7 raqami ostida tugʻilgan insonlar

7raqamini juda koʻpchilik yaxshi koʻradi va uni baht, omad ramzi, deb biladi. Shuningdek, mazkur raqam dehqonchilik va hosildorlik ramzi hamdir. Ushbu kunda tugʻilganlar mehribon insonlar boʻlib, boshqalardan jamiyatda yetakchilik, rahbarlik sifatlari bilan ajralib turadilar.

Ular yaqinlariga sovgʻa sotib olish va ularning koʻnglini topishni yaxshi koʻradilar. Barcha bayram va tadbirlar tashkilotchiligini zimmalariga oladilar va bu ishni zoʻr ishtiyoq bilan bajaradilar. Bundaylarning boshqalarga ishonishlari juda qiyin va shu bois ham doʻstlari soni salmoqli. Haq boʻlish – boʻlmasliklaridan qatiy nazar, oʻzgalar bilan talashib tortishishni, boshqalarni kamchiliklari uchun haqorat qilishni munosib, deb biladilar.

Maqtovlarni qanchalik hush koʻrishmasin, tanqidni shunchalik koʻtarolmaydilar. Ular koʻrimsiz, kishi etiboridan chetda qolgan joylarga sigʻmaydilar. Biror ish oʻzlarining zarariga ketayotgan boʻlsa – da, magʻrur boshlarini aslo egmaydilar.

Maslahatlariga quloq tuting

Ular eng yaxshi maslaxat beradigan ishchilardir. Juda hissiyotchan. Pulni yaxshi koʻradilar, hayotlarida uni birinchi oʻringa qoʻymasalarda, asab va xotirjamlikni taminlovchi vosita, deb biladilar. Agar oʻzlaridan kimdir qarz soʻrasa, oʻzida pul boʻlmasa – da, topib beradi. Shuning uchun ham boshqalarda ular pulsiz yurmaydi, degan tasavvur paydo boʻladi.

7 raqami sohiblar hamma sohada yetakchi, chunki ular oʻzlariga nisbatan talabchanlikni hech qachon yoʻqotmaydilar va boshlagan ishlarini ohiriga yetkazmasdan qoʻymaydilar. Tugʻilgan sanasi 7 raqami bilan bogʻliq insonlarga hos eng muhim hususiyat – ular doim sevib – sevilib yashaydilar. Aldanishlari mumkin, lekin ulardagi bu koʻngilsizlik uzoq vaqt davom etmaydi.

Tabiatan ogʻir, bosiq boʻlsalarda, sevgan insonlari bilan ochilib-sochilib gaplashadilar. Ayollar ham, erkaklar ham turmushda oʻzlari uchun belgilab qoʻyilgan barcha ishlarni bir-birlari uchun sitqidildan bajaradilar. Buni burchlari yuzasidan emas, azbaroyi bir-birlariga muhabbatlari yuzasidan deb tushinish kerak.

Munosabatlarda jiddiy bo’ling

Ular uchun mayda chuyda narsaning oʻzi yoʻq. Va bunday insonlar bilan munosabatga jiddiy qaralmasa, ikkinchi tomonga qiyin boʻlishi mumkin. Shuningdek, sevgi bobida ayollar ham, erkaklar ham boʻlajak turmush oʻrtoqlariga nisbatan juda talabchandir.

Ular sevgi munosabatlariga aqil nuqtai nazaridan ham qaraydilar. Ayniqsa, ayollar oʻzlaridan kuchli boʻlmagan erkaklarni sevolmaydilar, erkaklar esa tanlagan ayollaridan har jihatdan mukmmalikni talab qiladilar. Tabiatan juda xushchaqachaq va xushmomila. Lekin biroz tartibsizroq. Yaltiroq narsalarga nihoyatda oʻch boʻlishadi.

Intelektual salohiyati yuksak. Juda koʻp oʻqishadi. Doʻstlari bilan har qanday masalada kelishib keta oladilar va aytish joizki, ular haqiqiy doʻstdirlar. Bundaylar boshqalardagi halollik, tejamkorlik, haqiqatparvarlik va mardlikni ulugʻlaydilar.

Barcha ishlarda mustaqil inson

Biror masalani hal qilish kerak boʻlganda boshqalarning oldiga yugurib borishmaydi – hammasini oʻzlari hal qiladilar. Ishlarini tartibsizlik bilan bajaradilar. Uyning, deraza va romlarini tozaligi ularning hayoti uchun muhim ahamiyatga ega emas. Oʻz hayotlarida hammasi toʻla-toʻkis boʻlishini istashadi va ularning bazilari bunday toʻkislikka erishadilar ham.

Mazkur raqam sohiblari hamma vaqt tanlashadi: yeyishda, ichishda, kiyinishda va, hatto sevgida ham… Tanqidni yoqtirmaydilar, shuning uchun kamchilik va nuqsonlarini ularga shirinsoʻz va xushmuomalalik bilan tushuntirish kerak. Ular bahtga ham, bahtsizlikka ham odamning oʻzi sababchi boʻladi, deb hisoblashadi.

Odamlarning ojizliklariga achinishdan koʻra, ularning ustidan kulishlari mumkin. Bu ularning toshbagʻirliklaridan emas, balki hamma muvaffaqiyatga oʻz kuchu bilan erishganliklari hamda inson oʻz harakati bilan istagan narsasiga erishishi mumkinligiga ishonganliklaridandir.

Xiyonatni aslo kechirishmaydi. Bir umr gap-soʻzga qolib yashashlari mumkin, ammo bir umr aldanib yasholmaydilar. Ular shunday kuchli harakterdagi insonlarki, aql va hisiyotlarini mujassam etgan holda qaror qabul qila oladilar va kamdan-kam hollarda adashadilar.

Yaqinlaringiz va do’stlaringiz shu raqamlardan biri ostida tug’ilgan!

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil