Avtobus sizsiz ketganligini ko’rsangiz tush tabiri

Tushingizda avtobusga ma’lum sabablarga ko’ra kech qolganligingizni va ushbu transport vositasi sizsiz ketib qolayotganligini ko’rishingiz qanday ma’no kasb etishini quyidagi talqinlar orqali bilib olish imkoniyatiga ega bo’lishingiz mumkin.

Tushda katta hajmdagi transport vosita (avtomobil) lar doim katta o’zgarishlar belgisi hisoblanadi. Bu tush qanday ma’no kasb etishini talqin etish uchun tushingizda ko’rgan barcha detall ya’ni mayda-chuydalarga e’tibor qaratishingiz va har birini yodga olishingiz lozim hisoblanadi.

Avtobus sizsiz ketganligini ko'rsangiz tush tabiri

Miller tush tabiri:

Tushingizda avtobus sizsiz ketib qolganligini  ya’ni siz bekatda qolib ketganliginigizni ko’rsangiz – buni ogohlantirish deb qabul qilishingiz lozim. Bu tush ehtimol yaqin orada siz muvaffaqqiyatsizlikka uchrashingiz xavfi mavjudligidan ogohlantiradi. Muvaffaqqiyatsizliklardan qochish uchun ya’ni muvaffaqqiyatsizliklarni chetlab o’tish uchun,  sizdan mansabi yuqori bo’lgan insonlarga qo’pol muomalada bo’lishdan ehtiyot bo’lishingiz kerak. Bundan tashqari siz mushkul vaziyatlarda tavakkal qaror qabul qilgan holda ish yuritishingizga to’g’ri kelishini bildiradi. Asosiysi doim olg’a qadam tashlash va butun bir ma’suliyatni anglay bilish lozimdir.

Tashvish va kechinmalar

Mashhur psixolog Zigmund Freyd tushda avtobusni sizsiz ketayotganligini ko’rishni quyidagicha talqin etadi:

Freydning fikricha bu tush kelajakdagi tashvish va kechinmalarni anglatadi. Agarda tushingizda siz avtobusning sizsiz ketayotganligini ko’rsangiz –  noqulay sharoitni bildiradi. Balkim bu jahlingiz chiqishi va g’azablanish holida namoyon bo’luvchi ruhiy buzilish, yoki miyangizda o’rnashib qolgan maqsad yoki fikr bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Uyqudan  uyg’onganingizda esa o’lim qo’rquvi paydo bo’lishi mumkin.

Vanganing tush ta’biriga ko’ra:

Avtobusning sizsiz ketayotganligini ko’rishingiz eski o’kinchlaringiz qaytishini bildiradi. Agarda tushingizda siz jamoat transportini qulayotganligini ko’rsangiz (masalan, ko’prik yoki tog’dan), bu tush katta va murakkab ish hajmini bildiradi. Ammo, agarda uyqudan keyin birinchi 10 soat ichida siz uydan tashqariga chiqmasangiz va hech qanday qo’ng’iroqlarga javob bermasangiz yuqoridagi vaziyatni chetlab o’tish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Toliqish va charchash:

Bunday tush nima sababdan tushingizga kirayotganligini bilish uchun zamonaviy tush ta’biri sizga yaqindan yordam beradi. Agarda tushingizda sizsiz ketgan avtobus (ikarus)ning haydovchisi ekanligingizni ko’rsangiz – kelajakda duch kelishingiz mumkin bo’lgan uy- ro’zg’or tashvishlarini bildiradi. Agarda transport sizdan sekin uzoqlashayotganligini ko’rsangiz – o’zingizdan be’mani harakat yoki muomala kutishingiz lozimligini bildiradi. Agarda tushingizda siz uzoqlashib keyayotgan avtobusda radio yoki keyingi bekatni e’lon qilayotganligini eshitsangiz – tush ta’biri ish joyingizni o’zgartirishingizni maslahat beradi.

Agarda tushingizda siz ketayotgan avtobus o’zidan keyin qora tutun chiqarsa, ko’plab tashvishlar va foydasiz ishlarni kutishingiz lozimligini bildiradi. Hammasi tush sohibiga bog’liq tushni aniqroq talqin etish uchun tush sohibi kim ekanligi, hayotda nima bilan mashg’ul bo’lishi va o’zini kim deb hisoblashi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Tushingizda avtobusni sizsiz ketganligi ko’rishingiz nimani anglatadi?

Agarda siz (o’ngingizda) haqiqiy hayotda hastalanib qolsangiz – daromadni;

Agarda siz biznesmen ya’ni ishbilarmon bo’lsangiz – keyinchalik o’zini oqlovchi, katta qaltisliklarni;

Agarda siz uy bekasi bo’lsangiz – kutilmaganda tashrif buyuruvchi eski tanishingizni;

Agarda siz navqiron yigit bo’lsangiz – sevgan insoningiz bilan yuzaga keluvchi tushunmovchiliklarni;

Agarda siz nafaqada bo’lsangiz – sayohat bilan bog’liq noxush yangiliklarni;

Agarda  siz talaba yoki o’quvchi bo’lsangiz – hayotdagi yangi kashfiyotlarni;

Agarda nikohda bo’lsangiz ya’ni turmush qurgan bo’lsangiz – juftingiz tomonidan aldovga uchrashingizni;

Agarda siz haqiqiy  hayotda hech qachon jamoat transportidan foydalanmasangiz – tush ta’biri sizga buyuk ishlarning boshlanishini bildiradi.

Avtobus sizsiz ketganligini ko'rsangiz tush tabiri

Nima sababdab avtobusga kech qolganligingiz sabablarini ko’rib chiqsak.

Tushning haqiqati avtobusga nima sababdan kechikkanligingiz sababiga ko’ra ochilishi mumkin:

Ataylab kech qolganligingiz ko’rsangiz – uzoq davom etuvchi xavotir, notinchlikni ;

To’satdan kech qolganligingizni yoki yugurib yetolmagsnligingizni ko’rsangiz – buzuq (iflos fikr) o’y-xayollaringiz bilan bog’liq ogohlantirishni bildiradi.

Uxlab qolganligingiz sabab kechikkanligingizni ko’rsangiz – uzoq qarindoshingizdan (darak ma’lumot) xabar olishingiz.

Qo’yib yuborganligingiz ko’rsangiz – meros bilan bog’liq muammolarni bildiradi.

2018 yilgi tush ta’biri quyidagicha talqin etiladi- hoynahoy siz doimo nimanidir qilishga ulgurmaysiz va muhim hodisalarga kech qolasiz. Ma’suliyatli inson bo’lishga harakat qiling, kunlik reja tuzishga, uyg’otgich (budilnik) qo’yishga odatlaning.

Ba’zi hollarda tush tabiri shaxsiy hayotingizdagi global o’zgarishlarni bildiradi. Agarda tush sohibi ketayotgan jamoat transportini raqamini ko’rishga muvafaq bo’lsa bu o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin. Aynan ushbu sanoq (raqam) buyuk o’zgarishlarning belgisi hisoblanadi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil