Avtobus tushda ko‘rsa tush tabiri

Avtobus tushda ko‘rsa nima bo‘ladi? Tushda ko‘rilgan avtobus yoki biron bir transport vositasi, inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega sanaladi.

Tushda avtobus korsa

Agarda biron bir kishi tushida avtobus haydayotganini yani uni boshqarib ketayotganligini koʻrsa, oʻngida tashkilot yoki biron bir boʻlimga rahbarlik qiladi. Agar tush sohibi avtobus ichida ketayotganligini koʻrsa, demak, bu inson hayotda oddiy kishilar singari umr kechiradi.

Avtobus tushda ko‘rsa: Vanga Tabiri bo‘yicha

Taniqli bashoratchi Vanga tushdagi avtobusni quyidagicha talqin qiladi. Bordiyu biron kim tushida avtobusga minsa, uzoq vaqtdan beri uchratmagan doʻstiga duch keladi. Agar kishi tushida avtobus boshqarib ketayotgan boʻlsa, uni uzoq safar kutadi.

Tush tabiri avtobus

Boshqa tabirlarda kelishicha tushdagi avtobus haydovchisi oʻngdagi, rejalashtrilgan ishlarning amalga oshmasligi haqida ogoh etadi. Bordiyu avtobus tiqilinch holda boʻlib, tush sohibi qiynalib manziliga yetib olsa, oʻylagan reja va ishlari qiyinchiliklar orqali amalga oshadi.

Agar tush sohibi moʻljalidagi avtobusga emas, aksincha boshqa yo‘nalishdagi avtobusga oʻtirsa, bu tush uning, hayotda tutayotgan yoʻli notoʻgʻri ekanligini bildiradi.

Tush tabiri avtobus: Miller tabiri bo‘yicha

Oʻz zamonasining taniqli ulamosi Miller avtobusda yurishni shunday tabir qiladi. Kimda kim tushida avtobus ichida yurgan boʻlsa, rejadagi ishlari vaqti kelib ushalishiga dalolat beradi. Buning uchun tush sohibidan tinimsiz mehnat talab qilinadi.

Avtobusda yurish

Agar tush sohibi tushida avtobusni qiyinchilik bilan boshqarib ketayotgan boʻlsa, kam harakatliligi evaziga boshqalardan ortda qolayotganiga ishora. Bunday paytda kishi oʻz ustida ishlashi kerakligini bildiradi.

Tushda bekat ko‘rsa: Nostradamus tabiri bo‘yicha

Kimda kim tushida bekat koʻrsa va shu bekat orqali kutgan transport vositasi yordamida manziliga yetib olsa, bundan chiqdi tush soxibining orzulari vaqti kelib amalga oshadi. Agar buning aksi boʻlsa, yani, kutgan transport vositasi kelmasa, istaklari ushalmasligi mumkinligidan ogoh etadi.

Tush tabiri yo’l: Ibn Sirin tabiri bo‘yicha

Oʻz zamonasining taniqli tabirchisi Ibn Siyriyn shunday deydi. Kimda kim tushida yoʻl koʻrsa, dalilkim, shariat va dinda mustahkam boʻlgay. Agar insonlarga yoʻl koʻrsatsa, ularni hidoyat qilgay.

Bordiyu tush sohibi, tushda yoʻldan adashganligini koʻrsa, dinida va dunyoviy ishlarda hayronlikda qoladi. Bordiyu biron zotni yoʻlidan chaqirsa, dalilkim gunohga qoʻl urgay.

Bugun boshqalar o‘qigan tushlar tabiri

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil