkoniyatlar va qobiliyatlilar uchun Ollohga shukrlar ayting.
Baʼzida bu tush yaxshi dono maslahatga amal qilmaganligingiz tufayli badal toʻlashingiz lozimligini bildiradi.
Tushingizda begona keksa ayolning dafn marosimida ishtirok etganligingizni koʻrishingiz – deyarli moʻjizakor ravishda qandaydir inson tush sohibi orqasidan gapiriladigan mish-mish, gʻiybat va igʻvolarning toʻxtashiga sabab boʻladi.
Oxirgi yoʻl
Agarda oʻngingizda, haqiqiy hayotda
Haqiqiy hayotda buvingiz oʻzini yomon his qilayotgan boʻsayu tushingizda uni oxirgi yoʻlga kuzatayotganligingizni koʻrsangiz – xavotir olishingizga hech qanday asos yoʻq sevimli buvingiz tez kunlarda sogʻayib ketadi.
Bundan tashqari, tush taʼbiri buvingizga koʻproq eʼtiborda boʻlishingizni ham tavsiya etadi.
Tushingizda buvingiz vafot eta turib yigʻlaganligini koʻrdingizmi ? Bu tush qarindoshlaringiz va doʻstlaringiz bilan urishib qolishingiz mumkinligini anglatadi.
Tush taʼbirlarida qari buvingizning vafot etishi toʻgʻrisida qator talqinlar mavjuddir.
Bunday talqinlarning birida haqiqiy hayotda sogʻlom buvingizni vafot etayotganligini koʻrishingiz, yomonlik alomati hisoblanib, sevimli, siz uchun qadrli insonlardan ayrilishingizni bildiradi.
Millerning taʼbiri
Janob Millerning fikricha tirik buvingizni vafot etishi toʻgʻrisidagi tush – bu yaqinlashib kelayotgan muammolarni
Ammo ularni dono koʻpni koʻrgan insonning maslahati bilan hal qilishingiz mumkin.
Psixolog sifatida Gustav Miller ishonchi komilki oʻlim yoqasidagi qari ayol tush sohibining oldida qiyin vaziyatlarda maslahat berishga qodir boʻlgan insonning yoqligini namoyon etadi.
Tushingizda buvingizni vafot etayotganligini koʻrib, qanday tuygʻu his qilganligingiz uygʻonganingizdan soʻng xotirlang. Agarda siz maʼyus boʻlsangiz, oʻngingizda sogʻlom buvingizni diqqat bilan tinglang u qandaydir muhim narsani sizga aytmoqchi. Agarda sizning ruhiy holatingiz oʻrni bosilmaydigan yoʻqotishdan qaygʻu tushgan boʻlsa – keksaygan qarindoshingizga yordam zarur.
Tushingizda qaygʻuli, maʼyusligingizni, ammo bunga koʻnikganligingizni koʻrsangiz tush taʼbiri yaxshi xabarlarni eshitishingizni bildiradi deb hisoblaydi.
Ammo beʼetiborlik va beparvolik siz yaqinlaringiz bilan qalban yaqin emasligingizni, barcha ishlarda oʻzingizga tayanishingizni bildiradi.
Taqdirning qaltis burilishi
Tushingizda vafot etayotgan buvingizni koʻrishingiz hayotingizdagi muhim oʻzgarishlarni anglatadi.
Ular qanday boʻlishidan qatʼiy nazar xotirjamlik bilan qabul qilish lozim. Hatto negativ oʻzgarishlar tush sohibi uchun foyda keltirishi mumkin. eng asosiysi eski xatolaringizni takrorlamang, toʻgʻri qaror qabul qila bilish, qora kunlarning yorugʻ kunlarga oʻzgarishiga ishonish lozim. bundan tashqari tush taʼbiri oʻtmishga bogʻlanib qolmasdan, tez va ongli ravishda qaror qabul qila bilish, ehtiyotkorlik bilan ammo dadil harakat qilishni lozimligini bildiradi.
- Erkak tushda tush tabiri
- Falaj tushda tush tabiri
- Tush kitobda qo’rquv talqini
- Tushdagi kasallikni ko’rish tush tabiri
- Qariya tushda ko’rsa tush tabiri
- Oʻlgan odamni tushda koʻrsa
- Яқин инсоннинг ўлими тушлар китобининг талқини
Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...
Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil
Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...
Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil