Abort tush tabiri to‘liq malumot

Abort tushda ko‘rsa nimadan darak beradi? Tushda homilangizni oldirganligingizni ya’ni tibbiyot tili bilan aytilganda “abort” qildirganligingizni ko’rishingiz o’ngingizda teskari ma’no kasb etishi ya’ni  haqiqiy hayotda (o’ngingizda) homilador bo’lishingiz hamda yengil bahayr tug’riqni anglatishi mumkin.

Abort tushda ko‘rsa

Abort nima sababdan tushga kirishi to’g’risida tush ta’birlarida ko’plab qator talqinlar mavjud. Tushingizda bunday keskin va o’zgartirib bo’lmaydigan qilg’ilik (qilmish)ni ko’rishingiz – hayotda ko’p o’ylab o’tirmasdan, shoshqaloqlik bilan qaror qabul qilishga odatlanganligingizni va bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bildiradi.

Bunday tushni asosan nozik hilqat sohibalari ya’ni ayollar ko’radilar chunki bu holat ularning fiziologik jihatlari bilan bevosita va bilvosita bog’liq hisoblanadi. Ammo shunga qaramay ba’zi hollarda bu tushni erkakalar ham ko’rishlari mumkindir.

Erkaklarning abort tog’risida tush ko’rishlari o’z umr yo’ldoshi yoki sevikli ayoli (ikkinchi yarmi)ga nisbatab yanada e’tiborliroq bo’lishi lozimligini anglatadi.

Bu to’g’risida mashxur misollar ham mavjud bo’lib unga ko’ra ushbu tush erkaklarni o’z ayollari, sevimli kishisi xavf ostida ekanligi yoki uning jiddiy muammosi bor ekanligi haqida ogohlantirgan. Agarda ayollar bunday salbiy ma’noda hayratga soluvchi tushni ko’rsalar erkaklardan bir muncha farqli o’laroq ma’lum bo’lgan o’z muommolari hamda havotirli holatlariga belgi beradi.

Homilani oldirish ya’ni abort tog’risidagi tushni nafaqat turmushli ayollar balki yosh qizlar ham ko’rishlari mumkin. Bunday syujetli tushni ko’p hollarda nozik hilqat sohibalari sevib qolgan vaqtda orzusidagi erkakga o’z tuyg’ularini izhor etishga qaror qilgan onlarda ko’radilar.

Abort tibbiy tush tabiri talqinida

Tibbiy tush ta’birlariga ko’ra homilani oldirish abort qildirish sog’lig’ingiz borasida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan muammolardan ogohlantiradi. Tush sohibi o’z sog’lig’iga jiddiy e’tibor qaratishi, mumkin qadar kasalliklarni oldini olish uchun profilaktika ishlarini olib borishi, lozim bo’lgan hollarda esa shifokorga tibbiyot muassasalariga murajaat etishlari kerakligini bildiradi.

Tush tabiri abort

Bu tushni ko’rgandan keyingi qo’rquv, notabiy tuyg’u yoki aksincha quvonch, undan keyin sodir bo’luvchi achinarli holatlar tibbiyot nuqtai nazariga ko’ra oddiy holat hisoblanadi. Hech kimga sir emaski homilani oldirish (abort qilidirish) – jiddiy fizik va ruhiy sinov hisoblanadi va bu sinovdan so’ng organizm tabiiy, oddiy normal hayotga moslashishga harakat qiladi. Bunda yoqimli va quvnoq voqealarning ko’p bo’lishi tezroq tiklanishga yordam beradi.

Agarda ayol kishi homilasini oldirganidan so’ng tushida go’dakni ko’rsa yaqinda sodir bo’lgan bu holatga hayot unga bergan bir dars kabi qarashi kerakligi, bu holat o’tmishda qolib ketdi va kelajak hayotga umuman taaluqli emasligini anglab yetish kerakligini bildiradi. Tush sohibasi o’ziga ishonchliroq bo’lishi va qaror qabul qilishda ham o’zi oxirgi hukmini chiqarishi lozimligini anglatadi.

Miller tush tabiriga binoan abort

Millerning tush ta’biriga binoan abort to’g’risidagi tushni ko’p hollarda ushbu muhim qaror qabul qilish tunida ko’radilar. Bunday qo’rqinchli holatni ko’rishingiz sizni oldini olib bo’lmaydigan xato qaror qabul qilayotganligingiz va oxirida faqat o’zingizni ayblashingiz mumkinligini anglatadi.

Miller binoan abort

Agarda tush sohibi ushbu soha mutahassisi ya’ni jarroh-shifokor bo’lsa, Miller ushbu tushni biroz boshqacharoq talqinlaydi va unga ko’ra bu holda tushda abort ko’rish professional burch va unga e’tiborsizlik bilan qarash uchun yetarli asos o’rtasidagi juda ham mushkul yo’lni tanlashi lozimligini bildiradi. Bu tush Gippokrat qasami hamma narsadan ustun ekanligini yana yodga soladi deb hisoblanadi. Zero shifokor-jarrohning asosiy vazifasi hech qanday ortiqcha hissiyotlarga berilmasdan, yelkasiga yuklatilgan vazifani to’laqonli ado etishdan iboratdir.

Tush ta’biri talqiniga ko’ra homiladorlik holati va abortni ko’rish bu yovuzlik va yaxshilik o’rtasida kechadigan jang bo’lib, ushbu jangda kim g’olib bo’lishini faqatgina tush sohibasigina hal qila oladi. Nimani afzal bilasiz: o’tkinchi foydanimi yoki o’z ruhiy hotirjamligingiznimi hal qilish tanlash sizga bog’liq.

Tushda homilani oldirganlikni abortni ko’rgan shaxs ayni payt hayotda qora kunlarni boshdan kechiryotganligini bildiradi hamda tush sohibi hozirda depressiya holatida, umidsiz va chorasiz ekanligining ramzi hisoblanadi. Ushbu tush ta’biri bor kuchingizni yig’ib bu qiyinchiliklarni yengib o’tishingizga chorlaydi. Bor e’tiboringizni ijobiy hissiyotlarga qarating va kichik bo’lsa-da erishgan yutuqlaringiz uchun o’zingizni maqtang (faxrlaning).

Tushda abort norozilik belgisi

Homilador bo’lgan ayol

Ba’zi hollarda homilador bo’lgan ayol tushida abort qildirganligini ko’radi ushbu tush sohibasi o’z atrofidagi ahvoldan norozi ekanligi va bularning barchasini bir urinishda to’girlash imkoniga ega bo’lmasa ham hech bo’lmasa o’zgartirish uchun kuchli xoxish his qilayotganligini bildiradi. Ushbu holatda tush ta’biri abortni quyidagicha talqin etadi.

Tush sohibasining ichki noroziligining namoyon bo’lishi va bu kuchli xoxishni qaynoqqonlik bilan emas balki sekinlik bilan amalga oshirishingizni bildiradi. Tush sohibasi tarafdor va qarshi bo’lgan barcha omillarni tarozida o’lchashi va optimal qarorga kelishi lozimligini bildiradi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil