Vafot etgan ota-onalar ta’birnomaning ta’lqini
Tushida o’lgan ota-onalarni ko’rdi tush tabiri
Vafot etgan ota-onani tushda tirik ko‘rishning, – belgisi, psixolog va olimlarni qiziqtiradi. Ta’birnomalar ham vafot etgan ota-onalarni tushda ko‘rishning talqinini topishga harakat qilishmoqda.
Olimlarning fikri
Agar tushingizda siz vafot etgan ota-onangiz tirik va yosharganini ko‘rgan bo‘lsangiz, unda o‘ngingizda sizga omad va muvffaqiyat hamroh bo‘ladi. Bu fikrni hatto skeptik olimlar ham inkor etmaydilar.
Psixologlarning ta’kidlashicha, ikkala ota-onangizni ham tirik ko‘rgan tushingiz neytral (yomon ham, yaxshi ham ta’sir ko‘rsatmaydigan) hisoblanadi. Ehtimol, voqealar rivoji sog‘inch xotiralari va qadrli odamlarni yo‘qotishga ko‘nikishni xohlamaslik bilan vujudga kelgan.

Ruhoniylar nima deb o‘ylashadi
Ruhoniylar uchun tushda vafot etgan ota-onalarni ko‘rish, o‘ngdagi tugallanmagan ishlarni bildradi. Ularning fikriga ko‘ra, marhumlar bilan suhbatni batafsil eslash kerak. Bundan tashqari, siz ularning gaplariga ishonishingiz va har doim ularning tavsiyalariga amal qilishingiz kerak. Agar vafot etgan ota-onalar imonli (xudoga ishonuvchi) bo‘lishgan bo‘lsa, unda siz an’analarga muvofiq ularning xotirasini hurmat bilan esga olishingiz kerak: cherkovda ibodatga buyurtma bering, bolalarga shirinliklar tarqating, muhtojlarga yordam bering. Odatda, bundan keyin marhumlar tushga kamroq kirishadi.
Millerning bashorati
Millerning ta’birnomasi vafot etgan ota-onalar yana nima uchun tushingizga kirishini talqin qiladi. Tushning to‘g‘ri talqinini topish uchun, sizning kayfiyatingizga va tuyg‘ularingizga e’tibor berish kerak. Agar tushingizda vaqtingizni juda yaxshi suhbat bilan o‘tkazgan bo‘lsangiz, unda sizning barcha boshlagan ishlaringizda omad hamroh bo‘ladi. Agar tushingizda urishib yoki janjallashib qolgan bo‘lsangiz, unda o‘ngingizda ham janjal va ko‘ngilsizliklardan qutula olmaysiz. Tushda marhumni janjalga undamaslikka harakat qiling va so‘zlaringizga e’tibor bering.
Hushyor bo‘ling
Ezoterik ta’birnomaga ko‘ra, agar ota-onangizni birgalikda tushingizda ko‘rgan bo‘lsangiz, demak o‘ngingizda siz qiyin holatga tushib qolgansiz. Agar siz tushingizda umuman marhum bilan urushgan va janjallashgan bo‘lsangiz, unda siz hayotda juda ehtiyot va hushyor bo‘lishingiz kerak. Bulutlar asta-sekin sizning boshingizga yi-ilmoqda. Ta’birnomaga ko‘ra, siz juda beparvosiz va joylashtirilgan tuzoqlarni sezmasligingiz mumkin.

Ko‘ngilsizliklardan qoching
Tushingizda, vafot etgan onangiz yoki otangiz sizni o‘zlarining orqasidan yurishga undashi nimadan darak berishi mumkin? Veles ta’birnomasining ta’kidlashicha, agar siz ularning chaqirig‘iga javob bersangiz, o‘ngingizda jiddiy muammolarni keltirib chivarasiz. Faqat qat’iyat rad etib, siz muammolardan va mumkin bo‘lgan o‘limdan qutilishingiz mumkin.
Xalq hikmati
Marhum ota-onalarni tushida ko‘rish yana nimadan darak beradi? Yaqinda ob-havo keskin o‘zgaradi. Albatta, ob-havo sharoitlarining o‘zgarishi uchun juda ko‘p boshqa holatlar mavjud. Shuning uchun, xalq hikmatlariga ishonish yoki ishonmaslik sizga bog‘liq.
Vanganing fikri
Vanganing ta’birnomasiga ko‘ra, tushingizga ona va ota timsoli, sizning hayotingiz haqida mulohaza qilishingiz uchun kiradi. Demak otani tirik ko‘rish, xatolaringizdan xulosa chiqarmayotganingiz belgisidir, siz esa bundan qanday foyda ko‘rishni o‘rganishingiz kerak.
Agar tushda vafot etgan onaning timsoli tez-tez ko‘rinsa, demak u sizni biron bir narsdan ogohlantirmoqchi. Ehtimol, sizning ko‘ngil ishlarida tajribangiz yo‘q va hozir chorrahada turibsiz. Onangiz sizning hayotingizni yomon tomonga o‘zgrtirishi mumkin bo‘lgan xatolardan saqlamoqchi.
- Avtohalokat tush tabiri to‘liq malumot
- Ayol tushda ko‘rsa tush tabiri
- Tushingizda tirik buvingizni vafot etayotganligini koʻrishingiz
- Tush kitobda qo’rquv talqini
- Islom olami va tushlari
- Tushdagi kasallikni ko’rish tush tabiri
- Qon tushda tush tabiri
- Tush kitobida quvonchning talqini.
- Oʻlgan odamni tushda koʻrsa
Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...
Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil
Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...
Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil