Tish tushda ko’rsa nima bo’ladi batafsil malumot
Tish tushda ko’rsa tabiri nima bo’ladi? Tushda shunchaki tishlarni ko‘rishingiz — kasalliklarni yoki haddan tashqari notinch insonlar bilan aloqada bo‘lishingizni hamda ular o‘z faolligi bilan sizning kuchingizni tortib olishlarini bildiradi.
Agarda siz tushda o‘z tishlaringizni ko‘rsangiz va ular kerakli miqdorda bo‘lsa — bu tush bir qator sinovlardan so‘ng siz o‘z qadringizni tiklashingizni anglatadi.
Bordiyu tushda tishlaringizni juda chiroyli ekanligini ularni ko‘rib maftun bo‘layotganligingizni ko‘rsangiz — orzularingizning amalga oshganligidan va sevimli do‘stlaringiz bilan uchrashuvdan huzurlanishingizni ifodalaydi.
Tushda sun’iy tishlarni ko‘rishingiz esa qiyinchiliklar va kurashlarni bildiradi.
Tushda sinib tushayotgan tishlarni ko‘rishingiz — o‘ngingizda siz juda ham charchashingizni va bu charchoq sizning ahvolingiz va ish faoliyatingizga ham salbiy ta’sir etishini anglatadi.
Tushda qiyshiq, yomon tishlarni ko‘rishingiz — o‘ngingizda sodir bo‘lishi kutilayotgan butun bir muammolar zanjirining peshqadamlaridir. Bular rejalaringiz va umidlaringizning barbod bo‘lishidan tortib qashshoqlik va kasallikka hamda asabiy charchoqqa qadar bo‘lishi mumkinligini bildiradi.
Tushda tishlaringizni yuvayotganligingiz yoki chayayotganligingizni ko‘rishingiz — o‘ngingizda baxtingizni saqlab qolish uchun juda ko‘p harakat qilishingiz kerakligi to‘g‘risida ogohlantiradi.
Tushda tish ko’rsa vanga tabiri bo‘yicha
Bordiyu tushda tishlaringizni tish shifokori tozalaganligini ammo ular tez orada yana sarg‘ayib qolganligini ko‘rsangiz — bu tush biznes hamkorlaringizni ehtiyotkorlik bilan tanlashingiz kerakligini bildiradi.
Siz o‘z fikr va g‘oyalaringizni tovlamachi insonlarga ishonib topshirishingiz mumkinligini va tovlamachilik qurboniga aylanishingiz mumkinligini anglatadi.
Bordiyu tushda tishlaringizdagi g‘ubor qatlami o‘z-o‘zidan tushib ketganligini va tishlar avvalgi go‘zal ko‘rinishiga qaytganligini ko‘rishingiz — sizning sog‘lig‘ingiz bilan bog‘liq muammolaringiz vaqtinchalik ekanligini anglatadi.
Tushingizda har qaysi usul bilan bo‘lsa ham tishsiz qolish doimo yomonlik, baxtsizlikning belgisidir.
Bordiyu tushda tish shifokori tishingizni olib tashlaganligini yoki o‘zingiz tishingizni tupurib tashlaganligingizni ko‘rishingiz — sizning yoki yaqinlaringizning jiddiy va uzoq davom etadigan kasallik bilan og‘rishlarini bildiradi.
Tushda tishlaringizni yo‘qotganligingizni ko‘rishingiz — mag‘rurlik va behuda ishlarga zarba berishini; urib sindirganligingizni ko‘rishingiz — dushmanlaringizning sizga qarshi hiylalarini.
Kasaligi, chirib yiringlaganligi sababli ularni o‘zingiz olib tashlaganligingizni ko‘rishingiz — ochlik va o‘lim qurboniga aylanishingizni bildiradi.
Tush tabiri tish miller tabiri bo‘yicha
Tushda tishingizn sug‘irib olgandan keyin uni yo‘qotib qo‘yishingiz va tilingiz bilan teshik joyini paypaslashga harakat qilayotganligingizni ammo uni hech ham topolmayotganligingizni ko‘rishingiz — o‘ngingizda qandaydir bir kishi bilan o‘rtangizda bo‘lib o‘tadigan istalmagan uchrashuv sizni kutmoqdaligini bildiradi.
Muloqot davomli bo‘ladi va boshqalarning egri qarashlariga qaramay, sizga zavq bag‘ishlaydi.
Shu bilan birgalikda tushda qancha tishingizni yo‘qotganingiz ham muhim sanaladi: bitta tish yo‘qotganingizni ko‘rishingiz noxush yangiliklar eshitishingizni.
Ikkita tish yo‘qotganingizni ko‘rishingiz — o‘z beparvoliklaringiz tufayli hayotingizda qora kunlar boshlanishini.
Uchta tishni yo‘qotganligingizni ko‘rishingiz — katta muammolarga duch kelishingizni; ularning barchasini yo‘qotganingizni ko‘rishingiz — turli baxtsizlik va qayg‘ularni ifodalaydi.
Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...
Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil
Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...
Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil