Tush ta’biri talqini : kuchsizlik

 Qiyinchiliklar, muammolar, to’siqlar – bularning barchasi kuchsizlikning talqini hisoblanadi . Bundan tashqari, tush ta’birlarining talqin etishlaricha bunday tushni tijorat ishlaridagi xatolardan ogohlantiruvchi belgi bo’lishi mumkinligini ham istisno etmaydi , erkaklar uchun bu tush hatto jinsiy munosabatlardagi muvaffaqiyatsizliklarni anglatishi mumkindir.

Ammo aslo umidsizlikga tushmang, chunki agar sizni qayerda muammo kutayotganini oldindan bilgudek bo’lsangiz, ularni chetlab o’tishga muvaffaq bo’lishingiz mumkin demak, muammolarning oldini olsa bo’ladi.  Shuning uchun, barcha talqinlarni diqqat bilan o’qing.  Bu siz uchun foydali bo’lishi mumkin.

Tush ta’biri talqini : kuchsizlik

 Fe’l-atvorni chiniqtiruvchi falokatlar

 Ba’zan kishi tushida kuchsizlikni his qilishi, uyqudan oldin biron narsa xafa qilganligi, sitam yetqazganligi bilan bog’liq bo’ladi.  Ba’zan esa bu o’ngingizdagi yo’qotishlarning xabarchisi bo’ladi.  Ammo tush ta’biri u juda katta bo’lmaydi va tush sohibi tezda ovunadi deb tasalli beradi.

Bordiyu erkaklar o’z tushlarida jinsiy tomonlama ojiz ekanligini ko’rsalar bu nimani anglatadi?  Bir tomondan, tushning talqini sevinarli: xushtor sifatida u hali ham yuqorida. Boshqa tomondan esa xafa qiladi: biznes muvaffaqiyatsiz bo’ladi, barcha rejalaringiz buziladi.  Bir so’z bilan aytganda, hamma narsa rejalashtirilganidek bo’lmaydi va ehtimol, oqibatlari juda achinarli bo’ladi.  Ammo bu natijani oldini olishning bir usuli bor: har bir qadamni bosishdan avval yaxshilab o’ylab ko’ring.

 Ba’zida tushingizda kuchsizlikni ko’rishingiz o’ngingizda sizga yordam berishi va qo’llab-quvvatlashini bildiruvchi belgi bo’lib xizmat qilishi mumkin.

 Ayollar tushlarida o’z juftini xushtor sifatida to’kis emasligini ko’radi?  Bunday holda, kuchsizlik –  tush sohibiga ish faoliyatda o’zaro tushunish va hamkasblar qo’llab-quvvatlashiga tayamasligi lozimligini maslahat.  Barcha ishlarni mustaqil ravishda, o’zi hal qilishi kerak.

Tush ta’biri talqini : kuchsizlik

 Ig’volar  jonlandi !

 Tushda taqvador odil insonlarning ishlaridan charchaganini ko’rish nimani anglatadi?  Bu qayg’u, noo’rin ranj, muvaffaqiyatsizliklar deya talqin etadi. Bundan tashqari, dushmanlar hujum qilishni boshlashadi va afsuski, siz ularga qarshilik ko’rsatishingiz qiyin bo’ladi.

 Tush ta’biri faqat birgina narsani shipshitishi mumkin: atrofingizdagi odamlarni diqqatli bo’ling.  Ular orasida yomon, ikkiyuzlamachilar ham mavjud.  Ularni oldindan bilib olishingiz, ko’plab muammolarning oldini olishga yordam berishi mumkin. Ortiqcha gaplardan ehtiyot bo’ling!

  O’z-o’zini biroz tanqid qilish

 Tushingizda nimadir oldida kuchsizligini his qilganligingizni ko’rishingiz – komplekslaringizdan xalos bo’lish va o’z doirangizdan tashqaridagi odamlar bilan qo’rqmasdan muloqotga kirishish vaqti kelganligini shama qiladi. Bunday tush, shuningdek, tush sohibining, ortiqcha shubha qilishini aks ettiradi.  Siz biroz dadilroq, qat’iyatliroq bo’lishingiz lozim. Bunday munosabat unga hozirda uni qo’rqitayotgan vazifalarni yengishga yordam beradi. , siz o’ylaganingizdan ko’ra ancha aqlli, tajribali va kuchlisiz.  O’zingizga ishoning!

Tush ta’biri talqini : kuchsizlik

 Tushda boshqa insonlarning kuchsizligi bu kelajakdagi bolalardan, yaqinlar ko’nglingiz qolishi yoki katta xaridlar, aytilgan so’zlar uchun afsuslanishni bildiradi.

Qiziqarli talqinlar

 Tushingizda qanday kuchsizlikni ko’rdingiz?  Agar bu jismoniy bo’lsa, unda qayg’uni bildiradi.  Tushingizda oyoqda turishingiz qiyin bo’ldimi?  Tush ta’biri buni qo’rquvdan stressga tushish mumkin deya talqin qiladi.  Tushingizda qo’llaringizni ko’tara olmadingizmi?  Afsuski, biznesingizda muvaffaqiyatsizliklar kutmoqda.

 Tushda jinsiy ojizlik haqiqiy hayotda yotoqdagi muvaffaqiyatsizliklarni  bildirishi mumkin.

 Agarda tushingizda vaziyat sizdan kuchliroq ekanligini naglab yetgan bo’lsangiz – o’ngingizda yo’qotishlarga duch kelishingiz mumkin.

Tush ta’biri talqini : kuchsizlik

 Millerning shipshitishlari:

 Psixolog Gustav Miller shuni ta’kidlaydiki tushda kuchsizlik, zaiflikni ko’rish – tush sohibining shubhalari va tashvishlarining aksidir.  Ko’p narsalarga biroz e’tiborsizlik bilan qarash lozim, asabingizni asrashni o’rganishingiz kerak.

Tush ta’biri talqini : kuchsizlik
kuchsizlik

Hamma o’z vazifasining uddasidan chiqishga qodirmi?

 Tushda kuchingiz yo’qolganligini ko’rishingizni  ishora sifatida qabul qilish mumkin: siz haqiqatan ham o’z yelkangizga olgan mas’uliyat yukini yengishga qodirmisiz?  Bu haqda yaxshilab o’ylab ko’ring, o’zingizning imkoniyatlaringiz va qobiliyatlaringizni ob’ektiv baholang. Ushbu tush hatto odatiy vazifalarni ham qiyinchilik bilan bajarishingizni ham deyarli xuddi shu tarzda talqin etiladi.  Uyg’onganingizdan so’ng yaxshilab o’ylab ko’ring, oldingizga qo’ygan vazifangiz siz uchun qiyinlik qilmaydimi? Ularning uddasidan chiqishga qodirmisiz. Shuningdek, bunday tush sizga aloqa bo’lmagan muammolarni hal qilish uchun ko’p kuch sarflayotganingizni ham bildirishi mumkin. Arzimagan narsalarga e’tibor bermang, hayotdan zavqlaning, odamlarga yaxshilik qiling, deb maslahat beradi tushlar ta’biri.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar sri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil