Tilla tushda tush tabiri
Tilla tushda korsa tush tabiri – Tushdagi tilla koʻp hollarda inson oldida katta oʻzgarishlar bor ekanligidan ogoh etadi. Bundan tashqari bunday tushni koʻrgan kishi zafar va muvaffaqiyatlarga erishishidan dalolat.
Agar siz tushda qoʻlingizda tilla borligini koʻrsangiz, Boshlagan ishingizda yaxshi natijalarga erishishingizga dalolat. Bordiyu ayol kishi tilla buyum uzuk yoki zirakni sovgʻa tariqasida olsa, oʻngida boy lekin hasis odamga umr yoʻldosh boʻladi.
Agar tushingizda tilla topib olsangiz, qadr qimmat, boylik, harmatga oson yoʻl bilan ega boʻlasiz. Bordiyu siz tushingizda tilla yoʻqotib qoʻysangiz, beparvoligingiz sabab yaxshi imkoniyatlardan mahrum boʻlishingiz mumkinligi haqida ogoh etadi.
Kishi tushida tilla koniga duch kelsa yoki uni topsa, oʻngida qiyin lekin sharafli ishni boshidan tutadi. Bordiyu tushda oltin konida ishlashni niyyat qilib turgan boʻlsangiz, oʻngingizda boshqalarning ishiga nohaq aralashayotgan ekansiz.
Tilla tushda: Vanga tabiri
Taniqli bashoratchi Vanga tushdagi tillani quyidagicha tasvirlaydi. Oltin yani tilla bu boylik kelishini ifoda etuvchi tush hisoblanadi. Bundan tashqari tushdagi oltin qay holatda tushingizga kirgani ham ahamiyatga ega. Misol uchun siz oltin topib oldingizmi yoki uni sovgʻa qilishdimi.
Bundan tashqari tushdagi tilla soxta boʻlsa, soxtalik belgisi boʻlishi ham mumkin. Tillani tishlab koʻrish yoki uni yutish, ijodkor kishi uchun muvaffaqiyatlar eshigi ochilishidan darak beradi. Tillani ushlab koʻrish, omadli imkoniyatlarni qoʻldan boy berish demakdir.
Tilla tush tabiri: Har hil tabirlardan
Ibn Siyriyn aytibdilarkim, har kim tilla koʻrsa, bemor boʻlgay yoki tashvish paydo boʻlgay. Agar tilla yoʻqotsa bemorlikdan shifo topgay. Agar obodonlik joydan topsa, albatta shifo boʻlgay.
Hazrati Doniyol alayhissalom aytibdilarkim, har kim tushda tlloni koʻrsa va ular beshdan kam boʻlsa,unga andux yetgay. Agar beshdan koʻp boʻlsa,benihoyat hursandchilik koʻrgay. Agar bir dona yoki yuz ming dona qizil tilloni koʻrsa yoki olsa, unga ilm xosil boʻlgay. Ilm orqasidan koʻp mol dunyo topib, boy boʻlgay. Bordiyu qoʻlidan tillosi tushib ketsa, uning farzandiga musibat yetgay.
Hofiziddin aytibdilarkim, tushda tillo koʻrish xotin, farzand, kanizakka va be mehnat hosil boʻladigan koʻp mol dunyoga dalolat qilgʻay. Ibn Siyriyn Rahmatulloh alayh aytibdilarkim, har kim tushda tilloni koʻrsa, erkaklarga gʻam andux boʻlgay. Hotinlarga esa hursandchilik. Agar kishi zar topsa yoki birov unga zar bersa, bergan zari miqdoricha isrofgarchilikboʻladi.
Agar tushda zar olsa yoki sotsa, unga gʻam tashvish yetishgay. Agar zarni uyiga toʻplasa, unga gʻoyibdan mol yetgay. Agar zarni yoysa moli isrof boʻlgay. Ibn Siyriyn aytibdilarkim, har kim tushda tillani koʻrsa, oʻngida ham tilloni koʻrgay.
Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...
Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil
Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...
Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil