Tarvuz tushda ko’rsa tush tabiri

Tush ta’biri talqini: tarvuz

Yozning jarima kunida bir tilim tarvuzdan bosh tortadigan inson bo’lmasa kerak. Tush talqinlovchilar tushda tarvuzni ko’rish qanday ma’no kasb etishi to’g’risida umumiy fikrga kela olmaydilar. Tushning tafsilotlari qarab, uning ma’nosi ijobiydan salbiyga o’zgaradi.

Muayyan tushni aniq talqin qilish har doim ham mumkin emas, ayniqsa bu tushda tarvuzni ko’rsangiz, shuning uchun ham tushning barcha tafsilotlarni eslab qolish va tushlar ta’birini ochish lozim.

Tarvuz tush tabiri
Tarvuz

Millerning tahmini (versiyasi) 

Mashhur psixolog, tushingizda tarvuzni iste’mol qilganligingizni ko’rishingizni shunday talqin etadi: do’stlik paydo bo’lishiga umid qilishingiz befoyda. Rejalaringiz amalga oshirishga harakat qilganda esa, kutilmagan to’siqlarga duch kelasiz.

Tushingizda pishmagan yoki aynigan mevalarni ko’rdingizmi? Miller bu tushni o’zni yomon his qilish deya talqin etadi. O’z sog’lig’ingizga bee’tibor bo’lmang, ehtiyot bo’ling. Ko’p ishlamang, ko’proq dam oling, toza havoda sayr qiling. Immunitetni ko’tarish uchun tush ta’biri vitamin komplekslar qabul qilishni tavsiya etadi.

Tushda tarvuz olish – maqsadga erishish yo’lidagi jiddiy qiyinchiliklarni bildiradi. Ehtimol, muammoni hal qilish bir qator to’siqlarni yengib o’tishni talab etadi, bunga siz aqliy tayyorgarlik ko’rishingiz lozim hisoblanadi.

Tushingizda katta tarvuz yedingizmi?

Tushda shirin, suvli tarvuzni iste’mol qilish – turli masalalarda omad hamroh bo’lishini bildiradi. An’anaviy (klassik) tush ta’biri, agar ushbu meva katta hajmli bo’lsa – o’ngingizda katta omad kelishi haqida talqin etadi.

Tushingizda siz boshqa bir inson suvli tarvuzni yeyayotganini ko’rdingizmi? O’ngingizda xafagarchilik, ko’ngilxirachilikni boshdan kechirasiz.

Tushingizda katta tarvuz yedingizmi?

Tushingizda tarvuzni non bilan yeyayotganligingizni ko’rishingiz – imidj ya’ni tashqi ko’rinishingizni tubdan o’zgartirishingiz sizga foyda keltirishini anglatadi.

Zamonaviy tush ta’biri ko’ra, agar tushngizda siz mazali non bilan totli tarvuz mevasini iste’mol qilayotganligingizni ko’rishingiz – o’z-o’zingizni yaxshilash ucgun uzoq va qat’iy harakat qilishingizni bildiradi. Agar siz taslim bo’lmasangiz, yashash sharoitingizni sezilarli darajada yaxshilashga erishishingiz mumkin.

Mashhur psixolog Z. Freyd shunga aminki: tushda tarvuzni ko’rish intim yuqori hayotingizdan darajada qoniqish hosil qilayotganligingizning ramzidir. Tushda tarvuzni iste’mol qilish, yaqin orada unutilmas orgazmni boshdan kechirishingizni anglatadi. Bundan tashqari, tush ta’biri yuzaga keluvchi qiyinchiliklardan tashvishlanishingiz to’g’risida ham ogohlantiradi. Ehtimol, tashvishlanishingizga sabab  rejalashtirilmagan homiladorlik bo’lishi mumkin.

Agar tushingizda bir tilim tarvuz yetmagan bo’lsa, o’ngingizda qayg’u kutmoqdaligini bildiradi.

Sotib olish, mexmon qilish ya’ni ulashish, sovg’a sifatida qabul qilish

Grishinaning ta’biri, tushingizda “ulkan poliz ekini” sotib olganligingizni ko’rishingizni – qo’shimcha daromadga erishishinizni bildiradi deya talqin etadi. Bu qimor, lotereya, meros olish, ish haqini oshishi, mukofot puli bo’lishi mumkin. Tush ta’biriga ko’ra, agarda ushbu tarvuzning hajmi katta bo’lsa: moliyaviy yordam juda sezilarli bo’lishini bildiradi.

Tushingizda tarvuzni tortiq sifatida olib kelganligini ko’rishingiz — o’ngingizda siz haqingizda kimdir juda qattiq tashvishlanishini, lekin siz uning bu mehribonchiliklarini inkor etayotganligingizni bildiradi.

Tushingizda tarvuz bilan mexmon qilganligingizni ko’rishingiz – o’ngingizda yangi g’aroyib uchrashuvga chiqishingizni anglatadi. Tush ta’birlovchi maroqli va unumli suhbat bo’ladi deya talqin etadi.

Tushingizda notanish inson sizga tarvuzni ta’mini tatib ko’rishni taklif etganligini ko’rdingizmi ? tanishlaringiz ichidan kimdir sizni pinxona yaxshi ko’rishi va siz bilan munosabat o’rnatishni istashini bildiradi.

Tushda tarvuz sotish

Tushda tarvuz sotish

Ushbu tush – isrofgarchilik va uzoqni ko’zlamay ish qilishingiz sababli yuzaga kelishi mumkin bo’lgan moliyaviy qiyin ahvolga tushib qolishingizni bildiradi. Tush ta’biri pullaringizni oqilona sarflashingizni, tejashni va hisob-kitob bilan ish yuritishni tavsiya etadi. Ehtimol, ushbu tush sohibi faqatgina bugungi kun bilan yashab, ertangi kun haqida o’ylamasligini anglatishi mumkin. U xarajatlar kundaligini tutishni boshlashi va xarajatlar nima uchun daromaddan oshib ketishini anglab yetishi lozim.

Tushda tarvuzni kesish:     

Tushingizda o’zingiz yoki kimningdir yordami bilan tarvuzning qattiq qobig’ini kesayotganligingizni ko’rishingiz —  o’ngizngizda qarindoshlar yoki do’stlaringiz bilan yomon janjallashib qolishingizni bildiradi.

Zigmund Freyd shunga aminki: tushda tarvuzni ko’rish intim yuqori hayotingizdan darajada qoniqish hosil qilayotganligingizning ramzidir. Tushda tarvuzni iste’mol qilish, yaqin orada unutilmas orgazmni boshdan kechirishingizni anglatadi. Bundan tashqari, tush ta’biri yuzaga keluvchi qiyinchiliklardan tashvishlanishingiz to’g’risida ham ogohlantiradi. Ehtimol, tashvishlanishingizga sabab  rejalashtirilmagan homiladorlik bo’lishi mumkin.

Tushda tarvuzni kesish

Biroq, nima sababdan tushingizda ushbu ulkan poliz ekini burdalab tashlayotganligingizni ko’rasiz, bu nimani anglatadi? Freyd buni jinsiy qoniqmaslik sifatida baholaydi. Siz tanlagan kishingizni ya’ni juftingizni ko’nglini ko’tarish uchun deyarli doimo orgazmni simulyatsiya qilasiz. Ammo, tush ta’biriga ko’ra siz jinsiy aloqadan zavq olmaysiz. Ushbu holatda o’zingizni ayblashingiz aslo yaramaydi, bunga hojat yo’q. Muammoni hal qilish uchun juftingiz bilan ochiq suhbatlashishingiz lozim, unga siz nimani Afzal ko’rishingizni tushuntirishingiz, bu ishni qilishda unga nima to’sqinlik qilayotganligini aniqlash kerak. Psixolog, tush ta’birini tuzar ekan, muammoni hal qilishda erkinlikning o’rni katta ekanligini ta’kidlaydi. Romantik muhit yaratishga harakat qiling yoki boshlanishini biroz uzaytiring.

Boshqa talqinlar

Zamonaviy tush ta’biriga ko’ra, erkakalar tushlarida tarvuzni ko’rishlari sevgan insonidan rad javobini eshitishini bildiradi. Yana nima sababdan ushbu katta poliz ekinini tushingizda ko’rishingiz mumkin? Kuchli jins vakillarini ko’plab tashvishlar hamda yangi vazifalarni kutmoqda.

Tushingizda katta poliz ekinini uzib olayotganiligingizni ko’rishingiz — baxtga ishora qiladi. Juftingiz bilan munosabatlaringizda hotirjamlik hukm suradi, jinsiy hayotingiz ham yorqin, takrorlanmas orgazmlarga boy bo’ladi.

Tushingizda tarvuzni yorib (sindirib) qo’ydingizmi? Ezop bu tushni rejalashtirilmagan homiladorlik va abortni anglatadi deya talqin etadi. Agarda ushbu tushni payshanbadan jumaga o’tar kechasi ko’rgan bo’lsangiz – yashirin umidlaringiz, ko’nglingizdagi orzularingizning amalga oshishini unuting.

Tush ta’biri talqini: tarvuz

Menopaz davridagi yoki homilador ayollar ko’pincha tarvuzni tushlarida ko’rishadilar. Unda obraz ruhiy yuksalishni va urug’lari esa yurakka joylashgan yuksak his- tuyg’ularning o’sishni anglatadi.

Hammabop tush ta’biriga ko’ra, tushingizda poliz ekanligini ko’rishingiz – omad va maqsadlarga erishishni anglatadi. Oliy kuchlar barcha tashabbuslaringizni qo’llab-quvvatlaydi.

Nima uchun bemor tushida tarvuzni ko’radi? Shu kundan boshlab, bemor sog’lig’I asta-sekin, ammo ishonchli tiklanadi va u o’zini juda yaxshi his eta boshlaydi.

Ayollar o’z tushlarida tarvuni ko’rishlari:

Agarda nozik hilqat vakilalari o’z tushlarida tarvuzni ko’rsalar – bu yaqin orada uzoq kutilgan farzandga erishishingizni ya’ni homilador bo’lishingizni bildiradi. Jinsiy tomondan muammo bo’lganlar uchun bu tush shifo topishni va nihoyat farzand ko’rish imkoniyatini anglatadi. Sog’likka diqqat bilan qarash va tanani bolani tug’ilishiga tayyorlash kerak. Ovqatlanishni kuzatib boring, agar kerak bo’lmasa, dori-darmonlardan voz keching va agarda chekish, spirtli ichimlik ichish va giyoyvandlik kabi  yomon odatlaringiz mavjud bo’lsa, ularning barchasidan xalos bo’lish yo’lini izlay boshlang.

Ayollar o’z tushlarida tarvuni ko’rishlari

Yosh qizlar uchun

Ushbu tushning talqini qizlar uchun yaxshilik belgisi sanalmaydi. Bu tush yaqin insoningiz tomonidan aldanishingizni yoki ish joyingizda turli xil hiyla- nayranglar qurshovida qolishingizni anglatishi mumkin. Ehtimol, atrofingizga diqqat bilan e’tibor berishingiz undagi behosiyatli narsalarni anglashingiz kerak bo’ladi. Agarda munosabatlaringizda sovuqlik yuzaga kelgudek bo’lsa, darhol vaziyatni to’g’irlang va yarashish choralarini ko’ring.

Shuningdek, ushbu tush, o’z aybi tufayli qilingan xatoni ham anglatishi mumkin. Bunday tush, xavf haqida ogohlantiradi va har bir qadamni sinchkovlik bilan ko’rib chiqishingizni maslahat beradi, ayniqsa siz xato qilolmaydigan muhim masalaga kelganda.

Tushda tarvuzni qo’lda tutish:

Tushda tarvuzni qo’lda ko’tarib ketayotganlikni ko’rish – yaqinda hayotning mushkulliklarini ko’taradigan inson paydo bo’lishini anglatadi. Bu qo’l ostingizdagi inson yoki to’satdan kelgan qarindoshlaringizdan biri bo’lishi mumkin.

Tushda tarvuzni qo’lda ko’rish – yoqimsiz tashvishlarni, kutilmagan va keraksiz ishlarni anglatadi. Tush ta’biri barcha biznes faoliyatingizdagi ishlani tugatish va to’satdan yuzaga keluvchi o’zgarishlarga tayyorgarlik ko’rish kerakligi haqida ogohlantiradi, ammo ular yaqinda yakunlanib, hamma narsa avvalgi oddiy holatiga qaytishini va’da qiladi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil