Uchish uchsa tushda tush tabiri

Uchish tush tabiri tushda uchsa yani parvoz qilsa – Agar kishi tushda uchsa bu tush uning uchun martaba va najot deya tabir qilinadi. Osmon tarafga qarab uchayotgan kishi koʻngilsizlikka duchor boʻladi. Lekin bundan omon qoladi.

Tushda uchsa

Bordiyu siz tushingizda bir joydan boshqa joyga uchib yurganingizni koʻrsangiz, martabangiz bundanda ziyoda boʻlishiga dalolaat. Bundan tashqari tushda uchish safarga otlanishingizdan bohabar etadi. Agar kishi uchib daraxtga qoʻnsa, buyuk kishilar bilan davra qurishiga dalolat. Bundan tashqari bazi tabirlarda kishi osmonga qrab uchsa Haj safariga ham ishora beradi.

Agar tush sohibi tushida osmondan yerga uchib tushganinni koʻrsa, oilasida biroz janjal boʻlib oʻtishidan ogoh etadi. Qamoqda oʻtirgan kimsa tushida uchsa, tez orada qamoqdan qutilishiga ishora. Musofir kishi uchsa oilasi va yaqinlari bagʻriga qaytadi.

Agar ayol kishi biron bir tanish erkakning uyiga uchib kirganini kʻrsa, oʻsha kishiga turmushga chiqadi. Agar kimsa tushida qushlar bilan uchsa, begonalar bilan uchrashishiga dalolat. Bordiyu kishi notanish uyga qarab uchib ketsa, tez orada vafot etishiga ishora. Tushda qanotsiz uchgan kishini qiyin safar kutadi.

Tushda uchsa: Vanga tabiri

Taniqli bashoratchi vanga tushda uchishni shunday tabir qiadi. Uchish safarga otlanish demakdir. Bordiyu kishi boshi pastga qarab uchganini koʻrsa, safaridan mamnun boʻladi. Agar safarga chiqmaydigan kishi uchsa, bu tush bekorchilikdan dalolat.

Bordiyu biron kishi bir tepalikdan ikkinchi tepalikka uchganini koʻrsa, Uning balan martabasi yanada yuksaladi. Agar kishi tushda qanot orqali uchsa, bu uning quvvatli boʻlishiga dalolat. Agar ishbilarmon kimsa tushida uchsa, bundan ham baland choʻqillarga erishishi haqida ogoh etadi. Inson tushida qancha baland uchsa shuncha yaxshi.

Tush tabiri uchish

Agar kishi biron bir uchish moslamasi yordamida uchsa, misol uchun havo shari yordamida, uning kutgan niyyat va orzulari tez orada roʻyobga chiqadi.

Tush tabiri uchish: Miller talqini

Miller tabirida uchish shunday tariflanadi. Kishi tushda uchsa demak uning qalbi va umr yoʻli tozaligidan dalolat. Bundan tashqari shaxsiy ishlarda yuqori natijalarga erishish demakdir.

Juda baland uchish – matonat; osmonu falakda uchish – qalb koʻzining ochilishi, boshqalarga nisbatan mehr uygʻonishi; biron bir kursi yoki oʻrindiqda uchgan kishining oʻz oʻrnini yoʻqotishiga yoki aksincha ishda yuqori marralarni zabt etishiga ishora beradi.

Bordiyu siz biron narsa yoki kishining yordamisiz uchib yurgan boʻlsangiz demak siz oʻz qalbingizga qarab ish yuriting. Birovlarning gapiga qarab yuritgan ishingiz yaxshi natijalar bermasligi mumkin.

Parvoz qilsa

Agar siz samalyot yordamida parvoz qilsangiz demak tanlagan yoʻlingiz toʻgʻri ekanligidan dalolat. Yerda yuruvchi transport vositasi yordamida parvoz qilish esa, qanday ishga qoʻl urmang bu ishdan yaxshi natijalar olishingizga ishora. Bordiyu siz parvoz qilayotgan paytingizda yiqilib tushsangiz demak boriga qanoat qilishingizga toʻgʻri keladi.

Parvoz qilish boshqa tabirlarda

Bazi bir boshqa tabirlarga nazar tashlaydigan boʻlsak tushda uchish yani parvoz qilish turlicha talqinda keladi. Masalan Tushdagi parvoz sizni yaxshi va shirin hayot kutishidan dalolat. Bundan tashqari uchish yaxshi xabar olishingizg ishora.

Bordiyu siz uchayotib oʻzingizni yomon his qiladigan boʻlsangiz demak sizdagi sehr jodu oʻngingizdagi ishlaringizga va hayotingizga tahdid solmoqda. Chiroyli manzarali joydan parvoz qilsangiz, yaxshi tarafga oʻzgarishlar hamda farzandlaringizni yaxshi ulgʻayyotganidan dalolat.

Qanotsiz uchish

Baland daraxtlar ustidan uchib oʻtgan kishini yomon va kayfiyatni tushuruvchi habarlar eshitishidan dalolat. Agarda yerdan uchayotgan boʻlsangiz qiyin vaziyatlardan qutilishingiz qiyin kechadi. Agar ayol kishi bir shaxardan boshqa shaxarga uchib oʻtsa oʻzini yovuz niyatli kimsalardan himoya qilishikerak.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil