Virus tushda ko’rsa tush tabiri

Tush ta’biri talqini: Virus

Tush ta’biri talqinchilari, virusni nima sababdan tushga kirishini talqin etar ekanlar virusga nafaqat kasallik qo’zg’atuvchi mikroblar sifatida, balki kompyuterdagi zararli dasturlar sifatida ham qaraydilar. Ikki holatda ham ushbu tush ko’ngilsizliklar hamda kutilmagan muammolarni bildiradi. O’ngingizda, haqiqiy hayotdagi dushmanlaringiz kuchayadilar, yangi dushmanlar va hasadgo’y insonlar paydo bo’ladi. Ammo tush ta’biri bu holatda tushingizni tafsilotlarini (ikir-chikir) yodga olishingizni maslahat beradi, ba’zi  holatlarda bir qaraganda ahamiyatsizdek ko’rinuvchi ushbu tafsilotlar, tush talqinini butunlay o’zgartirib yuborishi, dushmanlar ustidan g’alabani hamda hayotingizda yangi omadli davr boshlanishini bildirishi mumkin.

Tush ta’biri talqini: Virus

Miller versiyasi:

Tushingizda virus infeksiyasini yuqtirib olganligingizni ko’rishingizni psixolog yoqimsiz mavzuda kechuvchi suhbat va kayfiyatingiz biroz yomonlashishini bildiradi deya talqin etadi.

Turmush qurgan ayollarning ushbu tushni ko’rishlari turmush hayotdan ko’ngli sovishini anglatadi.

Millerning fikriga ko’ra, ushbu tushni ko’rgan nozik xilqat sohibasi erkin qushdek hayot kechirgan davrlarini qo’msaydi.

Agarda tushingizda qadrdon insoningiz betob bo’lib qolgan bo’lsa bu tush sokin oqimdagi ishlaringizni allaqanday favqulotdagi vaziyat buzishini bildiradi.

Bordiyu tushingizda gepatit yuqtirib olganingizni bu sariqlikni rivojlanishiga olib kelganligi ko’rsangiz – Miller ko’ngilsizliklar yechim topishiga umid qilishingiz mumkin ekanligini xabar qiladi. Ammo agarda ushbu kasallikdan boshqa kishi jabr ko’rganligini bo’lsa – o’ngingizda sherigingiz sizga pand berishi va buning natijasida siz foydali taklifni qo’ldan boy berishingizni anglatadi.

Вирус тушда курса туш табири

Eski qadrdon do’stlar

Tushingizda zararli virus kompyuteringizga kirib qolganligini ko’rdingizmi? Bu tush sizni juda ham yangi insonlar bilan muloqot qilishga, do’stona aloqalar bog’lashga intilishingizni bildiradi. Ammo tush talqinchilari eski qadrdon do’stlaringizni ham yodingizdan ko’tarmasligingiz, ular uchun ham vaqt ajratishingiz lozimligini ta’kidlaydi.

Tush ta’biri bordiyu “notebook” qurilmangiz doimo viruslar hujumiga uchrashini,  siz esa ushbu zararli dasturlarni o’chirib tashlayotganligingizni ko’rishingizni: (o’ngingizda) haqiqiy hayotda dushmanlar va hasadgo’y insonlardan qutilishga erishishingizni bildiradi.

Raqiblar ustidan g’alaba

Tushingizda virusga qarshi dastur o’rnatganligingizni ko’rishingiz ogohlantiruvchi belgi hisoblanib: siz hatto o’ylab ham ko’rmagan, xayolingizga ham keltirmagan dushmanlaringiz mavjud ekanligini bildiradi.

Tushda kompyuterni zararli dasturlardan tozalash nimani anglatadi? O’ngingizda foydali aloqalar o’rnatishingiz va dushmanlardan halos bo’lishning uddasidan chiqishingizni bildiradi.

Agarda siz tushingizda virusni topib, uni o’chirganligingizni ko’rsangiz, unda siz kuchli nufuzli  dushmaningizdan xalos bo’lishini bildiradi.

Virus tushda ko'rsa tush tabiri

Me’yor saqlang

Tushingizda “kompyuter” yoki “notebook” qurilmangizni “davolay olmadingizmi”? Dushmaningiz sizga qaqshatqich zarba berishini, ushbu zarbani siz  yumshatish imkoniga ega emasligingizni bildiradi.

Tushingizda dastur virus bilan zararlanganligini bila turib uni ishga tushirganligingizni ko’rdingizmi? Tush ta’birida bu quyidagicha talqin etiladi – o’z ambitsiyalaringizga berilib, qadrdon insoningizni yo’qotishingiz mumkin. Shuningdek bu tush rahbariyatning g’azabiga duchor bo’lishingiz mumkinligini ham bildirishi  mumkin.

Tushda gripp virusi bilan zararlanish nimani anglatadi? Zamonaviy tush ta’biri buni a’lo kayfiyat deya talqin etadi.

Tushning nozik farqlari (nyuanslar)

Tushingizni yanada yaxshi talqin etishingiz uchun uning tafsilotlarini eslang.

Mikrob va viruslarni tekshirishga erishdingizmi? Agarda har bir ikir-chikirdan ayb topaversangiz, oxir-oqibat kulguga qolishingiz hech gap emas.

Tushingizda virus yuqtirib, kasal bo’lib qolganligingizni ko’rsangiz – o’zgarishlar sodir bo’lishini va bu o’zgarishlar sizni mamnun etmasligini bildiradi. Ushbu virusni kimdan yuqtirib olganligingizni bilsangiz – haqiqiy hayotda ushbu inson ko’ngilsizliklar sababchisiga aylanadi.

Tushingizda kasallikdan tez tuzalganligingizni ko’rsangiz – ko’ngilsizliklardan oson xalos bo’lishingizni anglatadi.

Туш таъбири талқини: Вирус

Ovsarlardan nariroq yuring

Tushingizda virus infeksiyasini yuqtirib olganligingizni ko’rishingizni bashoratchi: ishni boshlab, kutilmagan sinovlarga duchor bo’lishingiz mumkin deya talqin etadi. Muammolarni muvaffaqiyatli hal qilishning kaliti bu – vahima qilmaslik va “sovuq” hisob.

Tushingizda kichik, zarradek bo’lgan viruslarni ko’rishga muvaffaq bo’lganligingizni ko’rishingiz – haqiqiy hayotda siz kichik narsalarga katta e’tibor berishingizni bildiradi.

 Mas’uliyatli qaror

 Agarda tushingizda siz aniq bir insondan virus yuqtirishdan qo’rqyapsizmi? O’ngingizda, tushda ko’rgan insoningiz bilan bog’liq bo’lgan qiyin tanlov qabul qilish kerak bo’lishini bildiradi. Tushingizda virus infeksiyasini yaqin insoningiz yuqtirib olganligini ko’rishingiz – qaror qabul qilishingizga to’g’ri kelishini, unda ushbu qarindoshingiz asosiy rol o’ynashini bildiradi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil