Tush taʼbiri: Sobiq eng yaqin dugona
Sobiq eng yaqin dugona tushda ko’rsa tush tabiri. Tush taʼbiri
Tushingizda nima sababdan sobiq dugonangizni koʻrdingiz? Agarda siz, tush taʼbirlariga murojaat qilsangiz, bu raqobat va raqiblik ramzi ekanligini bilib olasiz. Ammo tushni yanada aniq talqin qilish uchun nima bilan mashgʻul boʻlganingiz va nima sababdan dugonangiz haqiqiy hayotda sobiq dugonaga aylanganligini xotirlang.
Miller tush taʼbiri
Taniqli ruhshunos ushbu obrazni nima sababdan tushingizda koʻrganligingizni talqin qilishda birga nima qilganligingizni xotirlashingizni maslahat beradi. Bu vaziyatda bordi-yu birgalikda vaqtingizni yaxshi maroqli oʻtkazganligingizni koʻrsangiz haqiqiy hayotda qadrdon doʻstingiz toʻgʻrisida yaxshi xabar eshitishingizni bildiradi. Agarda dugonangiz qaygʻuingizga sherik boʻlganligini koʻrishingiz – bu xabarlar yoqimsiz, yaʼni noxush boʻlishini bildiradi.
Mojaro, urush, janjal
Bordi-yu tushingizda dugonangiz bilan tomoq qiriladigan darajadagi baland ovozda va yigʻi aralash urishayotganligingizni koʻrishingiz Ezop tush taʼbiri koʻra quyidagicha talqin etiladi: tush sohibi atrofdagilarning eʼtibori aynan unga qaratilishini istaydi. Agarda dugonangiz haqiqiy hayotda bu foniy dunyoni tark etgan, tushingizda esa sizlar bir-biringizni xuddi mushuklar kabi buydalayotganligingiz va koʻproq shikast yetkazishga harakat qilayotganliklaringizni koʻrishingiz – haqiqiy hayotda siz uni juda qoʻmsab, sogʻinayotganligingizni bildiradi. Bundan tashqari, siz hali hamon uning bu dunyoni tark etganligiga koʻnikaolmayotganligingizni ham belgisidir.
Mojaro,urush,janjal sabablari
Sobiq yaqin dugonangiz bilan janjallashganligingizni koʻrdingizmi? Bu nimani anglatishini va tush taʼbiri bunday syujetni qanday talqinin qilishini bilmoqchimisiz? Unda siz tush tafsilotlarini yaxshilab yodga oling va janjalning asl sababi nimada ekanligiga eʼtibor qarating.
Sevimli juftingiz (yigitingiz, eringiz) – tush sohibasi oʻzini xunuk deb hisoblaydi.
Professional ish faoliyat yoki oʻqish – atrofdagilar sizning xarakteringiz haqida yomon soʻzlar aytadi.
Imij, tashqi koʻrinish – siz oʻz stilingizga nisbatan ishonchli emassiz.
Kelishmovchiliklar – sizni boshqarishishlariga yoʻl qoʻymang.
U sizni aldadi – raqibingiz paydo boʻlishini.
U homilador – katta daromadni bildiradi.
Birgalikda vaqtni quvnoq oʻtkazish
Tushingizda oʻzingizni yosh qizcha ekanligingizni va yoningizda siz bilan ushbu yoshdagi eng yaqin dugonangizni koʻrishingiz qanday talqin etilishiga qiziqyapsizmi? Agarda siz u bilan birgalikda quvonchli daqiqalarni boshdan kechirayotganligingizni, birga vaqtichogʻlik yoki ahmoqgarchiliklar qilayotganligingizni ko’rsangiz tez orada taqdir sizga bir nechta ajoyib kutilmagan narsalarni taqim etadi.
Pastor Loffning tush taʼbiridagi talqinlarga ko’ra agarda ayollar o’z tushlarida juftining sobiq maʼshuqasi bilan doʻstona aloqa qilayotganligini koʻrishlari, haqiqiy hayotda tush sohibasi juda rashkchi va doim juftining uning uchun begona insonga aylanishidan hadiksirashini bildiradi.
Boshqa fikrni Svetkov tush taʼbiri qoʻllab quvvatlaydi. Uning fikricha tush sohibining xotini eski tanish qiz bilan birga koʻrishi – haqiqiy hayotda sizlarga oilaviy hayotda keskin hissiyotlar yetishmasligini bildiradi. Siz kundalik turmushingizga ozgina boʻlsa ham xilma-xillik olib kirishga tayyorsiz, ammo bu jinsiy hayotga taalluqli boʻlmasligi mumkin.
Boshqa talqinlar
Tushingizda sobiq dugonangiz bilan haqiqatdan ham tanishgan paytingizni koʻrdingizmi? Xasse xonim tush taʼbiri sizni xursand qilishga shoshadi: yaqin orada siz uzoq yillardan beri orzu qilayotgan narsangizga erishasiz.
Agarda tushingizda eng yaqin dugonangiz siz bilan gaplashishdan, aloqa qilishdan qochishga harakat qilayotganligini va u oʻzini xuddi sizni tanimagandek tutayotganligini koʻrsangiz – haqiqiy hayotda oʻngingizda moʻmay daromadni qoʻlga kiritishingiz, bu birinchi uddasidan chiqilmaydigan koʻringan ishdan olinishini bildiradi.
Tushingizda sobiq eng yaqin dugonangizdan nimagadir qochayotganligngizni koʻrishingiz – muammolaringizni yechishda sizga yordam kerakligini bildiradi.
Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...
Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil
Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...
Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil