O‘rik tush tabiri to‘liq malumot

O‘rik tushda ko‘rsa nimadan darak beradi? Tushingizda suvli o‘rik mevasini ko‘rishingiz – barcha boshlang‘ich ishlaringizdagi muvafaqqiyatlar hamda ishqiy sarguzashtlarning belgisidir. Tush tabiri nima sababdan o‘rik mevasi tushingizga kirganligini talqin etishda tush voqealari yani syujetiga tayanadi.

O‘rik tushda ko‘rsa

Zamonaviy tush tabiriga ko‘ra tushda o‘rik mevasini ko‘rish g‘am va havotir tamini beradi va tush sohibining soddaligi tufayli jiddiy muammolar kelib chiqishi mumkinligini ifodalaydi. Ehtimol atrofingizdagi insonlarni obyektiv baholash va hayotga haqiqat ko‘zi bilan qarash fursati yetgandir.

O‘rik tushda ko‘rsa: Bog‘ yoki daraxt

Tushda gullab turgan o‘rik daraxtini ko‘rish tush sohibini haddan tashqari fantaziyaga, orzu-hayolga berilib ketganligidan nishonadir. Bu hol uning haqiqiy real hayotdan uzilish darajasiga yetishi mumkinligini bildiradi. Agarda o‘z vaqtida haqiqiy hayotga qaytmasa, atrofda sodir bo‘layotgan narsalar uning qalbini chuqur yaralashiga olib keladi.

Tushingizda o‘rik mevalari daraxtda g‘arq pishib turganligini ko‘rishingiz yaqin kunlarda sizni istiqbol kutib turganligini anglatadi. Bordiyu siz tushingizda hali yaxshi pishmagan hom ko‘k o‘rik mevalarini ko‘rgan bo‘lsangiz hozirda siz huddi shu o‘rik mevalari kabi pishib yetilmaganligingiz hali yangi ishga boshchilik qilishga yoki oila qurishga tayyor emasligingiz belgisidir.

Tushingizda o‘rik daraxtida bitta ham hosil qolmaganligini ko‘rishingiz hayotda siz haddan ortiq ishonuvchan va ochiq ko‘ngil ekanligingiz va bu harakteringiz hayotda ko‘p bora qoqilishingizga, omadsizliklarga uchrashingizga olib kelishini bildiradi.

Har qanday holatda ham hozirda atrofingizdagi insonlar yetqazyotgan malumotlarni elakdan o‘tqazishingiz lozim bu hattoki ishonchli manbadan kelsa ham.

Tush tabiri o‘rik: Hosilni yig‘ish

Freydni fikricha agarda erkak kishilar tushlarida o‘rik mevasini uzganligini ko‘rsalar yaqin orada intim aloqa borasida tajribasiz, sodda ayol bilan tanishishini va u bilan birga kechuvchi intim yaqinlikdan so‘ng tush sohibi ko‘plab huzurli taassurotlarga ega bo‘lishini bildiradi.

Tush tabiri o‘rik

Ayol kishilar tushlarida o‘rik mevasini uzganliklarini ko‘rsalar – sevgi borasida uzoqqa cho‘zilmaydigan hayratomuz ishqiy sarguzashtlarni boshdan kechirishini bildiradi.

Millerning tush tabiriga ko‘ra tushda o‘rik mevasini terish yoki sotib olganlikni ko‘rish boshlayotgan ishlaringizni muvafaqqiyatli yakunlanishini bildiradi. Shu bilan birgalikda tush sohibini o‘z mablag‘ini foydali sarflashi yoki daromadli tadbirkorlik faoliyatini tashkillashtirishi uchun imkon umidini beradi.

Bordiyu tushingizda chelakdagi mevalar hom yoki aynigan holatdaligini ko‘rsangiz boshlagan ishingiz muvafaqqiyatli yakun topishi uchun uni o‘z nazoratingizga olishingiz kerakligini anglatadi.

Tushingizda daraxtdan o‘rik mevalarini terib uni chelak yoki savatchaga solayotganligingizni ko‘rishingiz siz ham jismoniy ham ruhiy tomondan yaxshi tetik holatda ekanligingiz belgisidir. Agarda tushingizda siz yerdan o‘rik mevalarini terayotganligingizni ko‘rsangiz – muvafaqqiyatingizda havotirli holatlar mavjud ekanligini bildirib, barcha qilayotgan umidlaringiz zoye ekanligini anglatadi.

Solomonning tush tabiri talqiniga ko‘ra tushda o‘rik mevalarini yulganlikni yoki terganlikni ko‘rish oldini olib bo‘lmaydigan ko‘ngilsizliklarni bildiradi. Qarama-qarshi jins vakillaridan buni eshitish o‘ngingizda intim yaqinlik qilishingiz belgisidir.

O‘rik tushlar tabiri: Mevalarni istemol qilish

Shifokor Zigmund Freydning tush tabiri talqiniga ko‘ra o‘rik mevalari ayollarni ko‘krak hamda dumba qismlarining ramzi hisoblanadi. Tushda suvli mevani istemol qilish o‘z juftingiz bilan oshiq-mashuqligingizni hamda o‘zaro yaqinligingizning daraja ko‘rsatkichini ko‘rsatib beradi.

O‘rik tushlar tabiri

Ayni vaqtda siz sevgan insoningiz bilan kechayotgan o‘zaro muloqotdan allaqanday eyforiyani his qilmoqdasiz, shu sababdan ham kelajakni pushti ranglarda tasavvur qilmoqdasiz yani bu holat doim shunday takrorlanishi va hech qanday ortiqcha tashvishlardan holi hayotni tasavvur etmoqdasiz.

Miller tabiriga ko‘ra o‘rik mevasini istemol qilish yoqimsiz va kutilmagan voqealar yaqinlashayotganligining ramzi hisoblanadi. Tushingizda suvli yetilib pishgan o‘rik mevalarini istemol qilayotganligingizni ko‘rishingiz haqiqiy hayotda sizni o‘rab turgan hozirgi insonlar dunyoqarashlaringizga qiziqish va maslak etiqodlaringizga to‘g‘ri kelmasligini anglatadi.

Bordiyu tushingizda siz do‘st yoki tanishlaringizga o‘rik mevasini ulashayotganligingizni va ularni bu mevalarni qanday istemol qilishlarini kuzatayotganligingizni ko‘rsangiz – qadrli vaqtingizni befoyda narsalarga sarflamasligingiz lozimligini o‘ziga hos belgisi hisoblanadi.

Boshqa tabirlar

Tushingizda o‘rik mevalarini sotayotganligingizni ko‘rsangiz – biznesingizni muvafaqqiyatli yuritishingiz va qo‘shimcha daromadga erishishingizni belgisidir. Agarda boshqa bir inson sotayotganligini ko‘rsangiz – quvonch ila kechuvchi vaziyat holatni bildiradi.

Tushingizda o‘rik o‘g‘rilaganligingizni ko‘rsangiz – hayotingizga o‘zga inson aralashishidan ehtiyot bo‘lishingiz kerakligini anglatadi. Barcha malumotlarni sinchiklab tahlil eting.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil