Olov tushda ko’rsa tush tabiri
Olov va yongʻin tush taʼbiri talqini
Tushlar – bizning kichik borligʻimiz. Ular bizga jipslashtirilgan va toʻgʻridan-toʻgʻri maʼlumot bermaydi.
Ularning vazifasi kelajakda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan narsalarni yashirin shaklda bizga yetkazishdan iborat. Keling endi tushda yongʻinni koʻrish nimani anglatishini bilib olsak.
Miller tush taʼbiri
Yongʻin haqiqiy hayotda – juda fojiali hodisa boʻlib, oʻzi bilan chidab boʻlmas ogʻriq, kulfat va moddiy yoʻqotishlarni olib keladi. Ammo tushingizda yongʻinni koʻrishingiz hech qanday yomonlikni anglatmaydi, aksincha, baxt, quvonch yaqinlashib kelayotganligini bildiradi. Ushbu fojia yaʼni yongʻinni nozik xilqat sohibalari oʻz tushlarida koʻrsalar taqdiriga yozilgan yigit bilan uchrashishini bildiradi. Erkaklar tushlarida oʻz uyida olovni koʻrsalar – ish faoliyatida yuzaga keluvchi qoʻshimcha qiyinchiliklarni anglatadi. Tush taʼbiriga koʻra hovli yoki koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻlganlikni koʻrish oxirida qoʻshimcha daromad olib keluvchi mushkul ishlar yuzaga kelishini bildiradi.
Uyingiz yonayotganligini koʻrishingiz
Loffning tush taʼbiri bunday tushni haqiqatga boshqa koʻzgu bilan boqish deya talqin etadi.
Yongʻin – tush sohibi uchun sinov. Ushbu tush taʼbiriga koʻra bunday tushni talqin etish tush sohibi yongʻinga bas kelgan kelmaganligiga bogʻliq boʻladi. Aynan ushbu tush taʼbiri uyingizda yongʻinni koʻrishingiz nimani anglatishini talqin etishingiz yaʼni bilib olishingizda sizga yordam beradi. Chunki bu hodisani koʻrish yengil daromad olishni bildiradi.
Siz lotereyada gʻolib boʻlishingiz yoki kutilmaganda allaqachon yodingizdan koʻtargan qarindoshingizdan merosga ega boʻlishingizni bildiradi. Agarda yonib ketgan yaʼni yongʻindan zarar koʻrgan uyni koʻrsangiz – tez orada yaqin insoningiz balki turmush oʻrtogʻingiz bilan aloqadagi muommolarni bildiradi. Ayni vaqtda ushbu savolga, yaqinlaringiz, qarindoshlaringiz bilan aloqalarni yaxshilash, urishib qolganlari bilan yarashishga eʼtibor qaratish lozimdir. Zero qarindoshlik aloqalarini tiklash har taraflama foydadir. Bundan tashqari farzandlaringizga ham eʼtibor berishingiz lozimligini unutmang. Tush sohibi oʻzga birov yaʼni begonaning uyida yongʻin sodir boʻlayotganini koʻrishi va yongʻin nima sabab sodir boʻlganligini bilishni istayotganligini koʻrishi endi ehtiyotkorroq boʻlishi lozimligini anglatadi.
Aynan u gʻiybatlardan, yaxshi tanish boʻlmagan insonlar bilan ochiq suhbatdan va igʻvolardan ehtiyot boʻlishi kerak. Bunday xavf uzoq vaqt boʻlmaydi va buni siz albatta yengib oʻtasiz.
Olov oʻz mohiyatiga koʻra – qadimgi ramz hisoblanib, oʻz ichiga qudrat va jilovsizlikni oladi. U eng qudratli tabiat ofatlardan biri hisoblanadi.
Agarda olov tushingizda yorqin ranglar bilan tavsiflanganligini va alanga hamma joyni qoplab olganligini koʻrsangiz – tush taʼbiriga koʻra bu ichingizni yondirayotgan ehtirosni bildiradi. Yigʻilib qolgan hissiyotlar tashqariga chiqish uchun ochoq joy topolmayatganligini bildiradi.
Bunday hissiyotlarga gʻazab, rashk, nafrat, sevgi yoki oʻch olish kiradi. Hissiyotlar sizni butkul qoplab olmasidan oldin, «bugʻni chiqarib yuborish» lozim.
Hech qanday vayrongarchilik hamda qurbonlik olib kelmagan yongʻinni koʻrishingiz
Tushingizda yongʻin boʻlgan joyda qurbonlar boʻlmaganligini koʻrishingiz – hayotingizda sodir boʻlishi kutilayotgan oʻzgarishlarni anglatadi.
Ularning amalga oshishi sizning hayotingizni soddalik va baxtli daqiqalarga boyitadi. Ayollar uchun – bu munosib mahbubni, erkaklar uchun esa ish faoliyatidagi hodisaning foydali tomonga oʻzgarishidan hayron qolishni bildiradi. Baʼzi hollarda siz tushingizda oʻz xatti-harakatlaringizni boshqara olasi, va shu sababdan yongʻinni oʻchirishga harakat qilish xohishi har ikki odamning birida tugʻiladi. Tush taʼbiriga koʻra tushda yongʻinni oʻchirish – bu oʻzgarishlar sodir boʻlishidan qoʻrqish deya talqin etiladi. Bu narsani siz bir kun oʻylamagansiz balki anchadan beri mavjud.
Tushlar turlicha hislarni uygʻotadi. Hatto agarda siz juda ham qoʻrqqan boʻlsangiz ham, bu hayotda barcha narsa sizga qarshi boʻlishini bildirmaydi. Kelajagingizni kichik qismini koʻrishdan qoʻrqmang. Shundagina siz keyingi hayoyingizni baxtli boʻlishini kafolatlaysiz. Yaqinlaringiz soʻzlariga ishonmaysizmi ? Unda tush taʼbiriga ishoning.
Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...
Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil
Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...
Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil