G‘oz tush tabiri to‘liq malumot

G‘oz tushda ko‘rsa nimadan darak beradi? G‘ozlar to‘g‘risidagi tushlar nima sabdan kirganliklarini tushinish va to‘g‘ri talqin etish hamda tushingizda g‘ozlar nimani anglatishini bilish uchun ko‘p harakat qilishingiz va tushda yana qanday hodisa sodir bo‘lganligini eslab qolishingiz darkor.

Quyidagilarning hammasi muhimdir: vaziyat, o‘zini tutishi, va ushbu uy parrandasining tashqi ko‘rinishi, tush sohibning kayfiyati va boshqalar. Ammo, qoidaga ko‘ra, tushlarda g‘ozlarni ko‘rish hushxabar va yaxshi tomonga o‘zgarishlarni anglatadi. Bunga ishonch hosil qilish uchun tushlar tabiriga qarash lozim. G‘ozlar talqini dunyoning turli xil tush tabirlarida, bir-biriga zid manolarga ega bo‘lishi mumkin.

Zamonaviy tush tabiri.

Tushingizda bir nechta g‘ozlarni ko‘rishingiz ikki xil talqin etiladi. Bir tomondan, bu tush sohibi bilan birga butun umr hamrohlik qiluvchi yelkadosh bo‘luvchi yangi do‘st ko‘rinishidagi muvaffaqiyatni anglatsa, boshqa tomondan ig‘vo va g‘iyabtlarni anglatadi.

Xosse tush ta‘biri.

G‘oz tush tabiri to‘liq malumot

Tushingizda g‘ozlar to‘dasini ko‘rishingiz oilaviy totuvlik va yaxlitlik ramzi hisoblanadi.

Fransuzlarning tush ta‘biri:

Tushingizda bir nechta g‘ozlarni ko‘rishingiz behuda gaplar hamda yoqimsiz g‘iybatni bildiradi. Agar ushbu g‘ozlar tush sohibiga tegishli bo‘lsa, istisno tariqasida talqin etilib, tush sohibi atrofidagi barcha axborot muhitini to‘liq nazorat qilishini anglatadi. Ushbu tush tabiri bunday insonga ommaning hurmat-etibori va yuqori ijtimoiy maqomni vada qiladi.

Tushni talqin etish haftaning kuniga qarab ham talqin etiladi.
Dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi g‘ozlarni tushingizda ko‘rishingiz – juda yoqimsiz o‘zgarishlarni bildiradi. Tush sohibi muammolarni hal qilishda chalkashishi, to‘g‘ri yo‘ldan adashishini, va natijada yaqinlarining ishonchini butunlay yo‘qotishini anglatadi. Bunday hollarda, belgilangan maqsadga bor e’tiborini qaratishi va arzimas narsalarga ahamiyat bermasligi kerak. Hech narsaga qaramasdan, o‘z ustuvor vazifalaringizni joy-joyiga qo‘yish va axloqiy-ma‘naviy me‘yor tarkibingizdan voz kechmaslik vaqti keldi.
Agarda chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi tushingizda g‘ozlarni ko‘rsangiz – tanlovga tayyorgarlik ko‘rishingiz lozimligini, ushbu tanlov o‘z muammolaringiz va yaqinlaringiz muammolarini hal etish borasida bo‘lishini bildiradi. Ushbu vaziyatda yaqin qarindoshlaringizga ayni paytda o‘z hayotingizda ham muhim ahamiyatli ishlar borligini, ularni keyinga qoldirishning aslo iloji yo‘qligini to‘g‘ri yo‘l bilan tushuntirishingiz lozimligini maslahat beradi.

Tushni sohibining jinsi ham ahamiyatlidir:


Shuningdek, tush talqin etishda tush sohibining jinsi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bordiyu nozik hilqat vakilalari o‘z tushlarida g‘ozni ko‘rsalar – yaqin kunlarda mahbubi, sevgilisini uchratishini bildiradi. Ammo uni qizning o‘zi emas, balki ota-onasi tanlashidan xabar beradi.
Agarda turmushga chiqmagan ayol, qiz to‘y arafasi kuni bu tushni ko‘rsalar – ularga faqatgina sabr tilash lozim. Ushbu tush tush sohibasiga turmush o‘rtog‘i bilan bir birlarining xarakterlari va hayotga qarashi turlicha bo‘lsa ham uzoq va baxtli turmush kechirishlarini xabar beradi.
Munosabatda bo‘lgan ammo hali turmush qurmagan erkaklarning ushbu tushni ko‘rishlari (nikoh) turmush qurish borasida yaxshilab o‘ylab qror qabul qilishlari lozimligini va eng maqbul yo‘l to‘yni qulayroq vaqtga qoldirishi kerakligini bildiradi. Tush talqini sevimli insoningiz “rafiqa” vazifasiga to‘g‘ri kelmasligini, uning shaxsiy sifatlari undan yaxshirog‘ini tavsiya qilishga undashini bildiradi. Ba‘zida sevgi oqibatida inson oddiy narsalarni ham ko‘ra olmaydi : yoningizdagi inson nafaqat ahmoq, balki boshqalarni g‘iybat qilishga va o‘zidan omadli hamda muvafaqqiyatli insonlarni muhokama qilishga moyildir bularni albatta ijobiy fazilat deya olmaymiz.
Turmush qurgan erkaklar o‘z tushlarida g‘ozlarni ko‘rishlari – o‘z ayolini sevish va unga ishonish zaruriyati deya talqin etiladi, chunki u bunga kamida munosib. Hayotingizda bunday ayolni boshqa uchratmaysiz.


Ezoterik tush ta‘biri

Ushbu tush ta‘birining talqiniga ko‘ra sevib qolgan insonlar ushbu tushni ko‘rsalar – bu sevimli insoningizni tanlashda yanglishmaganligingizni anglatadi. Boshqa barcha insonlar g‘ozlarni tushlarida korishlari esa do‘sti bilan yuzaga keluvchi mojorolarni bildiradi.


Nostradamus tush ta‘biri


Ushbu tush tabiri boyicha erkaklar o‘z tushlarida kichik g‘oz bolasini ko‘rishlari katta moliyaviy qoniqish va martabangiz (karyera) yuqorilashini bildiradi. Ushbu tushni ayollar ko‘rishlari – uzoq kutilgan homiladorlikni bildiradi.

G‘oz tush tabiri to‘liq malumot


Miller tush ta‘biri

Ushbu tush ta‘biri o‘tzorda o‘tlab yurgan g‘ozlarni ko‘rishni shunday talqin etadi: mashhur psixolog bu tush hayotingizdagi qora kunlar, oq,yorug‘ kunlarga almashinilishi deya talqin etadi. Agarda ota-onalar tushlarida g‘ozning jarohatlanganligini ko‘rsalar – bu ular uchun qo‘rqinchli belgi hisoblanadi. Bu tush farzandingizga katta xavf yaqinlashayotganligini ogohlantiradi. O‘z farzandingizni zudlik bilan xavfsiz bo‘lishini ta‘minlashingiz, qaysidir tashqi aralashuvlarni cheklashingiz va maksimal darajada nazoratga olishingiz lozimligini bildiradi
Sershovqin, baland ovoz chiqarayotga g‘ozlarni ko‘rishingiz baxtsizlikni anglatadi.


Xosse tush ta‘biri

Ushbu tush ta‘biri ham g‘ag‘-g‘ag‘layotgan g‘ozlar nima sabab tushingizga kirishi to‘g‘risidagi savollarga javob beradi. Uning fikricha bu baxtsizlik va yaqin insoningiz to‘g‘risida yomon xabarlarni bildirib, bunda xiyonat yoki do‘stingizni turmushi o‘pirilishi fakti yuzaga qalqib chiqadi.
Tushingizda yovvoyi g‘ozlar ustida sayr qilib uchayotganligingizni ko‘rishingiz – haqiqiy o‘zgarishlar belgisidir. Tush sohibini yaqin kunlarda dovdiratib qo‘yuvchi g‘oyat zo‘r o‘zgarishlar kutmoqda. Va bu uning hayotidagi barcha doiraga (sfera) o‘z ta‘sirini ijobiy ravishda ko‘rsatadi.
Ayollarning ushbu tushni ko‘rishlari omadli turmushga chiqish va boylikni bildiradi.
Erkaklar tushlarida osmonda parvoz etayotgan g‘ozlarni ko‘rishlari – haqiqiy hayot (o‘ngi)da juda ham latofatli, go‘zal va ehtirosli ayol(qiz)ni uchartishlari va u ayol(qiz) tush sohibining oilaviy turmushi va maqomidan qat‘iy nazar hushtoriga aylanishini bildiradi. Faqatgina tush sohibi o‘z ayoliga nisbatan vafodor bo‘lsagini bu talqin unga istisno sanaladi.


G‘ozlarning rangiga ko‘ra tush talqini

Tushingizda qora g‘ozlarni ko‘rishingiz – katta xavotirlar, kechinmalar va vahimaning ramzi hisoblanadi.
Kulrang g‘oz hissiyotning to‘la tekisligi, o‘lim bilan chegaradosh bo‘lish belgisidir. Bu emotsional ojizlikga o‘xshash yoki hayotdan to‘yish, yashashni istamaslik va butkul ko‘ngli qolish hissiga o‘xshashdir, bir so‘z bilan aytganimizda depressiyani bildiradi.
Tushda oq rangli g‘ozlarni ko‘rish tush sohibining yoshi va jinsidan kelib chiqqan holda talqin etiladi.
Turmushga chiqmagan qizlarning bu tushni ko‘rishlari – boy-badavlat juftni bildiradi. Yosh bolalar va go‘daklar tushlarida oq g‘ozni ko‘rsalar uzoq kutilgan sevimli qarindoshi: bobosi, xola yoki ammasi bilan uchrashishni bildiradi.
Turmushga chiqqan ayollar tushlarida g‘ozlarni ko‘rsalar – uzoq muddat sarf etmasdan erishadigan qiziqarli ish joyni bildiradi.
Tushda g‘ozlarni o‘zlarini tutishlari ham tush talqin etishda muhimdir
Tushingizda g‘ozlarni sotayotganligingizni ko‘rishingiz – moliyaviy tomonlama yoqotishlarni, harid qilmoq – buning aksi daromad belgisidir.
Uchayotgan g‘ozlarni ko‘rishingiz – katta omadsizlik, oq qushlarning parvozi esa buning aksi – baxt va xushxabarlarni bildiradi.
Eng qo‘rqinchli tush haqiqiy hayotdan olingan bo‘lib, bunda tush sohibini g‘ozlar taqib qilib quvayotganligi va cho‘qishga urinayotganligidir – bu tush xiyonat yoki sevimli insoningizdan qattiq ko‘ngilingiz qolishini anglatadi.
Agarda g‘ozlar tush sohibini cho‘qishga muvaffaq bo‘lsalar – sog‘ligingiz to‘g‘risida qayg‘urishingiz va sog‘lig‘ingizga yetarlicha vaqt ajratishingiz lozimligini bildiradi. Sog‘ligingiz yomonlashuvi xavfi mavjud.
Tushingizda tajavvuzkor g‘ozlarni ko‘rish ko‘p tush ta‘birlarining talqiniga ko‘ra tanqidni tez ko‘ngliga olishga moyilligi borligini anglatadi. Bunday emotsional o‘zgaruvchan paytlarda ko‘p vaqtni uyda o‘tkazish va mojoro hamda gap so‘zli janjallarga aralashmaslik tavsiya etiladi.
Tushda g‘ozlarni boqish ya‘ni oziqlantirishni ba‘zi tush ta‘birlarining talqinida bu yaxshi belgi hisoblanadi.
Gustav Miller so‘zlariga ko‘ra tushingizdagi bunday syujetni ko‘rishingizni yaqin kunlarda moliyaviy jihatdan yaxshilanish deb hisoblaydi. Xosse tush ta‘birida esa, tush sohibi vafodor do‘stlarga ega bo‘ladi deya talqinlanadi.
Tushingizda g‘ozlarni tutayotganligingizni ko‘rishingiz – omadning dumidan ushlab qolishingiz belgisidir. Bunda gap lotoreya to‘g‘risida ketayotgan bo‘lishi raqoblaringiz, orasidan siz g‘olib bo‘lishingizni bildirishi mumkin.
Tushda o‘lik g‘ozni ko‘rsangiz Millerning talqiniga ko‘ra – yaqin insonlaringizdan ko‘nglingiz sovishini bildiradi.
Inglizlar tush tabiriga ko‘ra tushda o‘lik qushni ko‘rish baxtsizlik belgisidir. Shuningdek g‘ozlarni o‘ldirish ba‘zi bir vaziyatlardan kelib chiqqan holda talqin etiladi. Agarda sizning o‘zingiz qushni o‘ldirmagan bo‘lsangiz bu sahiy meros olishingizni anglatadi. Bordiyu o‘zingiz bu merosni olishga intizor bo‘lsangiz.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil